O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
Mustamlaka Turkistonda idoraviy
arxivlarning vujudga kelishi Муаммоли савол: Чор Россияси мустамлакачилиги даврида архив ишларида қандай ўзгаришлар юз берди? 12 ahamiyatga ega hujjatlar bozorlar va rastalarda ko’zga tashlanib qolgan edi. 1884 yilda taniqli arxivshunos N. Kalachov loyihasiga binoan Rossiya imperiyasi chekka o’lkalarida hujjatlarning ommaviy yo’qotilishiga qarshi arxiv komissiyasi tuzildi. Arxiv hujjatlarini tartibga solish va to’plash, arxivlarni ayovsiz talon-taroj qilish va yo’qotishdan himoya qilish, har xil idoralarda yo’qotishga ajratilgan hujjatlarni qaytadan ko’rib chiqish va saralab olish, ularning ilmiy qimmatini aniqlash bu komissiyaning asosiy maqsadi edi. Biroq komissiya oldiga yo’gan vazifalar bajarilmay qoldi. Uning idoraviy arxivlarga kirish huquqi yo’q edi. Komissiya faqat tarixiy arxivlardagi yo’q qilish uchun ajratilgan materiallarni saqlab qolish huquqiga ega edi, xolos. Turkiston o’lkasida arxiv ishlarini tashkil etish va tartibga solish bo’yicha yakkayu yagona harakat K. Kaufman tomonidan qilingan edi. U 1873 yilning oktyabr oyida mahkamaviy ishlar boshlig’iga Toshkent shahrida Markaziy arxiv uchun imorat qurish haqida ko’rsatma beradi. Markaziy arxivni to’rt bo’limga ajratish ko’zda tutilgan edi. Birinchi bo’limga Turkiston general-gubernatorligi idorasining hujjatlari, ikkinchisiga – viloyat va shahar boshqarmalari, sud va Toshkent yarmarka kompleksining hujjatlarini, uchinchisiga – Turkiston harbiy okrugi shtabi, harbiy okrug kengashi, okrugdagi barcha topografiya va harbiy qismlarning ishlari qabul qilinishi kerak edi. To’rtinchisiga esa Sirdaryo viloyati shtabi, komendantlik boshqarmalari, o’qchi brigadalari boshqarmasi, gospitallar va boshqa idoralarning hujjatlari yig’ilishi lozim edi. Markaziy arxivga yiliga 5 ming hujjat to’plash mo’ljallangan edi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Kaufman loyihasida faqat Toshkent shahridagi va Sirdaryo viloyatidagi hujjatlarni to’plash nazarda tutilgan edi. Qolgan viloyatlardagi muassasa va tashkilotlar hujjatlarining taqdiri mutlaqo e’tibordan chetda qolgan. Lekin, K. Kaufmanning rejasi amalga oshmadi. Shuning uchun ham mustamlaka Turkistonda hujjatli materiallar tarqoq holda saqlanib qolaverdi. Turkiston o’lkasidagi bosh muassasa 1867 yilda tuzilgan general-gubernatorlik mahkamasi edi. 1870 yilga qadar mahkamada hujjatlarni qayerda va qay tarzda saqlash, umuman saqlashga zarurat bormi, degan masala bilan hyech kim qiziqmagan. Faqat, 1870 yili mahkamada shtatlarning oshishi bilan “jurnalist” (ham arxivshunos, ham ekzekutor) lavozimini ta’sis etish taklif etildi. Xudi shu yili 1867-1869 yillarga tegishli bir qism hujjatlarni arxivga topshirish mo’ljallanadi. Ammo hujjatlar topshirilmasdan qoladi, chunki buning uchun maxsus xona yo’q edi. Hujjatlar yetti yil mobaynida bosmaxona binosida qayd-yozuvlarsiz yotadi, foydalanishga esa yo’l qo’yilmaydi. 1877 yil mahkamada qo’shimcha binolar qurilishi bilanoq ikkita xona arxiv uchun ajratiladi. 1882 yili mahkama amaldorlaridan tuzilgan maxsus komissiya 1867-1882 yillarda to’lg’azilgan 9968 ta hujjatni bo’limlardan olib arxivga topshiradi. Arxivga qonun-qoidalarga binoan har yili tugallangan hujjatlar qabul qilinishi lozim edi. 1904 yilda maxsus komissiya general-gubernatorlik idorasining arxivini tekshirib chiqib, hujjatlar bo’limlardan betartib keltirilgani, muqovalari yirtiq ekani, qayd-yozuvlar noto’g’ri Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling