72
ilmiy-uslubiy kengashlarda, uslubiy kengashlar va ekspert uslubiy komissiyalarida
muhokama etiladi. Bu kengashlarning yig’ilishlarida arxiv xodimlaridan tashqari
chetdan kelgan mutaxassislar ham ishtirok etishlari mumkin.
Arxiv muassasalarida olib borilgan ilmiy ishlarning asosiy maqsadi – bu
arxiv ishi sifatini oshirishdir. Shunday ekan ilmiy izlanishlarning
natijalarini tez
muddatlarda hayotga tadbiq etish muhimdir. Ilmiy izlanishlarning yakuni bo’yicha
yangi davlat standartlari, yangi qoidalar va metodik qo’llanmalar nashr etiladi.
Tayanch iboralar
O’zR Vazirlar Mahkamasi
qoshidagi Bosh arxiv
boshqarmasi
– (BAB) respublikadagi
barcha arxivlarni
boshqaradigan vakolatli davlat organi
Arxiv bo’limlari
– viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining
bo’limi bo’lib, joylarda
davlat arxivlar faoliyatiga
rahbarlik qiluvchi vakolatli davlat organlari
Kadrlarni tanlash va
joy-joyiga qo’yish
– arxivda mehnat qilayotgan xodimlarning bilimi,
malakasi, tajribasini hisobga olgan holda u yoki bu
lavozimga
joylash
Malakaviy tavsifnoma
– har bir lavozimni egallash uchun zarur bo’lgan
va bajariladigan vazifalar majmui
Nazariy tadqiqotlar
– arxivlarda hujjatlashtirish,
arxeografiya va
arxivshunoslik
masalalari
bo’yicha
olib
boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari
Amaliy tadqiqotlar
– arxiv ishi ahvolini o’rganish va uni yanada
yaxshilash maqsadida o’tkaziladigan
tajriba va
eksperimentlar
Do'stlaringiz bilan baham: