48
Ilmiy-ma’lumotnoma apparatini
yaratish uchun hujjat,
yig’majild va fond asosiy axborot manbai bo’lib
xizmat qiladi. Birlamchi ma’lumot beruvchi bu
manbalarni tahlil etish arxivshunoslikda tavsiflash deb
ataladi. Arxiv
ishida alohida bir hujjat, yig’majild va arxiv fondi tavsiflanishi
mumkin.
Arxiv fondlari o’z
ilmiy ahamiyati, ulardagi ma’lumotlarning salmog’i
nuqtai nazaridan bir xil emasdir. Shuning uchun ham hujjatlarni tavsiflash
differensial yondashuvni talab qiladi.
Arxiv fondlari ulardagi ma’lumotlarning salmog’iga qarab 3ta kategoriyaga
bo’linadi.
Birinchi kategoriyali fondlar jumlasiga jamyat
hayotining turli sohalariga
doir xilma-xil va boy ma’lumotlar beradigan fondlar kiradi. Odatda bu fondlarning
materiallaridan keng ko’lamda va muntazam ravishda foydalaniladi. Shu boisdan
birinchi
kategoriyali
fondlarning
ilmiy-ma’lumotnoma
apparati
batafsil
ma’lumotlarni aks ettirishi kerak. Aks xolda hujjatlarni tezda topish va ulardan
keng ravishda foydalanish ishi qiyinlashadi. Birinchi kategoriyali fondlar
jumlasiga
quyidagi fondlar kiradi: Turkiston general-gubernatori va viloyat harbiy
gubernatorlari
mahkamalari fondlari, Turkiston komiteti fondi,
Turkiston ASSR,
Buxoro va Xorazm respublikalari hamda O’zbekiston SSR Sovetlari,
viloyat
Sovetlari fondlari va hokazo.
Ikkinchi kategoriyadagi fondlar qatoriga jamiyat hayotining ayrim
yo’nalishlari bo’yicha ma’lumot beruvchi fondlar kiradi. Bu kategoriyaga viloyat
Sovetlarining boshqarma va bo’limlari, uyezd va rayon Sovetlari, shahar dumalari
va kengashlari hamda boshqa muassasalar fondlari kiradi.
Uchinchi kategoriyaga qimmatli ma’lumotga uncha boy bo’lmagan fondlar
kiradi. Bu kategoriya fondlari materiallaridan kam foydalaniladi.
Shuning uchun
ularga murakkab ma’lumot apparatini yaratish shart emas.
Do'stlaringiz bilan baham: