O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


BOB. O’ZBEKISTONNING QADIMGI VA O’RTA ASRLAR TARIXINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARIDAN FOYDALANISH


Download 92.61 Kb.
bet4/8
Sana06.06.2020
Hajmi92.61 Kb.
#115333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish-конвертирован

BOB. O’ZBEKISTONNING QADIMGI VA O’RTA ASRLAR TARIXINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARIDAN FOYDALANISH





    1. TUPROQQAL’A VA SUG’D ARXIVI TARIXIMIZNI O’RGANISHDA MUHIM MANBA

Har bir xalq, har bir millat uzoq tarixiy taraqqiyot bosqichlarini, murakkab etnik va madaniy jarayonlarni boshdan kechirib, asrlar osha bugungi daraja va maqomlariga erishgani bahsdan holidir. Biroq, milliy o‘zlikni anglash, sog‘lom etnik tuyg‘u, etnosga hos ma’naviy dunyoning mohiyatini bilish uchun muhim omillardan biri tarixni bilishdir. O’z navbatida tarixni bilishning omillari, ayniqsa, manbaviy asoslaridan xabardorlik o‘zlikni bilishning poydevorini yanada mustahkamlaydi. Zero, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas28. Shu ma’noda ushbu maqolada o‘zbek xalqi tarixining kam o‘rganilgan qadimiy Xorazm Afrig’iylar podsholigi davriga oid muhim arxiv hujjatlari, ularning o‘tmishimizni o‘rganishdagi ahamiyati haqida fikr yuritamiz.



Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanidan Tuproqqal’a harobalaridan topilgan III-IV asrlarga ta’luqli hujjatlar kompleksi fanga 1930 yillar oxirida ma’lum bo‘ldi. 1938-1950-yillarda arxeolog S.P.Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiya tomonidan Amudaryoning quyi oqimida, hozirgi Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida joylashgan madaniyatimizning durdonasi sanalmish Tuproqqal’a shahar harobasining o‘rganilishi boshlangan29.

Tuproqqal’aning shoh saroyi joylashgan Markaziy massivning janubiy- sharqiy tomonidagi pastki qavatning to‘rtta xonasida xorazm hujjatlari topilgan. Bu xonalar shartli ravishda 89 (232), 90 (231), 93 (239), 91 (YUR) raqamlari bilan belgilangan. Bu hujjatlar afrig’iy Xorazmshohlar davriga oid bo‘lib, charm va yog’ochga - taxtacha va tayoqqa yozilgan. Ularning umumiy soni 140 ta





28 Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. T. "Шарқ". 1998. -.29б.

29 Tолстов С. П. Древний Хорезм. M., 1948. C. 37

bo‘lib, shundan 122 tasi charmga, qolganlari yog’och taxtacha va cho‘plarga yozilgan30. Yozuvlar tush (kora siyox) bilan ilk xorazm kursiv usulida yozilgan. Mazkur maqolada teri va kesak parchalaridagi yozuvlar va ularning o‘tmishimizni o‘rganishdagi o‘rni haqida ma’lumot beramiz.



Arxiv hujjatlari yozuvlarining yozilish shakli Xorazm yozuvi kelib chiqqan oramiy yozuvi va eng qadimgi Xorazm yozuvlaridan ancha farq kiladi. Oramiy prototipidagi 22 harfdan faqat 20 tasi Tuproqqal’a hujjatlarida ishlatilgan31.

Hujjatlar S.P.Tolstov, V.B.Xenning, B.A.Livshits, D.N.Makenzi va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Tuproqqal’adan topilgan teriga yozilgan hujjatlardan 8 ta parchasi saqlanib qolgan32. Bu hujjatlar K-1, K-8 raqamlari bilan belgilangan. K harfi "koja", ya’ni "teri" ma’nosini bildiradi. Teriga yozilgan hujjatlarning ko‘plari chirib, teshilib ketgan bo‘lib, kuya yegan joylaridagi harflar zarar ko‘rgan, harflarning hira izlari qolgan. Bu hujjatlarning parchalari 91- xonadagi xum ichidan chiqqan. Yozilgan terilar o‘ram holida xumga solib saqlangan. Saroy vayron bo‘lgan paytda xum tuproq bilan to‘lgan. Namlik tegib teri qatlamlari orasidagi tuproq loyga aylangan. Teridagi yozuvlar nam ta’sirida loy (qurugan kesak) yuzasida aks tasvir qoldirgan. Xum ichidan teri o‘ramlari olinganda shu loy (kesak) bo‘laklari ham extiyot bilan ajratib olingan. Kesak parchalari birlashtirib yig’ilgan. Ulardagi yozuvlarning teskari tasviri ko‘zgu orqali o‘qilgan. Loyda hosil bo‘lgan izlar 90 va 93-xonalardan topilgan. Qazish paytida 90-xonadan 20 ta kesak parchalari topilgan bo‘lib, loy bo‘laklari G-P, G- SH kabi, ("G" belgisi "glina" so‘zining bosh harfidan olingan), 93-xonadan 13 ta kesak parchasi topilgan bo‘lib, ular G-3, G-4 kabi belgilangan33. Ammo kesak parchalaridagi yozuvning izlari ba’zan xira, yoki umuman uning aksi bo‘lganligi tufayli yozuv izlarini har doim ham o‘qishning iloji bo‘lmagan.





30 Тупроққальа. Дворец. Глава VI. Документы М. 1984. C.251

31 Исҳаков М. М. Центральная Азии в системи мировой письменной культуры (Древность и раннее Средневековье) Т. 2008 c. 70

32 Тупроққальа. Дворец. Глава VI. Документы М. 1984. C.251

33 Ўша жойда. 252-б.

Teriga yozilgan hujjatlar naycha qilib o‘ralgan va muhrlangan. Xo‘jalik hujjatlarining bir qismida ularning yozilgan sanalari saqlangan, ya’ni Xorazmda amal qilgan qadimiy yil hisobi - era asosida ko‘rsatilgan. Sana hujjatlarning boshida, o‘rtasida va ayrim hollarda oxirida ham qo‘yilgan. "Yil" so‘zi 3 ta terida (K-1, K- 2, K-6 hujjatlarida) va 11 ta loy parchasida uchragan.

Bu yil sanalari Xorazm erasiga tegishlidir. V.I. Vaynberg bergan ma’lumotlarga qaraganda, Xorazm erasi eramizning 40- yoki 50- yillardan boshlangan. Tuproqqal’a hujjatlari eramizning III-asrlariga to‘g‘ri keladi. Ba’zi hujjatlarning sanasi ko‘rsatilmaganligi uning yoshini aniqlashda qiyinchilik tug‘dirgan. Bunday holatda matnning yozuv hususiyatlariga e’tibor berilgan va hujjatlar 10 dan ortiq kishi tomonidan turli vaqtlarda yozilgan degan xulosaga kelingan.

S.P.Tolstov teriga yozilgan K-1, K-2 raqamli ikki hujjatni tahlil qilib, bular ma’muriy xo‘jalik harakteridagi mahsulotlar ro‘yxati ekanini aniqlagan. Hujjatlar omborga mahsulotlarni "olib kelish", "etkazib berish" haqidagi ro‘yxatlardan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga ro‘yxatda musallas-vinoning o‘lchov birligi ham berilgan. K-1, K-3, K-6 va K-8 hujjatlarida "un" so‘zi ishlatiladi. K-5 va K-6 hujjatlarida qirim va chiqim qilingan mahsulotlar ro‘yxati berilgan.



1948-yilda 89-xonadan uzunligi 16,5 sm eni 3-6 sm keladigan hujjat topilgan. Unda 20 qator yozuvning bir qismi saqlanib qolgan. Hujjatlar tahlil qilinganda shaxs ismlari aniqlangan. Bu o‘z navbatida, o‘sha vaqtida Xorazm onomastikasi tarixini o‘rganishda yordam beradi. Hujjatlar saroyga alohida shaxslardan keltirilgan un, may (vino) ro‘yxatidan iborat. Ro‘yxatda un va vinolarning o‘lchov birliklari berilgan bo‘lib, olimlarga bu o‘lchov birliklari Old Osiyo, Eron va Xorazmdagi o‘lchov birliklari bilan solishtirish imkonini beradi.

Tuproqqal’a hujjatlarida kam bo‘lsa-da sanalar saqlanib qolgan. Hujjatlardagi eng so‘nggi sana Xorazm erasi bo‘yicha 252-y. belgilangan. Hujjatlar orasida Tuproqqal’a saroyi xo‘jalik hujjatlari arxivida faqat olib kelingan yoki olib chiqilgan narsalarning ro‘yxatlaridan tashqari Podsho xazinasida saqlanayotgan mol-mulklar

ro‘yxati ham saqlanib qolgan.

Charm matnlarining qatqaloq loy-kesak parchalaridagi izlarida amaldorlarning unvonlari va kasblar nomi juda kam saqlanib qolgan. Masalan: "bosh iqtisodchi", "boshqaruvchi" yoki "nazoratchi", "nazorat qiluvchi", "etikdo‘z" kabi so‘zlar. Umuman olganda, hujjatlarning kesaklardagi izlarida 40 ga yaqin ismlar saqlangan bo‘lib, bular Abdak, Andak, Atrosarak va boshqalar.

Tuproqqal’a arxiv hujjatlari Xorazm davlatining ijtimoiy-xo‘jalik hayotini chuqur anglashga imkon beradi. Hujjatlardan Xorazm davlatining mahalliy boshqaruv mexanizmlari haqida qimmatli dalillarni topish mumkin. Mahsulotlarni kirim qilish va ularni saqlashda bir qator amaldorlar ishtirok etgan. Masalan, "bosh iqtisodchi", "boshqaruvchi" yoki "nazoratchi", "nazorat qiluvchi" kabi amaldorlar unvonlari Xorazm davlatida mahkamachilik an’anasining rivojlanganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari bazi "etikdo‘z" kabi kasblar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish mumkin. Bu esa hunarmandchilikning turli tarmoqlari kabi etikdo‘zlik sohasi rivojlanganligini ko‘rsatadi.

Tuproqqal’a arxiv hujjatlari Afrig’iylar davlatida mahalliy Xorazm yozuvining shakllanishi va amal qilishi, Xorazm yozuv madaniyatida kursiv usuldan foydalanish san’atining rivojlanganligidan dalolat beradi.

Demak, Tuproqqal’a arxiv hujjatlari Xorazm davlatining ijtimoiy-xo‘jalik tizimi, mahalliy boshqaruv tizimi, kishilarning ismlari, amaldorlarning unvonlari va kasblar nomi, yil hisoblari, o‘lchov birliklari, yozuv madaniyati haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Uzoq o‘tmishda Turon, ilk o‘rta asrlardan boshlab to so‘nggi o‘rta asrlargacha Turkiston deb atalgan Markaziy Osiyo mintaqasi tarixi bugungi kun mintaqa xalqlari uchun birday mushtarakdir. Qadim zamonlardan beri ushbu mintaqada o‘zining geografik joylashuvidan kelib chiqib shakllangan bir qator tarixiy-madaniy xududlar bo‘lib, ular bizga Sug‘d yoki Sug‘diyona, Baqtriya- Toxariston, Xorazm, Marg’iyona, Choch, Farg’ona, Ustrushona, Ettisuv, Sharqiy



Turkiston nomlari ostida ma’lum.

Bugungi kunda ushbu tarixiy-madaniy hududlarning asosiy qismi mamlakatimiz O‘zbekiston hududiga to‘gri kelib, ular orasida qadim o‘tmishdayoq o‘zining o‘troq dehqon, usta hunarmand va mohir durrojlari bilan dovrug’i dunyoga tanilgan Sug‘d - Sug‘diyona o‘lkasi aloxida o‘rin tutadi. Bugun mazkur o‘lka o‘rnida Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo kabi mamlakatimizning markaziy viloyatlari joylashgan.

Zarafshon daryosining yuqori oqimida joylashgan Qal’ai Mug‘ nomli qadimgi qasr harobalaridan 1932-1933-yillarda topilgan sug‘d hujjatlari majmui VII asr oxiri VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob manbalarni o‘z ichiga oladi. Ular Sug‘d podsholigiga tobe Panch (Panjikent) hokimligi saroyi hamda turli viloyat amaldorlari va a’yonlariga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat34. Hujjatlar mazmuni bo‘yicha turli-tuman bo‘lib, o‘zaro yozishmalar, xo‘jalik hujjatlari (hisob-kitob yozuvlari, tilxatlar, farmoyishlar), yuridik hujjatlar (vasiqa, ijara shartnomasi, nikoh shartnomasi)dan iborat.

Arxivda eng yaxshi saqlangan hujjatlardan ikkitasi -Nov.3 va Nov.4 raqamli nikoh shartnomalari mazmun jihatdan e’tiborga loyiq35. Bu hujjatlarda aks etgan nikoh ahdnomasi uzoq an’ananing, oila-nikoh amaliyoti tajribasining bir bo‘g’ini sifatida tarixiy ma’no kasb etadi. Bu hujjatlar O’zbekistonda ilk o‘rta asr ijtimoiy hayotining yorqin manzarasini ochib beradi. Xususan, Nov. 3-4 hujjatlari VII—VIII asrlardagi oila va nikoh shartlari, shu bilan bir qatorda oilaviy mulkiy munosabatlar, nikohlanayotgan shaxslarning o‘zaro va har birining ikkala tomon qarindoshlari bilan munosabatlari, ayniqsa, kuyovning kelin karindoshlari oldidagi majburiyatlari haqida qimmatli tarixiy ma’lumotlar beradi.

Nov.3 raqamli shartnomada turk zodagoni Uttakin (Ut-tegin)ning sug‘diy ayol Dug‘dg‘unchaga uylanishi rasmiylashtirilgan. Nov.4 raqamli shartnomada esa





34 Согдийские документы с горы Муг/ Описание исследования и публикации/ А. А. Фреймана. Вып. I. М. Наука 1962 c. 90

35 Исҳоқов М.М. Унутилган подшоликдан хатлар. Т, Фан, 1992. 37-46 бетлар.

kuyov O‘t-teginning Dug‘dg‘unchani turmushga berayotgan homiy otaxoni Navekat shahrining (Ettisuv viloyatidagi qadimgi shahar) hokimi Cher oldidagi majburiyatlari aks etgan. Bu esa ikki hujjatning o‘zaro uzviy bog‘liqligini ko‘rsatadi.

Tuzilishidan kelib chiqqan holda, nikoh shartnomasida ko‘rsatilgan tomonlarning o‘zaro majburiyatlariga taalluqli bo‘lgan jihatlarni quyidagicha ajratish mumkin: 1. Birga yashash shart-sharoitlari: erning majburiyatlari; 2. Birga yashash shart-sharoitlari: xotinning majburiyatlari; 3. Erning xotini oldida birga yashash shart-sharoitlarining buzilishi uchun javobgarligi; 4. Erning tashabbusi bilan nikohning bekor qilinishi, bu holda xotinning mulkiy ta’minlanganligi va erning yangi turmush kurishga huquqi; 5. Xotinning tashabbusi bilan nikohning bekor qilinishi, xotinning bu holda mulkiy ta’minlanishi va xotinning yangi turmush kurishga huquqi; 6. Nikoh bekor qilingandan so‘ng xotini va uning bolalari eri tomonidan amalga oshirilgan jinoyat va uning qullikka o‘tish majburiyatlaridan ozodligi; 7. Nikoh bekor qilingandan so‘ng eri va uning bolalari xotini tomonidan amalga oshirilgan jinoiy, yoki qullikka o‘tishdagi javobgarlikdan ozodligi; 8. Nikoh bekor qilingandan so‘ng tomonlardan biri boshqasining taqdiriga javobgarlikdan ozodligi36.

Mazkur shartnomaning matnidan ma’lum bo‘lishicha, nikohning uch shakli mavjud bo‘lgan: to‘la huquqli, vasiylikdagi ayol bilan nikoh va qo‘shimcha nikoh.

Qonuniy, «to‘la huquqli» azat xotini eri bilan teng holda yuridik javobgar shaxs sifatida qaralgan. Eri faqatgina «to‘la huquqli» xotinining roziligi bilan qo‘shimcha turmush qura olgan. Shu bilan birga eri - azat (ozodlar tabaqasi) vakili, oila boshlig’i bo‘lib, oila a’zolari va urug’i ustidan to‘la huquqli hukmdor hisoblangan37.

Nov.3 va Nov.4 yuridik nikoh hujjati mazmunidan ko‘rinib turibdiki,




36 Исҳоқов М. М. Унутилган подшоликдан хатлар. Т, Фан, 1992. 30-44 бетлар.

37 Гойипов Б. С. Суғд конфедерациясида Панч мулки. Т, «Навруз”, 2013, 35 бет.

turmush qurayotgan ikkala tomon ham ijtimoiy mavqeiga ko‘ra imtiyozli tabaqa vakillaridir. Shunga ko‘ra Sug’d rasmiy nikohida imtiyozli tabaqa xonadonidan chiqqan ayolga to‘la xuquqli bosh xotin «podshohona xotin» sifatida qaralgan. Nov.3 hujjatining kirish bandida bu haqida - «Uttakin bu Chatani sevikli xotin sifatida hurmat va ehtirom bilan oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, bezak taqinchoqlar bilan ta’minlagan holda e’zozlab, muhabbat bilan o‘z uyida podshohoyim xotin sifatida saqlasin, toki, zodagon erkak zodagon ayolni xotin tutgani kabi», - deyiladi4. Sug’d ijtimoiy hayotidagi oilada bosh xotin rasmiy nikohda, yuridik shaxs sifatida o‘zida ma’lum shaxsiy huquqlarini saqlab qolgan.

Nikoh kelishuvining an’anaviy musulmoncha shaklida ishtirok etuvchilar odatda guvoh bo‘luvchilar, qizning vakil otasi sifatidagi shaxs, yigitning qiz uchun vakil otasi sifatidagi shaxs, yigitning qiz uchun ajratadigan mulklarini shahodat qiluvchi vakil, nikoh rasmiyatini bajo keltiruvchi diniy shaxslar ishtirok etadilar. Mazkur holatda, qizning vakil otasi qiz tomondan nikoh kelishuvi va uning kelgusidagi holati uchun javobgar deb hisoblanadi. Yigit tomon vakili esa kuyov tomonidan beriladigan mulk va boshqa shartlar uchun javobgar hisoblanadi38.

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, ilk o‘rta asrlarda er tomonidan xotinga etkaziladigan ziyon-zahmatga javobgarlik nafaqat er, balki uning oila a’zolari, qarindosh-urug’i va nikohda ishtirok etayotgan vakili zimmasiga yuklatilgan. Nov.3 va Nov.4 raqamli hujjat Sug’dda rivojlangan fuqarolik yurispridensiyasi mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.

Ushbu faktga qo‘shimcha sifatida to‘plamga kiruvchi tegirmon ijarasi haqidagi V-4 raqamli hujjatni keltirish mumkin. Bu hujjatda tegirmon ijarasi uchun to‘lanadigan haq uchun javobgar shaxsdan tashqari uning bolalari va urug‘-aymog’i ham shu masala yuzasidan javobgar deb ko‘rsatilgan. Bu hol aftidan muhim ehtiyot chorasi hisoblanib, kelishuvchi tomonlardan birontasining o‘limi ham bitim shartlarini buzolmasligini ta’minlagan.







38 Исҳоқов М.М. Унутилган подшоликдан хатлар. Т, Фан, 1992. 84 бет.

Bundan tashqari nikoh shartnomasi ijtimoiy munosabatlarga oid yana bir faktni, ya’ni xotinning er oldidagi noteng mavqeini ko‘rsatib beradi:

«Uttakinning buyruqlarini xotini (o‘ziga) qonun deb hisoblab, amal qilsin»39. Bu hol ayolning nafaqat oilada, balki jamiyatda tutgan o‘rni erkak kishiga nisbatan quyiroq darajada bo‘lganligiga ishoradir.

Qolaversa, shartnomada aks etgan guvohlardan biri Nivudak Vurz og’li, ikkinchisi esa Chakushak Nanich o‘g‘li Uttakin vakillari bo‘lib, bu ikki shaxs Nov.4 hujjatidagina mas’ul holda ishtirok etgan, qolganlari esa kelin Dug’dg‘unchaning vakil guvohlari -Skatch Shishich o‘g‘li, Chahren Romich o‘g‘li, Shav Mahaq og’li. Ko‘rinadiki, O’rta Osiyo xalqlari oila-nikoh huquqlarining amalda hozirgacha davom etib kelayotgan shakllarining tarixan ildizi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi. Hususan, Nov.3-4 hujjatlarida aks etgan nikoh ahdnomasi uzoq an’ananing, oila-nikoh amaliyoti tajribasining bir bo‘g’ini sifatida tarixiy ma’no kasb etadi. Bu hujjatlar o‘zbek xalqi tarixida etnografik hodisaning, ilk o’rta asrlar ijtimoiy hayotining yorqin manzarasini ochib beradi.







39 Ўша манба. 43-бет

    1. Download 92.61 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling