O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Download 2.97 Mb.
bet58/76
Sana28.09.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1688798
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

O’quv faoliyatining natijalari:
O’quvchi:
1. Arralar turlari va arralash qoidalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.
2. Randa turlari va randalash qoidalari haqida tushuncha hosil qiladi.

O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blits-so’rov, bayon qilish texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruza matni, proyektor, tarqatma materiallar, ko’rgazmali plakatlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoitlari

Mehnat ish qurollari va asbob-uskunalari bilan jihozlangan xona.



Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni



O’qituvchi

O’quvchi

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1.Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.
Asosiy
(20 min.)

2.1. O’quvchilarning etiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o’tkazadi.
1. Yog‘ochni arralash uchun qanday arralar ishlatiladi?
2. Arralar bir-birlaridan qaysi belgilariga qarab farqlanadi?

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi.
1. Arralar turlari va arralash qoidalari haqida ma’lumot berish.
2. Randa turlari va randalash qoidalari haqida tushuncha berish.
2.3. O’quvchilarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishni va yozib olishni ta’kidlaydi.

2.1. Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi.
O’ylaydi, javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.

2.2. Chizmalar va jadvallar bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3. Eslab qoladi.
qoidalar va ta’riflarni yozib olib ularga misollar keltiradi.


3-bosqich
Yakuniy
(15 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va o‘quvchilar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.
3.2. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag’batlantiradi.

3.1. Eshitadi, o’z fikrlariga aniqlik kiritadi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.

Vizual materiallar
1-savol. Arralar turlari va arralash qoidalari haqida ma’lumot berish.


1-ilova
Yog‘ochni arralash - kesuvchi asbob arra yordamida zagotovkani ikki qismga bo‘lish operatsiyasidir.
Qo‘lda arralash uchun turli duradgorlik arralaridan foydalaniladi (42-rasm).
Yog‘ochni bo‘ylamasiga, ko‘ndalangiga, ikki yoqlamasiga kesish uchun maxsus arralar mavjud.
Yoy arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvimi taranglash kerak (43-rasm). Dastakli arralaming tishlari mayda va yirik bo‘ladi. Arralashda arraning polotnosi yog‘ochning ajraladigan qismlari chetiga qattiq ishqalanadi va u siqilib qolmasligi uchun tishlari chaparasta qilingan, ya’ni navbati bilan ikki tomonga qiyshaytirilgan bo‘ladi (44-rasm).








42-rasm. Arra tuzilishi: 43-rasm. Yoy arra: 1 - arra tanasi;
1 - polotnosi, 2 - dastasi 2 - quloq; 3 - dasta; 4 - kergi;
5 - chilvir.
Shuning uchun ham arraning o‘mi polotno qalinligidan kengroq boiadi va arralash osonlashadi (45-rasm).
Zagotovkani kesishda arrani reja chizigldan 2-3 mm uzoqlikda qo‘yiladi.





47-rasm. Fanemi (a) va yog‘ochni (b) kesishda arraning og‘ishi

Arralashning to‘g‘ri borayotgani reja chizig‘iga ko‘ra nazorat qilinadi. Mana shu chiziq zagotovkadagi arralash joyidan chap tomonda qolishi kerak.


Yog‘ochni arralash uni biroz tilib olish bilan boshlanadi. Dastarraning birinchi harakati 20° li burchak ostida ishlovchining o‘ziga tomon tortishi bilan amalga oshiriladi. Keyin esa qisqa-qisqa harakatlar bilan arraning o‘mi chuqurlashtirilib boriladi. Arralash vaqtida zagotovkani ushlab turgan qo‘l jarohatlanmasligi uchun re­jalash chizig‘iga 46-rasmdagi kabi yog‘och qo‘yib olish lozim. Shu rasmda arrani to‘g‘ri ushlash ham aks ettirilgan.
Zagotovka biroz tilinganidan so‘ng arrani butun bo‘yi boricha harakatlantiriladi. Zagotovkani chap qo‘l bilan arradan eng kami 10 mm oraliqda ushlab turish kerak. Ish vaqtida arra polotnosi zago- tovkaga nisbatan aynan perpendikulyar holatda harakatlanishi lozim. Shuningdek, rejalash chizig‘iga ham qarab turish zamr. Bu chiziq arra o‘mining chap tomonida qolishi kerak. Yog‘ochni kesib tushirishda unga arrani qattiq bosmaslik lozim, chunki bunda arra reja chizig‘idan surilib ketishi mumkin. Arralash sur’ati bir minutda 40-50 marta ikki yoqlama kesishdan oshmasligi kerak. Yog‘ochdan (47-rasm, a) yoki fanerdan (47-rasm, b) zagotovkani aniqroq qilib kesib olishda mayda tishli arradan foydalaniladi. Zagotovkani 90 va 45° li burchaklar ostida aniq qilib kesish uchun porsiqolip deb ataladigan moslamadan foy­dalaniladi (48-rasm).




48-rasm. Porsiqolipda arralash 49-rasm. Taglik taxtada ishlash

Bu moslama ikkita to‘sincha va asosdan iborat boiib, to‘sinchalarda 90 va 45° li burchak ostida kesish uchun arra- ning o‘rinlari ochilgan. Porsiqolip yordamida arralashda zagotovka chap qolning katta barmogl bilan yon to‘sinchaga tirab bosib turiladi va reja chizigl porsiqolipdagi arra o‘mining qarshisida boiishi kuza- tiladi.


Arralash vaqtida ishni osonlashtirish uchun ko‘pincha taglik taxta qoilanadi (49-rasm).
Yog‘ochga ishlov berish korxonalarida yog‘ochlami arralash ish- lari dumaloq va mayatniksimon arrali dastgohlarda bajariladi va bu dastgohlar mehnatning unumdorligini hamda ishning sifatini qolda arralashdagiga nisbatan o‘nlarcha marta oshiradi. Mana shu ishlami bajaradigan ishchi keng ixtisosli dastgohchi deb ataladi. Dastgohchi ishchilar o‘quv-ishlab chiqarish korxonalarida, kasb-hunar kollejlarida va bevosita ishlab chiqarishning o‘zida tayyorlanadi.


Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling