O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi Samdchti akademik litseyi umumta’lim fanlar kafedrasi
Download 137.2 Kb.
|
Kimyo laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I . Kimyoviy laboratoriyalarda ishlash tartibi
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim Vazirligi SamDCHTI akademik litseyi umumta’lim fanlar kafedrasi Samarqand davlat chet tillar institute akademik litseyi I-kurs _____-guruh talabasi _________________________________________ning Kimyodan laboratoriya daftari Samarqand-2023 Ushbu yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021-yil 26-fevraldagi № 1-son majlis bayoni bilan ma’qullangan hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 1-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan na’munaviy o‘quv reja asosida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: SamDCHTI akademik litseyi kimyo fani o`qituvchilari Xayrullayev N. Kirish Akademik litseyda kimyo fanini yanada samarali, qiziqarli qilib oʻtish va oʻquvchilarning qiziqishini oshirish hamda olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash va koʻnikma hosil qilish maqsadida ushbu uslubiy ishlanma ishlab chiqildi. Kimyo faniga oʻn ikkita laboratoriya ishini laboratoriyada koʻrgazmali tajriba uchun ajratilgan boʻlib 6 soatga moʻljallangan. Ushbu laboratoriya ishlanmasida laboratoriya ishining yoniga kuzatilgan natijalar, reaksiya tenglamalari va xulosalarni rasmiylashtish uchun chiziqlar bilan joy ajratilgan. Bu oʻquvchilar vaqtini tejashga va dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ushbu laboratoriya ishlanmaga koʻzda tutilgan laboratoriya ishlarini amalga oshirish yoʻriqlari oʻquvchilarning kimyo faniga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttiradi deb umid qilamiz. I. Kimyoviy laboratoriyalarda ishlash tartibi 1. Darslik va ma'ruzadan tegishli boʻlimlarni oʻqib chiqish va laboratoriya ishining mazmuni bilan tanishish kerak. 2. Tajriba olib borish uchun zarur narsalar (idish, asboblar, reaktiv va boshqalar) mavjudligini aniqlagandan keyingina tajriba boshlash kerak. 3. Tajriba oʻtkazayotgan vaqtda ishning qoʻllanmada koʻrsatilgan tartibi va izchilligiga rioya qiling. 4 Ehtiyot choralarga rioya qiling, kerak boʻlgan taqdirda ishni moʻrili shkaf yoki maxsus ajratilgan xonalarda olib boring. 5. Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning hamma tafsilotlarini bilib oling hamda laboratoriya ish daftariga yozib boring. 6. Laboratoriya ishlari bajariladigan asosiy joy ish stolidir. Shuning uchun uni tegishli ravishda jihozlanishiga katta e'tibor berilishi kerak. 7. Kuzatilgan barcha hodisalarni va reaksiya tenglamalarni tajriba tamom boʻlishi bilanoq yozib qoʻying. 8. Laboratoriya ish daftariga tajriba bajarilgan kun, mavzuning nomi, mazmunini, lozim boʻlsa asbobning chizmasi yoki rasmini chizing. 9. Kuzatilgan oʻzgarishlar, reaksiya tenglamalari, hisob va xulosalarni muntazam yozib boring. Ish daftari varaqalarining chetki oʻng tomonidan oʻquvchining fikr va mulohazalari uchun joy qoldiring. Download 137.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling