O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


BOB. MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM DAVRINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARINING O’RNI


Download 92.61 Kb.
bet7/8
Sana06.06.2020
Hajmi92.61 Kb.
#115333
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekiston tarixini organishda arxiv manbalaridan foydalanish-конвертирован

BOB. MUSTAMLAKA VA MUSTABID TUZUM DAVRINI O’RGANISHDA ARXIV HUJJATLARINING O’RNI





    1. .MUSTAMLAKA VA SOVET DAVRI TARIXINI O’RGANISHDA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDA SAQLANAYOTGAN HUJJATLARNING

AHAMIYATI

Toshkentdagi O’zbekiston Markaziy Davlat Arxvida saqlanayotgan qimmatbaho hujjatlarning soni va mohiyati jihatidan O’rta Osiyo respublikalari Markaziy Davlat Arxivlari ichida eng yirigidir. Unda XIX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab to hozirgi kunimizgacha bo’lgan juda ko’p sonli hujjatlar mavjud. Arxivda Turkiston general gubernatorligiga qarashli hozirgi O’zbekiston, Turkiston, Tojikiston, Qirg’iziston va qisman Qozog’iston respublikalari territoriyasidagi viloyatlar, uyezdlar, volostlar, muasasa va korxona hamda tashkilotlarning tarixiy faoliyatiga doir barcha hujjatlar mana shu markaziy arxivda mujasamlashtirilgan.

O’zbekiston Davlat arxivining O’zbekistonning mustamlaka davri tarixiga oid hujjatlarida Turkistonda chor hukumatining olib borgan mustamlakachilik siyosati, O’rta Osiyo xalqlari tarixiga har tomonlama, chuqur o’rganishga bebaho durdona bo’lib xizmat qiladi. Arxivda Turkiston o’lkasidagi chor hukumatining ma’muriy tashkilotlari faoliyatiga doir hujjatlar to’lig’icha saqlanib turibdi.Bu hujjatlarning ko’pchiligi chorizmning Turkistondagi mustamlakachilik siyosatiga oid bo’lib unda chorizmning malaylariga qarshi xalqning qo’zg’alishi joylardagi xalq milliy ozodlik uchun olib borgan kurashlari, suvsizlik, qurg’oqchilik qashshoqlik va huquqsizlikga qarshi kurashlari maxalliy aholining ayanchli ahvoli chorizmning shavqatsiz bo’lishi chorizm amaldorlarining xurujlariga oid arxiv hujjatlari o’sha davrda tartibli saqlanmagan. O’rta Osiyo xonliklari beklari diniy boshqarmalari

faoliyatiga oid hujjatlar deyarli yo’q bo’lib ketgan. Ayrim mavjud materiallar esa o’lkaning Rossiya tomonidan bosib olinishi jarayonidagi harbiy harakatlar davrida yo’q qilib yuborilgan.

Akademik V. V. Bartoldning aytishicha bosib olingan joylardagi xonliklarning kutubxonalari va arxiv hujjatlarini saqlab qolish uchun hech qanday tadbirlar qo’llanilmadi. Umuman ular O’rta Osiyo xalqlarining madaniy va tarixiy yodgorliklarini saqlab qolishga yetarli ahamiyat bermadilar. Shunday qilib, o’lkada bosib olingandan keyin ham arxiv ishlariga yetarli e’tibor bermayotganini chor ziyoli amaldorlari tomonidan bir necha bor ta’kidlangan.

Tarixchi A. I. Dobramislov yerli arxiv ishlari nazoratsiz qolmoqda, faqat birgina general-gubernator konsepsiyalarni arxivni ko’ngildagidek xalos deydi59.

Turkiston general-gebernatori Kaufmanning arxiv ishlarini tartibga solish uchun qilgan harakati oxiriga yetkazilmay chala-chulpa qolib ketdi.

Yuqoridagi faktlardan ham ko’rinib turibdiki inqilobgacha arxiv ishlari yaxshi yo’lga qo’yilmagan, mavjud saqlanib qolingan hujjatlar esa O’zbekiston markaziy davlat arxivining maxsus bo’limlarida arxiv qoidalariga muvofiq saqlanmoqda.

Inqilobdan oldingi arxiv fondlarida saqlanayotgan hujjatlar uchun tuzilgan, putivoditel 1948-yilda nashr qilingani bilan tanishib chiqsak, bu ko’rsatgich sakkiz bo’limdan iborat bo’lib birinchi bo’lim “davlat ma’muriy boshqaruvi organlari” deb nomlangan va u ham o’zida yetti bobdan iborat: Birinchi bob, Turkiston viloyati boshqaruv o’rganlari haqidagi hujjatlar 336- fonda: ikkinchi bob o’lka tashkilotlari, ya’ni Turkiston general-gubernatorlari konselariyasi uning soveti ulug’ knyazi Nikolay Konstantinovich Romanovning boshqaruv ishlari general-gubernatorlikdagi diplomatik amaldorlar bo’lishi Buxorodagi Imperatorning siyosiy agentligiga oid hujjatlar





59 Добросмыслов А.Е.Ташкент в прошлом и настоящем. Т, 1911, с 11

arxivning birinchi fondida: Uchinchi bob xon hokimiyati organlari: Xiva xonligi konselyariyasi Amir Buxoro Kushbegi boshqarmasi, haqidagi hujjatlar 126 – fondida; to’rtinchi bob, Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Zarafshon okrugi boshlig’i, Samarqand okrugi boshqarmasi, Farg’ona viloyat harbiy guberniyasi konselyariyasi, boshqarmasi, davlat dumasiga saylov o’tkazish komissiyasi Sirdaryo viloyat bo’limi, qochoqlarni ishga joylash Farg’ona viloyat komiteti kabi hujjatlar 17, 5, 18, 276, 19, 284, 274, 525 – fondlarida saqlanmoqda, beshinchi bob – Shahar, uyezd, rayon va uchastka tashkilotlari deb nomlangan, unda Toshkent shahar boshqarma boshliqlari, Sirdaryo viloyat Qurama uyezd Boshqarmasi, Jizzax, Samarqand, Qo’qon, Namangan, Skobelov, Chimyon va Uchqo’rg’on uyezdlarining har hil hujjatlari arxivning 36,360, 24, 21, 22, 20,

25, 300, 329, 23, 15, 349, 295, 172, 299, 320 – fondlarida saqlanmoqda; oltinchi bob – Jandarm-politsiyasi nazorati organlari – deb nomlangan va unda Turkiston rayonlarini himoya qilish bo’limlari, Verniy qidiruv punkti, Temir yo’l jandarm-politsiya bo’limi, Toshkent eski va yangi shahar polisiya bo’limlari, Andijon va Jizzax polisiya pristavlari haqidagi hujjatlar – 461, 467, 677, 468, 463, 464, 465, 590, 620 va 531 – fondlarida saqlanmoqda; ettinchi bob – turmalar va turma komitetlari haqida bo’lib, u materiallar – 80, 75, 270, 325-fondlarida saqlanmoqda.


  1. bo’lim. “O’z-o’zini boshqarish tashkilotlari va oliy martabali muassasalar” deb nomlangan, unda Toshkent shahar dumasi, shahar boshqarmasi, shahar umumiy xo’jalik boshqarmasi, Samarqand va Yangi Marg’ilon xo’jalik boshqarmasi va Toshkent meshchanlar oqsoqoli tashkilotiga doir Markaziy arxivning 37, 79, 227, 236, 472, 473 va 718 fondlarida joylashgan.

  2. bo’lim. “Sud va prokuror fondlari” deb ataladi. Bu bo’lim ham o’z navbatida 3 bobdan, ya’ni birinchi bob – Viloyat sudlari, ikkinchi bob – Okrug sudlari va uchinchi bob – uyezd sudlari, sud ijrochisi, janjallik komissiyasi, xalq sudlari, qozilar – xalq sudlari notariuslari haqidagi hujjatlar bo’lib, ular

127, 134, 353, 178, 122, 50, 592, 593, 129, 133, 123, 132, 318, 130, 131, 278,

350, 150, 505 – fondlarida saqlanmoqda.



  1. bo’lim. “Xo’jalik-iqtisodiy tashkilotlar, muassasa va korxonalar” deb nomlanadi va bu etti bobdan iborat. Birinchi bob – moliyaviy bo’lim 87, 88, 89, 103, 13, 497, 281-fondlaridan; ikkinchi bob – sanoat bo’limi 41, 241,

113 va 100 fondlaridan, uchunchi bob qishloq xo’jaligi 7, 356, 107, 29, 16,

163, 614, 14, 42, 9, 78 va 12-fondlardan; to’rtinchi bob Savdo-sotiq bo’limi

469, 264, 90, 99, 97, 93, 98 va 214 fondlarida; Beshinchi bob Boj solish va

olish haqidagi bo’lim 33, 39, 528, 102, 101 va 560-fondlarda va nihoyat

ettinchi bob Aloqa va statistika ishlari haqidagi hujjatlar 557, 43, 44, 265,

249, 269-fondlarida saqlanmoqda.



  1. bo’lim. “Ilmiy va madaniy tashkilotlar” – deb nomlangan. O’rta Osiyo ilmiy jamiyati haqida 591-fondda; Toshkent kimyo labaratoriyasi 73-fondda; 1878-yildaToshkentda tashkil qilingan qishloq xo’jaligi va sanoati ko’rgazmasi materiallari 575-fondda; Turkiston qishloq xo’jaligi jamiyati 103-fondda; Turkiston Harbiy Okrugi nomidagi astranomiya va fizika observatoriyasi haqidagi ma’lumotlar 70-fondda; Turkiston Arxealogiya havaskorlari to’garagi 71-fondda; Rus imperatori geografik jamiyati Turkistonbo’limi 69-fondda; Imperator Shaqshunoslik jamiyati Toshkent bo’limi 361-fondda; Turkiston entomology stansiyasi haqida 231-fondda; Palkovnik Serabrennikovaning Turkiston o’lkasi haqida to’plagan hujjatlari 715-fondda; Turkiston o’lkasidagi oliy va o’rta maktablarning boshqarish haqidagi hujjatlar 47-fondda; Sirdaryo viloyat xalq o’quv yurti direktori haqida 48-fondda; Toshkentdagi sakkiz yillik erkaklar gimnaziyasi 50-fondda; Toshkentdagi real uchilishi 64-fondda; Toshkent harbiy gimnaziyasi 51-fondda; Toshkent Savdo uchilishi 56-fondda; Toshkentdagi birinchi xotin-qizlar gimnaziyasi 52-fondda; Toshkentdagi rus- tuzem maktabi 61-fondda; Toshkentdagi birinchi razryadli qishloq gidrotexnika maktabi 65-fondda; O’rta Osiyo Temir yo’l Bosh Boshqarmasiga qarashli Toshkent temir yo’l uchilishisi 254-fondda; Samarqand xotin-qizlar

gimnaziyasi 55-fondda; Skobelev xotin-qizlar gimnaziyasi 287-fondda; Turkiston xalq kutubxonasi 267-fondda; Turkiston xalq muzeyi to’g’risidagi hujjatlar Markaziy arxivning 72-fondida saqlanmoqda.

  1. bo’lim. “Jamoat tashkilotlari” – deb nomlangan va bu haqidagi ma’lumotlar arxivning 596, 27, 81, 268, 611, 34, 8, 595, 76, 490 va 279- fondlaridasaqlanmoqda.

  2. bo’lim. “Milliy nazorat fondi” – deb nomlangan va bu haqidagi hujjatlar arxivning 182, 85-fondlarida saqlanmoqda60.

Ko’rsatgichga ilova sifatida geografik va shaxsiy ko’rsatkichlar, sharq tillaridagi ayrim so’z va terminlarga izohlar ham berilgan.

O’zbekiston Markaziy Davlat Arxivida saqlanayotgan bu durdona hujjatlar XIX asrning II-yarmidan to Oktabr to’ntarishisigacha bo’lgan O’rta Osiyo, shu jumladan o’zbek xalqlari tarixini, ayniqsa jonajon o’lka tarixini o’rganishda katta manba bo’lib xizmat qiladi.

Arxiv ishlari, uni tartibga solish va rivojlantirish faqat Oktabr to’ntarishisidan keyingina to’liq amalga oshirila boshlandi. Sovet hokimiyatining dastlabki kunlaridan boshlab arxiv ishlarini tartibga solish va qayta qurish tadbirlarini amalga oshirdi. 1918-yil 1-iyunda Sovet hokimiyatining “RSFSR”da arxiv ishlarini qayta qurish va markazlashtirish to’g’risida deb chiqargan dekreti asosida Turkiston ASSR dan so’ng O’zbekiston SSR da ham arxiv ishlari qayta ko’rib chiqildi va markazlashtirildi.

1931-yil 20-may O’zbekiston Markaziy Ijroiya Komitetining qaroriga asosan O’zbekiston SSR Markaziy Davlat Arxivi tashkil etildi. O’sh davrga qadar Sovet davriga doir hujjatlar O’zbekiston SSR Markaziy arxiv ishlari boshqarmasining har xil seksiyalarida saqlanib kelinar edi. Tarix va madaniyat, yuridik va iqtisodiy bo’limlardagi 122 ta fonddagi 188710 ta hujjat 1926-yilga qadar puardenning 3 seksiyasida saqlanib keldi.







60 Алимов И. и ва бошка Архившунослик Т Шарк 1997 58- бет

1924-yil O”rta Osiyoda Milliy Davlat chegaralarining o’tkazilishi munosabati bilan Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm Sovet Xalq respublikalari tugatilib, ular o’rnida O’zbekiston SSR tashkil topgan. Ulardagi barcha hujjatlar O’zbekiston Markaziy Davlat Arxiviga topshirildi va arxiv fondlari shu hujjatlar hisobiga boyib ketdi.

Shundan so’ng O’zbekiston SSR ning barcha tashkilotlaridagi hujjatlar muntazam ravishda Markaziy arxivga kela boshladi.

1935-yil 1-yanvardagi ma’lumotga ko’ra arxivda o’sh yili fondler soni 455ga va undagi ishlar soni esa 173230ga yetgan. 1941-yilning 1-yanvariga kelib esa fondler soni 741 taga, ishlar soni 248872 taga ortgan.

1940-yilda Kasaba uyushmasi va mehnat fondlari arxivi tugatilib, Markaziy arxivning mustaqil bo’limlari sifatida qo’shib olingan. 1945-yilda Toshkentdagi Markaziy Harbiy Arxivi tugatilib, uni ham Markaziy arxivga mustaqil bo’lim sifatida qo’shib olingan. Urushdan keying yillarda mamlakatimiz ichkarisidagi bir qator o’zgarishlar, shu jumladan vazirliklarning qayta tuzilishi va xalq xo’jaligini boshqarishdagi yangi boshqarmalarning tashkil topishi natijasida tugatilgan ministrlik va boshqarmalarning barcha hujjatlari Markaziy arxivga topshiriladi.

Bu esa O’zbekistonda arxiv ishlari nihoyatda rivojlanib ketayotganidan darak beradi. Hozirgi kunda juda ko’p sonli hujjatlar tartibga solingan, chiroyli qilib tematika asosida tasvirlangan, har bir fonddan htch qiynalmay foydalanish mumkin bo’lgan fondler ko’rsatkichlar, har bir mutahasislik bo’yicha mahsus sistematik kataloglar qilingan, har bir fondga obrazlar berilgan, hullas, arxivda saqlanayotgan juda ko’p turli-tuman sohalarga va tarmoqlarga bo’lingan bu hujjatlardan o’zingizga keraklisini osonlikcha topib olish imkoniyati yaratilgan. Bu bo’limga Turkiston ASSR, Buxopo va Xorazm xalq respublikalari va O’zbekiston SSR ning tashkil topgan davridan boshlab to hozirgi kungacha bo’lgan: davlat, jamoat va koperativ muassasalari, respublika ahamiyatiga molik bo’lgan tashkilotlar: sud va prokuratura tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot,

o’quv-tarbiya, madaniy-ma’ishiy, kasaba uyushmasi va jamoatchilik tashkilotlari hamda ayrim asosiy fondlar ham mavjud.

Bu hujjatlarda 1917-yil fevral oyidadan to hozirgi kunimizgaha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.

Markaziy arxiv fondlaridan joy olgan bu hujjatlar faqat o’zbek xalqning tarixinigina emas, balki turkman, tojik, qirg’iz, qozoq va boshqa qardosh xalqlar tarixini ham chuqur va har tamonlama o’rganishda katta ahamiyatga egadir.

Markaziy Arxiv materiallari asosida bir qator xalq xo’jaligi va uning ravnaqiga taalluqli bo’lgan hujjatlar to’plamlari, nashr qilingan monografiyalar, ilmiy mаqolalarni ko’plab uchratish mumkin. O’zbekiston Markaziy Arxivi Chilonzor ko’chasiga joylashgan to’rt qavatli hashamatli binodir. Bino maxsus arxiv uchun qurilgan. Uning arxiv hujjatlari saqlanadigan xonalaridan tortib to o’quv zaligacha hozirgi zamon talabiga javob beriadigan qilib bezatilgan. Arxivda ishni ko’zini biladigan malakali kadrlar ishlashadi. Uning o’quv zali bilimga tashna bo’lgan odamlar bilan har doim to’la61.

1931-yildan to 1958-yilgacha uning o’quv zalida 1200 dan ortiq tadqiqotchi shug’ullangan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, unda shug’ullanuvchilar soni ikki marta ortib ketda.

Arxiv hujjatlari asosida juda ko’p ishlar qilindi. Hozirgi kunga qadar shu materiallar asosida 500 dan ortiq dissertatsiyalar tayyorlandi va himoya qilindi. O”zbekiston Fanlar Akedemiyasi Tarix instituti ilmiy xodimlari tomonidan 3 tomlik “O’zbekistonning yangi tarixi” ni arxiv hujjatlari asosida

yaratdilar.

Arxiv hujjatlaridan foydalanish va o’rganishga bo’lgan qiziqish kundan- kunga ortib bormoqda. Hozirgi kunlarda universitetlarning Tarix fakultetlarida “o’lkashunoslik” kursining kiritilishi talabalarning arxiv hujjatlaridan foydalanishga bo’lgan qiziqishini rivojlantirmoqda. Natijada kurs ishlari va







61 Алимов И. ва бошқалар. Архившунослик. Т., Шарк, 1997. 58- бет

bitiruv-malakaviy ishlarini yozishda ham arxiv materiallaridan foydalanmoqdalar. Biroq, hozirgi kunda arxiv hujjatlaridan foydalanishni osonlashtirish maqsadida “Ko’rsatgich” lar nashr qilingan. Bular esa arxivda saqlanayotgan fondlarning ma’no va mazmunli ochib beradi, hujjatlarni o’rganuvchilarga qulaylik tug’diradi. Ko’rsatgich 8 bo’limdan iborat bo’lib, ular tarmoqlar va sohalarga moslashtirilgan, har bir bo’lim va boblarda voqealar tartib bilan ta’riflangan va xranalogiyaga asoslangan. Ko’rsatgichdagi ayrim fondlarning ilmiy jihatdan faol ekanligini aks ettiruvchi individual tavsifnomalar ham berilgan. Har bir individual tavsifnoma 4 ta, ya’ni fondning nomi, fond haqidagi ma’lumotlar, fondning tashkil qilingan vaqti va materiallarning varaqlari, fond materiallari haqida annotatsiya qismlaridan iborat bo’lishlari kerak. Ma’lumotnomada fondning fond saqlanayotgan ishning soni, fond hujjati sodir bo’lgan yili, ilmiy-ma’lumot apparatlarining hammasi ko’rsatgichga kiritilgan. Annotatsiyalar fond kategoriyalarining asl mohiyatini, qisqacha mazmunini ochib beradi.

O’zbekiston Markaziy Davlat Arxivining sovet davri uchun nashr qilingan “Ko’rsatgich-putivoditel” quyidagicha:

Ko’rsatgichning birinchi bo’limi “Turkiston hududida Muvaqqat hukumatning tuzilishi va ichki soldat deputatlari Soveti” deb nomlangan, bunda Vaqtli Hukumatning Turkiston Komiteti haqidagi hujjat 1760-fondda va Turkiston o’lka soldat va ishchi deputatlari Soveti haqidagi hujjatlar esa 1613- fondda saqlanmoqda.

“Davlatning oliy organlari va davlat boshqarmalari” deb nomlangan ikkinchi bo’lim ham o’z navbatida olti bobdan iboratdir. Bular quydagicha: birinchi bob – Turkiston ASSR ning davlat organlari va Davlat Boshqarmalari deb atalgan hujjatlar 17, 13, 16, 25, 20,18, 111, 39, 621, 28, 35, 605, 34, 208,

33, 37, 337, 29, 182, 184, 215, 41 va 21 fondlarda; “Buxoro Sovet Xalq respublikasi Davlat organlari” deb nomlangan ikkinchi bobdagi hujjatlar 46, 47, 48, 49, 50, 1616, 56, 97, 61, 63, 58, 62, 51, 52, 53, 68 – fondlarda

saqlanmoqda. “Xorazm Sovet Xalq respublikasi davlat hikimiyati organlari va Bashqarish” ga doir hujjatlar 71, 72, 73, 74 va 75 – fondlarda; O’zbekiston SSR Davlar organlari va Davlat Boshqarmalari” faoliyatiga doir hujjatlarni 86, 87, 225, 337, 1807, 85, 95, 81, 2027, 1, 9, 11 fondlarda; “Adliya va sud

organlari” deb nomlangan uchunchi b’lim hujjatlari 904, 344, 343, 354, 345,

1718 va 1714 – fondlarida saqlanmoqda.

“Xalq xo’jaligi tashkilotlari, muassasalari va korxonalari” ning faoliyatiga doir to’rtinchi bo’limning o’zi ham yetti bobga bo’linadi. Birinchi bob – “Planlashtirish va statistika” deb ataladi va u 88, 10 va boshqa fondlarda; “Moliya” deb nomlangan ikkinchi bobdagi hujjatlar 93, 1680, 335, 634, 2086,

430, 333, 332, 436 fondlarda; “Sanoat” degan uchinchi bobdagi hujjatlar 89,

2, 83, 103, 1977, 2117, 109, 2113, 87, 132, 1867, 1023, 2097, 2105, 2106 va

2038 – fondlarda; “Qishloq xo’jaligi” deb nomlangan to’rtinchi bobdagi ma’lumotlar 90, 611, 223, 226, 218, 674, 756, 473, 301 – fondlarda saqlanmoqda. “Savdo, Ta’minot va tayyorlov tashkilotlari” deb atalgan beshinchi bobdagi materiallar 91, 274, 320, 701, 141, 272, 1753, 293 va 1943

fondlarda; “Transport va aloqa” bobi 233, 608, 2, 235, 244, 2085 va 5 – fondlarda; va nihoyat ettinchi – “Loyihalash va qurilish” bobidagi hujjatlar 169, 170, 610, 114, 2061, 2048, 2052 va 1956 – fondlardan joy olgan62.

Beshinchi bo’lim “Madaniyat va maishiy tashkilotlar” deb ataladi va bunga oid hujjatlar ham to’rt bobga bo’linadi. Birinchi bob “Xalq maorifi va fan” bundagi materiallar 94, 368, 374, 274, 371, 633, 414,, 364, 632, 631, 630,

361, 2091, 2082, 743, 394, 396, 412, 1876 – fondlarida va “Matbuot” deb

atalgan bobda esa 402, 431, 155, 405, 404, 403, 408, 409 fondlarda

saqlanmoqda. “San’at” bobidagi hujjatlar 2087, 2062, 2088, 2089 va 417 – fondlarda; “Sog’liqni saqlash” sohasidagi to’rtinchi bobdagi hujjatlar 131, 350, va 2096 – fondlarda joylashgan.

“Mehnat va sotsial ta’minot tashkilotlari” deb nomlangan oltinchi




62 Алимов И. ва бошқалар. Архившунослик. Т., Шарк, 1997. 58- бет

bo’limdagi hujjatlar arxivning 97, 323, 96, 419 va 421 – fondlarida saqlanadi. “Kasaba soyuzlar va jamoat tashkilotlar” deb nomlangan bo’lim ham uch bobdan iborat bo’lib, birinchi bob “Kasaba soyuzlar” haqidagi hujjatlar 735, 305, 20, 747, 792 va boshqa fonddagi hujjatlar kiradi. “Jamoat tashkilotlari”

nomli bobdaga hujjatlar 44, 245, 126, 406, 840, 423, 239, 348 va424

fondlarga kiradi. “Sport tashkilotlarining” hujjatlari 2043, 2053, 2047 – fondlarda saqlanadi, va hihoyat “Shaxsiy fond” deb nomlangan oxirgi bo’lim arxiv fondlarining 7226, 1591 – sida saqlanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi fondlarni o’rganishda tadqiqotchi O’zbekistonning sovet va mustabid tuzum davridagi tarixini o’rganishda, arxiv hujjatlariga tanqidiy yondashgan holda xolislik nuqtai-nazaridan o’rganishi kerak. Chunki bu davr tarixini tadqiq qilayotganda arxiv hujjatlaridagi bo’rttirishlar, noaniqliklar va mustamlakachi ruhda yozilgan hujjatlarga munosabat bildirishda milliy istiqlol ruhida yondashishi kerak. Arxiv hujjatlari O’zbekiston tarixini o’rganishda birlamchi manbadir. Lekin sovet davri arxivlarida vatanimiz tarixiga doir biryoqlama fikrlar mavjud. Shu nuqtai- nazardan arxiv hujjatlarini o’rganishda tadqiqotchidan keng fikr va mulohaza talab qilinadi.


Download 92.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling