O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9- Mavzu: Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ularni mavjudligi va holatini tekshirish Reja: 1. Hujjatlarni hisobga olish to’g’risidagi tushuncha
- Hujjatlarni hisobga olish haqidagi tushuncha Муаммоли савол: Архив хужжатарини ҳисобга олишдан асосий мақсад нима
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik. O’quv qo’lanma. Toshkent, 1997. Teoriya i praktika arxivnogo dela v SSSR. Moskva, 1980. Arxivlar to’g’risida: O’zbekiston Respublikasining 1999 yil 15 aprelp Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. –Toshkent, 1999. 9- Mavzu: Arxiv hujjatlarini hisobga olish, ularni mavjudligi va holatini tekshirish Reja: 1. Hujjatlarni hisobga olish to’g’risidagi tushuncha 2. Hisob hujjatlari, ularning davlat va idoraviy arxiv-larda yuritilishi 3. Davlat arxivlarida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish Arxiv materiallarini hisobga olish deganda ularning miqdorini va ro’yxatini aniqlashtirish tushuniladi. Davlat arxiv fondini tashkil etuvchi barcha hujjatlar hisobga olinishi shart. Hujjatlar yig’majildlar va fondlarga bo’lingan holda hisobga olinadi. Bundan tashqari hujjatlar butun arxiv miqyosida hisobga olinadi. Nihoyat, davlat arxiv fondining hujjatlari to’la hajmda hisobga olinishi kerak. Hujjatlarni hisobga olish ularni saqlash va zaruriyat tug’ilganda tezda topish imkoniyatini beradi. Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning tarkibi o’zgaruvchandir. Arxivlarga muntazam ravishda hujjatlar qabul qilinadi, ayrim hujjatlar bir arxivdan boshqa arxivga o’tkaziladi, ba’zi materiallar yo’q qilib yuboriladi. Demak, hujjatlarning hisobi ham shunga qarab o’zgarib turadi. Har bir arxivda olib borilayotgan hisobga Hujjatlarni hisobga olish haqidagi tushuncha Муаммоли савол: Архив хужжатарини ҳисобга олишдан асосий мақсад нима? 43 asoslanib, respublika davlat arxiv fondi hujjatlari umumiy tarzda hisobni olib boriladi. Shu asnoda qaysi hujjat qayerda saqlanayotganligi to’g’risida tezkor ma’lumotlar olish mumkin bo’ladi. Davlat arxivlariga topshirilgan barcha hujjatlar darhol hisobga olinishi shart. Hisobga olish fondlar, birlashgan arxiv fondlari, arxiv kolleksiya) (to’plam)lari, yig’majildlar, hujjatlarning mikrofotonusxalari va ro’yxatlar asosida olib boriladi. Belgilangan qoidaga muvofiq har bir davlat arxivida quyidagi hisob hujjatlari bo’lishi shart: 1. Qabul qilingan hujjatlar kitobi. Bu kitob orqali arxivga qabul qilingan hujjatlarning dastlabki hisobi olib boriladi. Kitobda xronologik tartibda barcha qabul qilingan hujjatlar qayd etiladi. Kitobda tartib bilan qabul qilingan hujjatning nomi, uning qachon va kim tomonidan qabul qilinganligi, hujjatning sanasi, hajmi va holati, qaysi fondga qo’shilganligi yoziladi. Qabul qilingan hujjatlar kitobi asosida yil davomida arxivga topshirilgan yangi fond va yig’majildlar haqida aniq ma’lumot olish mumkin bo’ladi. 2. Fondlar ro’yxati. Har bir arxivda saqlanayotgan fondlarning tartib bilan yozilgan ro’yxati bo’ladi. Mazkur ro’yxatga muvofiq arxivga qabul qilingan har bir fondga tartib raqami beriladi. Bu raqam boshqa fondlarga berilishi mumkin emas. Inqilobdan oldingi, sovet davri va mustaqillik davri hujjatlari birga saqlanayotgan arxivlarda (masalan, O’zR MDA) bu uchta guruh uchun alohida-alohida fondlar ro’yxati mavjud bo’ladi. Sovet davri fondlarining tartib raqami oldidan «R» harfi, mustaqilik davri hujjatlari uchun «M» harfi qo’yiladi (masalan, R-1, R-2, R-3; M- 1, M-2, M-3 va hokazo). Boshqa arxivlarda fondlar ro’yxati yagona tartibda tuziladi. Fondlar ro’yxatida fondning tartib raqami, boshlangan yilidan tashqari fondni tashkil qiluvchi muassasaning to’la nomi yoziladi. Agar muassasaning nomi o’zgargan bo’lsa, tartib bilan uning barcha nomlari ko’rsatiladi. Agar mazkur fond boshqa arxivga ko’chirilsa, «Arxivdan olinganiligi haqida ma’lumot» degan joyda qayerga ko’chirilganligini qayd etiladi. 3. Fond varaqasi. Bu varaqada arxiv fondining nomi va tartibi, fondda saqlanayotgan hujjatlarning miqdori, xronologik chegaralari va tarkibi, fonddagi yig’majildlar va hujjatlarning ro’yxati kiritiladi. Fondlar varaqasi faqat hisob hujjati emas, balki Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling