O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Download 84.55 Kb.
|
Malakaviy amaliyot hisoboti-hozir.org
Front-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘ladi:
1. Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchi koorporativ bo‘lim; 2. Jismoniy shaxslarga chakana bank xizmatlari ko‘rsatuvchi bo‘lim; 3. Bankning ichki operatsiyalari (depozit, kredit, qimmatli qog‘ozlar, valu ta operatsiyalari) amalga oshiruvchi bo‘lim. Front-ofis tarkibida bank uchun o‘ta muhim mijozlar (VIP) ga xizmat ko‘rsatuvchi alohida bo‘lim tashkil etilishi mumkin. Front-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1834-son bilan yuritishni va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan yo‘riqnomaning tegishli ilovalari bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Bek-ofis–Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy va yakuniy nazoratdan o‘tkazish hamda bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi. Bek-ofisning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: 1) Front-ofis tomonidan ruxsat etilgan operatsiyalarni avtomatlashtirilgan bank hisob tizimida aks ettirish; 2) joriy va yakuniy nazoratni amalga oshirish; 3) hisobotlar tuzish. Bek-ofis quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin: 1) Hisob va hisob-kitob operatsiyalari bo‘limi; 2) kliring va plastik kartochkalar emissiyasi bo‘limi; 3) ssuda-depozit bitimlar bo‘limi (guruhi); 4) statistik ma’lumotlar bo‘limi; 5) ichki xo‘jalik operatsiyalari bo‘limi; 6) yakuniy nazorat bo‘limi. Bek-ofis tarkibiy bo‘limlarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish uchun ham yuqorida keltirilgan yo‘riqnomaning tegishli ilovalariga murojaat etish tavsiya etiladi. Bank tarkibiy tuzilmasining mas’uliyatini belgilash uchun, ular bajaradigan operatsiyalari tavsifidan kelib chiqqan holda, bo‘limlar bo‘yicha vazifalar taqsimlashning taxminiy doirasini aniqlash zarur. Shuni qayd etish zarurki, bo‘linmaga yuklatiladigan vazifalar doirasi qat’iy bo‘lishi shart emas. Bank bo‘linmalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi va bank operatsiyalarining avtomatlashtirilgan darajasiga bog‘liq ravishda Bek-ofis yoki Front-ofis tarkibida ayrim bo‘lim yoki sektor bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda, bir bo‘lim yoki sektor vazifalarini boshqa bo‘lim, sektorning bajarishi ko‘zda tutilishi lozim. Vazifalar bank tarkibiy tuzilmasining har bir bo‘limi uchun alohida taqsimlanadi. Mijozlarga bankning barcha xizmatlar majmuasi faqat Front -ofis bo‘limida ko‘rsatilganligi bois, mazkur bo‘lim bank xizmatlarining barcha turlarini yaxshi biladigan malakali mutaxassislardan tashkil etilishi shart. Bunda shart-sharoitlar va bank tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxati e’lon qilinishi hamda mazkur xizmatlardan bankning mavjud va bo‘lg‘usi mijozlari xabardor qilinishi shart.Front-ofis xodimlarini mijozlarning jismoniy va yuridik shaxslar toifasi bo‘yicha guruhlash lozim. Qonunchilik bazasi turli yoki bir xilligiga bog‘liq holda, yuqorida qayd etib o‘tilgan mijozlarni yanada kichik bo‘lgan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin. Masalan, faqat milliy valutada operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar, milliy va chet el valutasida operatsiyalarni amalga oshiradigan mijozlar, bir mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar va hokazo.Bankning Front-ofis bo‘limidagi har bir guruh mutaxassisi mijozlarga ko‘rsatiladigan to‘liq standart xizmatlar ro‘yxatini ularga taqdim etadi. Xodimlar guruhi tomonidan mijozlarga ko‘p operatsiyalar turi bo‘yicha xizmat ko‘rsatilsa, mazkur guruhga kamroq mijoz taqsimlanishi lozim. Chunki ko‘p turli operatsiyalar bajaruvchi mijozning bitta tashrifi bo‘yicha unga xizmat ko‘rsatish bank xodimining ko‘p vaqtini egallaydi. Front-ofis zimmasiga mijoz tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va ular tomonidan boshlangan operatsiyalarning to‘g‘riligini dastlabki nazorat qilish yuklatiladi. Qo‘shimcha nazorat zarur hollarda (bank qo‘shimcha nazorat qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar ro‘yxati va ularni nazorat qilish tartibini ishlab chiqadi) Front-ofis xodimi operatsiyalar bo‘yicha hujjatlarni nazoratchi xodimga taqdim etadi. Yakuniy nazoratning vazifasi operatsiyalarning yakuniy nazoratini amalga oshiruvchi Bek-ofis xodimlari tomonidan keyingi bank ish kunidan kechiktirmagan holda o‘tkazish hisoblanadi.Buxgalteriya xodimlarining huquq va majburiyatlari.Bank bosh buxgalterining vazifalari, huquqlari va javobgarligi. Bank bosh buxgalteri bankda hisob-operatsion ishlarni tashkil etadi, bankning moddiy va moliyaviy resurslarining to‘la saqlanishini ta’minlaydi. U bank rahbari tomonidan bosh buxgalter vazifasiga tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi. Agar bankning 11yuqori bank tashkiloti bo‘lsa, yuqori bank tashkiloti rahbari, buxgalteriya hisobi boshqarmasi boshlig‘i bilan kelishiladi va Markaziy bank boshqaruvi qoshidagi Komissiya taqdimotidan o‘tkaziladi. Har bir bankda xodimlarning lavozim vazifalari ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Bankning bosh buxgalteri “Bank tizimining bosh buxgalterlari to‘g‘risidagi” Nizom asosida ish olib boradi. Bank bosh buxgalterining vazifalari. Bosh buxgalter buxgalteriya hisobini bank hisob siyosatida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan qoidalar asosida tashkil etib, quyidagi vazifalarni bajaradi: – buxgalteriya hisobi ishlarini zamonaviy texnik vositalari va axborot texnologiyasidan foydalangan holda oqilona tashkil etilishi, buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida bank operatsiyalarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilishi hamda foydalanuvchilar uchun ishonchli moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim qilish; – bankka kelib tushgan pul hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha operatsiyalarning tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilib, kunlik balans tuzilishi va tegishli joyga topshirilishini tashkil etish; – mijozlarga hisobvaraqlar ochish va hisobvaraqlarni yopish; – mijozlardan kelib tushadigan pul hisob-kitob hujjatlarining shakli va mazmuni bo‘yicha to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ular bo‘yicha operatsiyalarni o‘z vaqtida o‘tkazilishi; – ichki bank operatsiyalarining qonuniy bajarilishini va ular ustidan monitoring o‘rnatish, mablag‘ va qimmatliklar but saqlanishi; – elektron to‘lov hujjatlarining to‘g‘ri shakllantirilishini ularning asl nusxasi bilan solishtirish orqali tekshirish; – bank amaliyot kunini yakunlash va kun oxiriga kunlik balans tuzish; – hujjatlarining asl va elektron nusxalarini ish kuni oxirigacha yoki keyingi bank ish kuni ertalab soat 10.00 dan kechiktirmasdan belgilangan tartibda taxlanishini va arxivga topshirishni ta’minlash; – o‘z tasarrufida bo‘lgan bank filiallari, sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining buxgalteriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha belgilangan tartibda yillik jamlangan moliyaviy hisobotlar; – bank daromadlari va xarajatlarini hisoblash usulini qo‘llagan holda Bosh kitob va hisobotlarda to‘g‘ri aks ettirilishi; – buxgalteriya hisobi, hisoboti, nazorat va iqtisodiy tahlil masalalari yuzasidan xodimlarga o‘z vaqtida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish; – ish haqi fondining to‘g‘ri sarflanishi, mansab maoshlarining to‘g‘ri belgilanishi, shtatlar, moliya va kassa intizomiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash. Bank bosh buxgalterining huquqlari. Bankning barcha hisob-operatsion apparat xodimlari bosh buxgalterga bo‘ysunadilar. Bosh buxgalter hisob operatsion apparat xodimlari uchun majburiyatlar belgilab, o‘z vazifalarini bajarish uchun shart-sharoit yaratadi. Operatsiyalarni bajarish yoki rasmiylashtirish bo‘yicha buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarish barcha bank xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Bosh buxgalterning ko‘rsatmalarini bajarmaganligi yoki noto‘g‘ri bajarganligi uchun mukofotdan butunlay, qisman mahrum bo‘lishi, alohida hollarda 12jinoiy javobgarlikka tortilish mumkin. Bundan tashqari, bosh buxgalter bank rahbaridan buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish, kassalarda pul qabul qilish, saqlash, ishlatish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarni to‘g‘ri bajarish ustidan nazorat qilish, mukofotlar miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega. Moddiy javobgar shaxslarni, kassir, ombor mudirini lavozimga tayinlash, ishdan bo‘shatish va boshqa ishga o‘tkazish masalasi ham bosh buxgalter bilan kelishib hal qilinadi. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqiga ustamalar belgilash hamda ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.Bank bosh buxgalteri quyidagi hollarda javobgardir: – buxgalteriya hisobining noto‘g‘ri olib borilish natijasida hisobotlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar berilishida; – depozit va boshqa hisobvaraqlar, debitorlar va kreditorlar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar berilsa, hisob ishlari o‘z vaqtida olib borilmasa; – buxgalteriya xodimlarining aybi bilan noto‘g‘ri hisobot berilsa; – Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari bo‘yicha xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa; – bank rahbari bilan teng ravishda bankning moliyaviy, xo‘jalik faoliya tini tashkil qilishda qo‘pol xatolikka yo‘l qo‘yilsa, javobgar hisoblanadi.Umuman, bosh buxgalterlarning intizomiy, moddiy va jinoiy javobgarligi amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi.Bank mas’ul ijrochilarining vazifalari. Hisob operatsion apparatining asosiy xodimlari – bu mas’ul ijrochilardir. Bank mijozlarining asosiy hisob-kitob va boshqa operatsiyalarining hisobini yuritish, mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi aynan mas’ul ijrochilarga yuklatilgan. Mas’ul ijrochilar quyidagi vazifalarni bajaradi: – biriktirib qo‘yilgan bank mijozlari va xodimlardan qabul qilingan hisobkitob va pul hujjatlariga tegishli ishlov berish; – taqdim etilgan hujjatlar bo‘yicha pul o‘tkazish yoki pul to‘lash mumkin yoki mumkin emasligini hisobvaraqlardagi pul mablag‘larining yetarliligi asosida aniqlash; – kelib tushgan barcha hisob-kitob hujjatlarini operatsiyalar qonuniyligi hamda ularning kreditlash va hisob-kitob qilish qoidalariga muvofiqligini tekshirish – akkreditiv, chek, to‘lov topshirig‘i, to‘lov talabnomasi, inkasso topshirig‘i va boshqa hujjatlarning hamda ularga ilova qilingan tovar transport hujjatlarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish, barcha rekvizitlarning mavjudligini aniqlash; – pul chekining nomeri imzolar va muhr namunasi tushirilgan kartochkada qayd etilgan chek daftarchasining nomeriga to‘g‘ri kelishini tekshirish; – chek bo‘yicha ish haqi uchun mablag‘larni belgilangan hajm doirasida berishini nazorat qilish, bu mablag‘lar hisobini yuritish; – mijozlarning ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlar, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar summalarining o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish; – hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha inkasso kartotekasini, o‘z vaqtida to‘lanmagan hujjatlar kartotekasini yuritish; – mijozlar va bank operatsiyalari bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish va ulardan ko‘chirmalarni mijozlarga berish uchun qutilarga joylashtirish; – operatsion kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatish grafigiga amal qilish va hokazo. Download 84.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling