O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana18.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1708023
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
Arxivshunoslik. Ma\'ruza matni

Sharhning vazifasi 


62 
stenogrammalar, ma’ruzalar, hisobotlar, xatlar). Murakkab hujjatlarning 
mazmunini ro’yxatda ochib berish qiyin, lekin sharhlarda ularning mazmunini 
to’liq holda ochib berish mumkin. 
Sharhlar odatda ikki qismdan iborat bo’ladi: 
sharhning o’zi va ko’makchi ma’lumotnoma 
apparati. Sharhda ma’lumot obyekti bo’lgan hujjatlarning tarkibi va mazmuni 
bayon etiladi. Sharhda hujjatlarning tarkibi va mazmuni haqidagi axborot 
annotasiya deb ataladi. Annotasiyalar bir xil shakl yoki mazmundagi hujjatlar 
guruhiga yoki bo’lmasa alohida hujjatlarga tuzilishi mumkin. 
Muammoli savol: Sharhlar tuzishning asosiy qoidalari 
nimalardan iborat? 
Sharh quyidagi asosiy tarh (sxema) lar asosida tuziladi: tarkibiy, tarqoq 
(funksional), mavzuiy, xronologik, nominal. Tarkibiy va nominal tarhlar fondlar 
sharhini tuzishda ham, mavzuiy sharhlar tuzishda ham qo’llanadi. 
Shaxsiy fondlarga sharh yozishda esa mutlaqo boshqa yo’ldan boriladi. 
Mazkur fondlarda shakl va mazmun jihatidan xilma-xil hujjatlar saqlanishi sababli 
ularni sharhlashda yagona tarhni qo’llashning iloji yo’q. Bunday sharhlarni 
tuzishda odatda shaxsiy fondlar hujjatlarini bir tizimga solishning namunaviy 
tarhidan fodalaniladi (biografik ma’lumotlar, xizmat va jamoat faoliyati, tasviriy 
materiallar, qarindoshlari haqidagi materiallar va hokazo.). 
Ayrim arxivlarda mavzuiy sharhlar tuzishda fond tarhi (sxemasi) 
qo’llanilmoqda, ya’ni har bir fondning ma’lum bir mavzuga oid materiallariga 
alohida sharh beriladi. Ammo bunday tarhdan foydalanish maqsadga muvofiq 
emas, chunki bu xol bir xildagi ma’lumotlarning ko’p marotaba takrorlanishiga 
olib keladi. 
Sharhlarda hujjatlarning tahlili chuqur va aniq bo’lishi, fond yoki mavzu 
bo’yicha aniq, ixcham ma’lumotlar berilishi kerak. Sharh tuzish chog’ida 
hujjatlarga annotasiya yozish bilan birga ularning manbashunoslik tahlili ham 
berilishi zarur. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling