Laboratoriya ishi № 1
1 -tajriba: Etilenning etil spirtidan olinishi
Reaktivlar: etil spirti -C2H5OH, sulfat kislota - H2SO4, bromli suv - Br2; kaliy permanganat -KMnO4
Jixozlar: kolba, tomizgich, oʻlchov silindri, spirt lampa, probirka, shtativ, gugurt
Ishning mazmuni: Kolbaga 10 ml etil spirt, yuqorida voronkaga esa 30 ml konsentrlangan sulfat kislota soling. Tomizgich voronkaning joʻmragini ohista burab, kislotaning hammasini kolbaga quying. Aralashmani ehtiyotlik bilan asta-sekin qizdiring. Kolbadan havo siqib chiqarilgach, etilen suv ostida yigʻiladi. Buning uchun suv toldirilgan probirka olib, u suvli idishga tonkarilgan va probirka ogʻziga gaz oʻtkazuvchi nayning uchi kiritib qoyiladi. Etilen suvni siqib chiqarib, probirkani toʻldiradi. Shundan keyin suv ostida probirka ogʻzini barmoq bilan berkitib, probirka suvdan olinadi va gorelka alangasiga tutiladi. Etilen havorang alanga hosil qilib yonadi. Qizdirishni toxtatmay, gaz oʻtkazuvchi nayning uchi bromli suv solingan probirkaga tuishirilsa, eritma rangsizlanadi. Sodir boʻlgan reaksiya tenglamalarini yozing:
2-tajriba: Etilenning kaliypermanganat va bromli suv bilan reaksiyasi
Reaktivlar: KMnO4 eritmasi, bromli suv, etilen
Jixozlar: probirka, shtativ, nay
Ishning mazmuni: ozgina kaliy permanganat eritmasi qoʻshilgan suvdan etilen oʻtkazish. Bunda rang yoʻqoladi (kaliy permanganat MnO2 ga aylanadi);
etilen bromli suvdan oʻtkaziladi. U rangsizlanadi. Bunda ozgina brom qoʻshilgan suv (och sariq) olish kerak. Eritmadabrom koʻproq boʻlsa, etilen ham koʻproq kerak boʻladi va reaksiya uzoqqa choʻziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |