15
4- Mavzu: Sovet davrida O’zbekistonda arxiv ishi
Reja:
1. Turkiston ASSRda arxiv ishi (1918-1924 yillar)
2. O’zbekiston SSR da arxiv ishining tashkil qilinishi (1925-1940 yillar)
3. Ikkinchi jahon urushi yillari O’zbekiston arxivlarining ahvoli
4. 1946-1991 yillarda O’zbekistonda arxiv ishi
1917 yil oktyabr to’ntarishidan so’ng arxivlar faoliyati
sohasida tub o’zgarishlar amalga oshirildi.
RSFSR hukumati 1918 yil 1 iyunda “Arxiv
ishini qayta qurish va
markazlashtirish to’g’risida” dekret qabul qildi. Bu dekret asosida barcha tarqoq
arxivlar markazlashtirildi.
Turkistondagi sobiq arxivlar tugatildi. Arxiv hujjatlari Turkiston ASSRning
yagona Davlat Arxiv Fondi (DAF)
ni tashkil etadi, deb e’lon qilindi. DAFni
boshqarish uchun Turkiston Respublikasi Arxiv ishlari bosh boshqarmasi tashkil
qilindi. Davlat idoralari bu boshqarmaning ruxsatisiz o’z hujjatlarini yo’q
qilish
huquqiga ega emas, deb ko’rsatildi. Nafaqat 1917 yilga qadar yaratilgan hujjatlar,
balki sovet idoralarida tashkil bo’lgan hujjatlar ham
DAFning tarkibiy qismi deb
e’lon qilindi. Bu hujjatlarni nazorat qilib turish Arxiv ishlari bosh boshqarmasiga
topshirildi. Boshqarma Maorif xalq komissarligi xuzurida faoliyat ko’rsatar edi.
1919 yil 15 noyabrda Turkiston ASSR Maorif xalq komissarligining qarori
bilan Arxiv ishlari markaziy boshqarmasi tuzildi. DAF tarkibiga 1917
yilga qadar
yaratilgan hujjatlar bilan birga sovet tashkilotlari hujjatlari ham yig’ila boshlandi.
Tashkilotlarda hujjatlar 5 yil saqlanishi, keyin davlat arxivlariga topshirilishi
belgilandi. Bu qoida 1921 yil 30 sentyabrda kuchga kirdi.
Joylarda viloyat arxiv fondlari tashkil etildi. Masalan, 1922
yil martda
Farg’onada, iyunda - Samarqandda, noyabrda – Yettisuvda, 1921 yil martda
Kaspiyorti viloyatlarida shunday fondlar tashkil qilindi.
Markaziy va mahalliy arxiv tashkilotlarining muhim vazifasi arxiv hujjatlarini
qidirib topish va yig’ish edi. 1920-1921 yillarda 500dan ortiq fondlar hisobga olindi.
1921 yil oxirigacha davlat arxivlariga 305
mingdan ortiq, 1922 yilda esa yana 200
mingga yaqin hujjat topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: