61
4. Arxiv kataloglarining qanday turlarini bilasiz?
5. Mantiqiy tuzilishdagi kataloglarga qaysi kataloglar kiradi?
6. Alfavit kataloglari haqida nimalarni bilasiz?
7. Sistematik kataloglar haqida so’zlab bering.
8. Mavzuiy kataloglar qanday tuziladi?
9. Xronologik kataloglar haqida nimalar deya olasiz?
10. Ismlar katalogi qanday tuziladi?
11. Geografik kataloglar haqida so’z lab bering.
12. Kataloglar tuzishda axborotni bayon etish usuli haqida so’zlang.
Manbalar va adabiyotlar
Alimov I va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Teoriya i praktika arxvnogo dela v SSSR. Moskva, 1980.
14- Mavzu: Arxiv hujjatlari sharhi
Reja:
1. Sharhning vazifasi va turlari
2. Sharhlarning tuzilishi
Arxiv hujjatlari sharhi –
bu alohida hujjatlar
majmuasining
tarkibi
va
mazmuni,
uning
manbashunoslik jihatdan tahlil qilish to’g’risidagi ma’lumotnomadir.
Muammoli savol: Arxiv hujjatlari sharhi nima maqsadda yoziladi?
Sharhlar tuzishdan asosiy maqsad manfaatdor tashkilotlar va shaxslarni
mazkur hujjatlarning xarakteri va ahamiyati xususida xabardor qilishdir.
Arxiv
sharhlari ikki xil bo’ladi: arxiv fondlari sharhi va mavzuiy sharhlar.
Fondlar sharhi deganda ma’lum bir fond hujjatlarining tarkibi va mazmuni,
ularning manbashunoslik jihatdan tahlil etish xususidagi arxiv ma’lumotnomasi
tushuniladi. Mavzuiy sharhlarda esa Biron-bir mavzuga bag’ishlangan
hujjatlarning tarkibi va mazmuni haqida (ularni qaysi fondda saqlanishidan qat’i
nazar) axborot beriladi.
Sharhlar muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlarga tuziladi.
Nisbatan yirik bo’lgan va ayni paytda kam o’rganilgan fondlarga sharhlar tuzish
maqsadga muvofiqdir. Saqlanayotgan hujjatlarning hajmi katta bo’lmasa yoki
ulardan keng ravishda foydalanib ilmiy muomalaga kiritilgan bo’lsa,
bunday
fondlarga sharh yozish shart emas. Aksincha u yoki bu fondda bir xil sarlavhali
ko’p yig’majildlar
saqlansa, bu yig’majildlar mazmun jihatidan murakkab va
serqirra bo’lsa, bunday fondlarga sharh tuzish nihoyatda foydalidir (bayonnomalar,
Do'stlaringiz bilan baham: