O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Manbalar va adabiyotlar 
Arxivlar to’g’risida: O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelp Qonuni // 
O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. Toshkent, 1999. 
Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980. 
Alimov I va b. Arxivshunoslik: O’quv qo’llanma. Toshkent, 1997. 
 
7- Mavzu: Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish 
 
Reja: 
1. Hujjatlarni 
ekspertizada o’tkazish tushunchasi. Ekspertizaning 
vazifalari 
2. Hujjatlarni ekspertizada o’tkazishning tamoyillari, me’yorlari va 
uslublari 
3. Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish 
 


33 
Hujjatlarni ekspertizada o’tkazish deganda 
ularning ilmiy qimmatini aniqlash va davlat 
arxivlari uchun tanlab olish bilan bog’liq 
ishlar 
tushuniladi. 
Ekspertiza 
arxivshunoslikning eng muhim va mas’usliyatli ishlaridan biridir. Ekspertiza 
jarayonida hujjatlarning tarixiy manba sifatidagi ahamiyati aniqlanadi. Shu asnoda 
davlat arxivlariga yangi hujjatlar tanlab olinadi va O’zR MAF shakllanib boradi. 
Ma’lumot manbai bo’lgan hujjatlarning nihoyatda xilma-xilligi ularni 
ekspertizadan o’tkazishni taqozo etadi. Ayrim hujjatlar jamiyatning siyosiy, ilmiy 
va madaniy hayoti haqida, xalq xo’jaligining taraqqiyoti, davlat apparatining 
faoliyati to’g’risida va boshqa masalalarga doir qimmatli ma’lumotlar beradi. Ular 
ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi. 
Boshqa hujjatlarning ma’lumotlari esa tor amaliy maqsadlar doirasidan chiqmaydi. 
Bu hujjatlar ayrim ma’muriy, tashkiliy va xo’jalik masalalarini aks ettirgan holda, 
asosan muassasaning operativ faoliyatini ta’minlashga qaratilgandir. Ular tarixiy 
manba sifatida muhim ahamiyatga ega emas. Shunday hujjatlar ham borki, ular bir 
necha kun davomida o’z ahamiyatini yo’qotadi. Shuning uchun ham hujjatlarni 
ekspertizadan o’tkazish shart. Ekspetizaning asosiy maqsadi qaysi hujjatlar davlat, 
fan, jamiyat hamda fuqarolarni kerakli ma’lumotlar bilan to’laroq ta’minlashini 
aniqlashdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida hujjatlarni arxivlarda saqlash 
muddatlari ham belgilanadi. Qimmatli ma’lumotlar manbai bo’lgan muhim 
hujjatlar muassasa arxivlarida ma’lum muddat davomida saqlangandan so’ng 
doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Muhim bo’lmagan hujjatlar 
esa belgilangan muddat davomida muassasa arxivlarida saqlanadi, so’ngra yo’q 
qilib yuboriladi. 
Muassasa va tashkilotlarda qimmatli ilmiy ma’lumotlarga ega bo’lgan 
hujjatlar nisbatan oz qismni tashkil etadi. Ekspertiza chog’ida avvalo ilmiy 
ahamiyatga ega bo’lgan hujjatarni aniqlash va saralab olishga e’tibor beriladi. 
Ekspertizaning birinchi va eng asosiy vazifasi – qaysi hujjatlar qimmatli 
ma’lumotlarga ega ekanligini aniqlash va ularni davlat arxivlariga topshirishdan 
iboratdir. Demak, ekspertizaning bu vazifasi davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan 
to’ldirib borish bilan bog’liqdir. Hujjatlarni saralash chog’ida hujjat qaysi davlat 
arxiviga yuborilishi va qaysi fondda saqlanishi ham aniqlanadi. Boshqacha qilib 
aytganda, ekspertiza jarayonida har bir davlat arxivining yo’nalishini e’tiborga 
olgan holda ular saqlanayotgan fondlarning hujjatlar tarkibi aniqlanadi. 
Ekspertizaning ikkinchi vazifasi – hujjatlarni saqlash muddatini belgilashdir. 
Bu qiyin vazifa emas. Odatda, hujjatlar uzoq muddat yoki doimiy saqlanishi kerak 
bo’lgan va qisqa muddat davomida saqlanishi lozim bo’lgan guruhlarga bo’linadi. 
Hujjatlarni saqlashning aniq muddatlarini belgilash chog’ida tashkilotning 
manfaatlari, mavjud nizomlar va yo’riqnomalar hamda arxivlar va muassasalarning 
hujjatlardan foydalanish borasidagi ko’p yillik tajribalari hisobga olinadi. 
Ekspertizaning uchinchi vazifasi – hujjatlarni saqlanish darajasini aniqlash, 
ularning ayrimlari yaroqsiz holga kelgan taqdirda arxiv fondidagi bu kemtiklikni 
qoplash yo’llarini topishdir. Ekspertiza jarayonida arxiv fondi tarkibida qanday 
hujjatlar yetishmayotganligi aniqlanadi hamda qaysi fonddagi shunga o’xshash 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling