O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Hujjatlarni ekspertizadan o’tkazish 
tamoyillari, me’yorlari va uslublari 


35 
mantiqiy davomida sifatida ekspertiza ishlariga sistemali tarzda yondashishni 
ko’rsatib o’tish mumkin. 
Ekspertiza tamoyillarini hisobga olgan holda hujjatlar qimmatini 
aniqlashning me’yorlarini ishlab chiqiladi. Me’yorlar deganda biz hujjatlar ilmiy 
qimmatini belgilab beradigan sifatlarni tushunamiz. 
Ekspetizada matnli hujjatlarning qimmatliligini aniqlashning asosiy, keng 
ravishda qo’llaniladigan me’yorlari quyidagilardir: 
Hujjatlarning mazmuni; 
Fondni tashkil etuvchi, ya’ni tashkilot yoki muassasaning maqomi; 
Hujjatlardagi ma’lumotning takrorlinishi; 
Hujjatlarning paydo bo’lish vaqti va joyi. 
Ekspertizada dastxatlilik, hujjatning yuridik kuchi, uning tashqi xususiyatlari 
(badiiy xususiyatlari, yozuv materiali va h.) singari me’yorlar ham ma’lum rolp 
o’ynaydi. Hujjatlarning paleografik xususiyatlari, qaysi tilada bitilganligi kabi 
me’yorlarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. 
Ekspertiza ishlarida ko’rsatib o’tilgan me’yorlarning hammasi bir xilda 
qo’llanilmaydi. Ularning ayrimlari hujjatning xarakteridan qat’i nazar doimo 
hisobga olinadi. Hujjatlarning mazmuni, fondni tashkil etuvchi tashkilot yoki 
muassasaning maqomi ana shunday universal me’yorlar qatoriga kiradi. Bu 
me’yorlar barcha hujjatlarga nisbatan qo’llaniladi va ularning qiymatini aniqlashda 
muhim rolp o’ynaydi. Boshqa me’yorlar, jumladan, hujjatlarning paleografik
lisoniy va badiiy xususiyatlari esa asosan shaxsiy fondlar va qadimgi davr 
fondlarini ekspertizadan o’tkazishda qo’llaniladi. 
Ekspertiza ishlarini sifati ko’pincha bu ishga jalb qilingan shaxslarning 
bilimi, malakasi va dunyoqarashiga bog’liqdir. Shunday ekan, ekspertlar bu ishda 
zarur bo’lgan bilimlarga ega bo’lishlari shart. Ekspertlar avvalo davlat 
muassasalari tarixini bilishlari zarur. Ular fondni tashkil etuvchi muassasaning 
vazifalari, funksiyalarini yaxshi bilishlari, bu muassasalar qaysi organlarga 
bo’ysunganligi, ularning boshqa tashkilotlar bilan aloqalari haqida yaxlit 
tasavvurga ega bo’lishlari kerak. 
Ekspertlar muassasa strukturasini, bu muassasa tarixidagi qayta tashkil 
etishlarni, mazkur muassasa tarkibiga kirgan bo’lim va boshqarmalarning 
funksiyalarini, muassasada yig’majildlarni shakllanishi usullarini yaxshi bilishlari 
lozim. Bunday ma’lumotlar muassasa faoliyatining asosiy yo’nalishlarini ikkinchi 
darajali vazifalaridan ajratib olish imkoniyatini beradi. Bu bilimlar hujjatlarni ilmiy 
jihatdan qimmatli bo’lgan guruhga va vaqtinchalik ahamiyatga ega bo’lgan 
guruhga bo’lish ishini osonlashtiradi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling