O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


 Stolga birinchi va ikkinchi taomlarni berishda


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

7. Stolga birinchi va ikkinchi taomlarni berishda
ishlatiladigan idish - tovoqlar 
 
Birinchi taomlarni berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga quyidagilar kiradi: 

suyuq taomlar uchun tarelkadagi idish (chashka yoki kosa) - sig‘imi 350 va 400 
sm

- suyuq taom va pyuresifat sho‘rva, shuningdek qiyma solingan sho‘rva, tovuq 
sho‘rvalar uchun; 

chuqur oshxona tarelkalari (diametri 240 mm, sig‘imi 500 sm
3
) - to‘la hissa 
sho‘rva uchun; 

chuqur oshxona tarelkalari (diametri 200 mm, sig‘imi 300 sm
3
) - yarim hissa 
sho‘rva uchun, ular ostida gazak tarelkalari bo‘ladi; 

sho‘rva qo‘yish uchun qopqoqli idishlar (4, 6, 8, 10 hissa uchun) - oilaviy 
mijozlarga, turistlar guruhiga, konferensiya va turli xildagi tadbir qatnashchilariga 
xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. 
Ikkinchi taomni berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga quyidagilar kiradi: 

oshxona kichik tarelkalari (diametri 240 mm) - baliq, go‘sht, parranda go‘shti, ov 
o‘ljalari go‘shtlaridan tayyorlangan taomlar uchun; 

aylana idishlar (diametri 500 mm) - parranda, ov o‘ljalari go‘shti, sabzavot, rangli 
karam, kulinar kotletlari uchun ishlatiladi. Bunday idishlarda taom tarqatish joyidan taom 
keltiriladi, yordamchi stolda oldindan tayyorlangan tarelkalarga suziladi.
8. Mijozlarga dessertni berishda ishlatiladigan
idish - tovoqlar 
 
Mijozlarga dessertni berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga quyidagilar 
kiradi: 

kichkina dessert tarelkalari (diametri 200 mm) - shirin shavla, mevalar, 
shirinliklar uchun; 


193 

chuqur dessert tarelkalari (diametri 200 mm) - qulupnay, olxo‘ri va boshqa meva 
solingan shirin taomlar uchun. 
Issiq ichimliklarni berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga quyidagilar kiradi: 

choy damlash uchun choynaklar (sig‘imi 250, 400 va 600 sm
3
); 

qaynoq suv uchun choynaklar (1200 - 1600 sm
3
) - qo‘sh choynakda choy 
berilganda ishlatiladigan choynaklar; 

choy chashkalari tarelkaga qo‘yilgan holda (sig‘imi 200 - 250 sm
3
) - choy, kofe 
va sut bilan, kakao uchun; 

choy bilan stakan qo‘yilgan tarelka (diametri 185 mm); 

ko‘k choy uchun piyola (sig‘imi 250 va 300 sm
3
) va qora kofe uchun 1, 4, 6 hissa 
sig‘imli, har hissasi 100 sm
3
bo‘lgan; 

chashka tarelka bilan (sig‘imi 100 sm
3
) - qora kofe, suyuq shokolad uchun; 

shirinliklar uchun kichkina idishcha (diametri 90 mm) - asal, qiyom, limon, shakar 
uchun. 
Meva va qandolat mahsulotlarini berishda ishlatiladigan idish - tovoqlarga 
quyidagilar kiradi: 

dessert mayda tarelkalari (diametri 200 mm) - olma, nok, uzum, qovun - tarvuz va 
boshqa mevalar uchun

tekis guldonlar (diametri 300 mm) - shirinliklar, aylana shakldagi tortlar uchun; 

maxsus chinni guldonlar - non, quritilgan non, shirinliklar va boshqalarni qo‘yish 
uchun; 

somsa tarelkalari - qandolat mahsulotlari uchun. 
Restoran zalida har bir o‘rin uchun: 

somsa tarelkalari 4 - 5 komplekt;

chuqur tarelkalar - 1,5 komplekt;

kichik oshxona tarelkalari - 3 komplekt;

dessert tarelkalar - 1,5;

gazaklar uchun - 2 - 3 komplekt tarelkalar bo‘lishi nazarda tutiladi. 


194 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling