O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Samdchti akademik litseyi umumta’lim fanlar kafedrasi
II. Reaktivlardan foydalanish tartibi
Download 137.2 Kb.
|
Kimyo laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Tajriba olib borishda koʻriladigan ehtiyot choralar
II. Reaktivlardan foydalanish tartibi
1. Bajariladigan tajriba uchun koʻrsatilgan miqdorda reaktiv olish, agar undan qancha olish koʻrsatilmagan boʻlsa mumkin qadar kamroq oling. 2. Quruq reaktivlarani chinni yoki metall qoshiqlar bilan oling. Ishlatishdan oldin ularni yaxshilab filtr qogʻozi bilan arting. 3. Reaktivni olgach, idishga solib, darhol qopqogʻini mahkamlab yopib qoʻying. 4. Ishlatilgan, ortib qolgan reaktivni oʻz idishiga qaytarib solmang, chunki ish davrida u ifloslanishi, buzilishi mumkin. 5. Suyuq holdagi reaktivlar tomizgich bilan olinadi. Tormizgichlar ham foydalanishdan oldin toza suv bilan yaxshilab yuviladi. 6. Foydalanib boʻlingan reaktivlarni darhol oʻz oʻrniga qoʻyishga odatlaning. 7. Idishlarni tartib raqami boʻyicha oʻz oʻrnida turishi, keyingi tajribani bajarishda reaktiv qidirish uchun ortiqcha vaqt sarflashni oldini olish imkonini beradi. III. Tajriba olib borishda koʻriladigan ehtiyot choralar 1. Zaharli moddalar bilan qilinadigan tajribalarni moʻrili shkafda bajaring. 2. Ajralib chiqayotgan gazlarni yaqindan turib hidlamang. Agar gazni hidlash lozim boʻlsa, ehtiyotkorlik bilan havoni qoʻlingiz orqali idish ogʻzidan oʻzingizga tomon ohista yelpib hidlang. 3. Kuchli kislotalarni, ayniqsa, kontsentirlangan sulfat kislotani suyultirishda suvni kislotaga qoʻshmasdan, kislotani suvga jildiratib ohista quying. 4. Reaktivlarni quyganda ular yuzingizga yoki qoʻlingizga sachramasin. 5. Suyuqlik qizdirilayotganda uning holatini kuzatishda idish ustiga engashib qaramang. Chunki suyuqlik birdan sachrab ketishi mumkin. 6. Probirkaga biror modda qizdirayotganingizda uning ogʻzini oʻzingizga yoki yoningizda turgan kishiga qaratmang. 7. Koʻz va qoshingizga biror kimyoviy modda sachrasa, zararlangan joyini darhol suv bilan yuvib tashlang va vrachga murojaat qiling. 8. Simob va uning bugʻi kuchli zahardir. Shuning uchun u bilan ishlaganda juda ehtiyot boʻlish lozim. Ba'zi vaqtlarda simob toʻkilishi yoki termometr sinishi mumkin. Sunday holatlarda albatta oʻqituvchi yoki laborantga murojat qilish va tegishli choralar koʻrilishi lozim. 9. Simob va shunga oʻxshash zaharli moddalar bilan ishlagandan soʻng albatta qoʻlingizni yuvishni unutmang. 10. Suvli eritmalar va umuman suyuqliklarning mazasining tatib koʻrish qat'iy man etiladi. 11. Tez oʻt oluvchi moddalar bilan qilinadigan tajribalarni oʻtdan uzoqroqda yoki maxsus moʻrili shkaflarda olib borish lozim. 12. Benzin, spirt, efir bilan ishlayotganda oʻt chiqib qolsa, hech vaqt suv bilan oʻchirishga urinmang. Bunday alangani qum sepish yoki maxsus vositalar yordamida oʻchirish lozim. 13. Terining biror joyi kuyib qolsa, kuygan joyni kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi bilan hoʻllang, soʻng tegishli surkama moylardan surkang va albatta shifokorga murojaat qiling. 14. Gazlar bilan ishlayotganingizda zaharlanib qolsangiz. darhol toza havoga chiqing va tezlik bilan vrachga murojat qiling. 15. Elektr asboblari bilan ishlayotganingizda ularning izolyatsiyasiga e'tibor bering. Ular yaxshi izolyatsiyalangan boʻlishi lozim. 16. Isitish, bugʻlatish va juda yuqori temperaturada suvsizlantirish ishlarini tegishli asboblarda olib borish kerak. 17. Singan probirkalarni siniqlari va qogʻoz parchalarini maxsus idishlarga tashlashga odatlaning. Natriy va kaliy metallari bilan ishlaganingizda esa qolgan metall boʻlaklarini maxsus idishlarga tashlang. 18. Kumushning ammiakli tuzi eritmasini uzoq vaqt saqlash mumkin emas . Chunki vaqt oʻtishi bilan portlovchi modda - kumush qaldirogʻi hosil boʻlishi mumkin, shuning uchun bunday eritmalarni kerakli vaqtda tayyorlash va foydalanish lozim. 19. Laboratoriya mashgʻuloti tugagach ish stollarini tartibga solish, gaz va vodoprovod joʻmraklarini berkitish hamda elektr asboblar oʻchirilganligini, albatta tekshirishni unutmang. Download 137.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling