O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Kataloglar haqidagi 
tushuncha 
Arxiv hujjatlarini 
kataloglashtirish 


57 
jarayonida bajariladigan barcha ishlar, ya’ni kataloglarni tuzish tarh (sxema) larini 
ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish, shuningdek kataloglar 
turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlari nazarda tutiladi. 
Muammoli savol: Arxiv hujjatalrini kataloglashtirishning asosiy qoidalari 
nimalardan iborat? 
Kataloglar o’ziga xos tuzilishga egadir. Odatda kataloglar tuzish jarayonida 
hujjatlar haqidagi ma’lumotlar, tarmoqlar, mavzular, familiyalar yoki sanalar 
bo’yicha joylashtirilib, ularning har biri katalogning alohida bo’limi yoki bo’lagini 
tashkil etadi. 
Kataloglar tuzilishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarhlari 
belgilaydi. Hujjatlar xakidagi axborotlarni turkumlash tarhi yozma yoki grafikali 
hujjatdir. Tarh ma’lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjatlardan olingan 
axborotlarni shu bo’laklar bo’yicha joylashtirishga muljallangan katalogning 
turkum bo’laklari ro’yxatidir. Mana shu tarh orkali hujjatlarni o’rganish, 
kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarni katalogda joylashtirish amalga 
oshiriladi. Katalogning turkum tarhi hujjatlarni topish, bayon qilish ishlaridan 
oldin tuziladi. Tarh bo’laklari ma’lumotnoma tuzuvchilar, mutaxassislar ishtirokida 
aniqlanadi va belgilanadi. Turkum tarhi qancha to’la, mukammal, chuqur ishlangan 
bo’lsa, hujjatlar mazmunini shuncha aniq ochib berish imkoni tugiladi. 
Hujjatlar 
haqidagi 
axborotlar 
katalogda 
kartochkalarga 
yozilib, 
joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axborotlar ayrim hujjat, bitta yig’ma 
jild yoki bir-biriga o’xshash bir guruh yig’majildlarga tegishli ma’lumotlarni o’z 
ichiga oladi. Shu bilan katalog kartochkalaridagi ma’lumotlar yig’majildlar 
ro’yxatidagi ma’lumotlardan farq qiladi. Ma’lumki, ro’yxatda bitta yig’majildga 
tegishli ma’lumot beriladi. Katalog yig’majildning ichidagi ayrim hujjatlar 
to’g’risida ham ma’lumot beradi. Katalogning ro’yxatdan ustun tomoni ham 
shundadir. 
Katalogning asosiy bulagi rubrika - sarlavha qismidir. Bu qismda aniq 
masalaning nomi, shaxsning familiyasi, sana to’g’risida hujjatdagi ma’lumotlar 
bo’ladi. Katalog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo’ladi. 
Tadkiqotchini shu masala yoki familiya qiziqtirsa, hujjat manzilini yozib olib
arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo’ladi. 
Arxiv kataloglari tuzilish qoidalariga ko’ra ikkiga 
bo’linadi: mantiqiy tuzilishdagi kataloglar va alfavit 
tuzilishidagi kataloglar. Birinchi tur kataloglarda 
arxiv hujjatlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy uzaro bog’liq holda bo’ladi. 
Ikkinchi tur kataloglarda esa hujjatlar haqidagi ma’lumotlar o’zaro bog’lanmagan 
holda, ya’ni alfavit bo’yicha joylashgan bo’ladi. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglar 
qatoriga sistematik, xronologik, mavzuiy asoslarda tuzilgan kataloglar kiradi. 
Alfavit tuzilishli kataloglar tarkibiga – ismlar katalogi, geografik nomlar 
katalogi va boshqa shunga o’xshash kataloglar kiradi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling