O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
DAF hujjatlarini
turkumlashtirish 29 Hujjatlarning yaratilish uslubi va texnikasini hisobga olib, ularni yozma hujjatlar, ilmiy-texnikaviy hujjatlar, kinofotofonohujjatlar va boshqa guruhlarga bo’lish mumkin. Shundan so’ng ularning qaysi arxivda saqlash masalasi hal etiladi. Hujjatlarning har bir guruhi alohida saqlash ish rejimini talab qiladi, ulardan foydalanish esa maxsus bilimlar, texnikaviy vositalarni taqozo etadi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi, kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi kabi arxiv muassasalari tashkil etilgan. Yuqorida ta’kidlab o’tilgandek, ikkinchi bosqichda hujjatlar arxiv doirasida turkumlashtiriladi. Bu bosqichda arxiv hujjatlari fondlarga bo’linadi. Arxiv fondi – bu ma’lum tashkilot, muassasa, korxona yoki shaxsning faoliyati davomida vujudga kelgan hujjatlar majmuidir. Har bir arxiv fondi o’z tartib raqamiga ega bo’ladi. Hujjatlarni arxiv miqyosida turkumlash chog’ida arxiv fondining birligi va yaxlitligini saqlash lozim. Masalan, Farg’ona viloyat Sovetining hujjatlari bu tashkilotning tashkil topishidan to hozirgi kuniga qadar yaxlit holda yagona fondda saqlanishi zarur. Bitta muassasaning hujjatlarini ikkita yoki undan ortiq fondlarga bo’lib tashlash mumkin emas. Arxivshunoslikda tarixan shakllangan arxiv fondlari majmuasini ham birga saqlash nazarda tutilgan. Masalan, Farg’ona viloyatidagi rayonlar ijroiya qo’mitalarining hujjatlari yagona majmuani tashkil etadi. Shunday ekan, ularni boshqa-boshqa arxivlarga bo’lib yubormaslik kerak. Arxivlarda arxiv fondlaridan tashqari arxiv kolleksiya (to’plam) lari ham bo’lishi mumkin. Kolleksiyalarga alohida fondlarni tashkil etish uchun yetarli bo’lmagan ayrim hujjatlar kiritiladi. Masalan, «Farg’onalik jangchilarning frontdan yozgan maktublari», «Inqilobiy varaqalar», «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hujjatlari» kabi arxiv kolleksiyalari bo’lishi mumkin. Uchinchi bosqichda hujjatlar arxiv fondi miqyosida alohida yig’majildlarga bo’lingan holda turkumlanadi. Har bir yig’majild (yedinisa xraneniye, delo = saqlov birligi) bitta yoki ko’pini shakl va mazmun jihatidan o’zaro yaqin bo’lgan bir necha hujjatlardan iborat bo’ladi. Soddaroq qilib aytganda, yig’majild biron bir tashkilot yoki muassasaning bitta papkaga tikilgan hujjatlaridir. Arxiv fondini tashkil etish ishi odatda idoraviy arxivdan boshlanadi. Bu yerda ish yuritish jarayonida hujjatlar alohida yig’majildlarga tiqiladi, keyinchalik ma’lum muddatdan so’ngdavlat arxiviga topshiriladi. Davlat arxivlarida odatda shaxsiy arxivlardan qabul qilingan hujjatlargina fondlar va yig’majildlarga bo’linadi. Har bir yig’majild o’z tartib raqamiga ega bo’ladi. Yig’majildlar eng avvalo strukturaviy va xronologik tamoyillar asosida tuziladi. Ayrim hollarda tarmoq, funksional, nominal, mavzuiy, jug’rofiy va boshqa tamoyillar ham qo’llanilishi mumkin (Mazkur tamoyillarning amalda qo’llanilishi 1- 4-ilovalarda ko’rsatilgan). Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling