O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti sharipov ilhom – 101 guruh magistranti raqob


-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi


Download 1.5 Mb.
bet7/14
Sana15.06.2020
Hajmi1.5 Mb.
#118857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Raqobat siyosati.-конвертирован


5.3.-rasm. Kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi
Marketing izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridor tovar xarid qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi ko‘rinishiga, dizayniga ahamiyat beradilar. Shundan keyin tovarning texnik ko‘rsatkichlariga e’tibor beradilar. Shunday ko‘rsatkichlar ichida narx-navo 6-7 o‘rinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo‘lgan davlatlariga xos xususiyatdir. Vaholanki, O‘zbekiston kabi mamlakatlarda baho hozircha xaridor uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Buni albatta hisobga olish zarur.





5.4.-rasm. Raqobatbardoshlik ustunliklari va raqobatning bazaviy strategiyasi
Raqobatdagi yutuqqa milliy shart-sharoitlarning ta’siri.

Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integratsiyasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida iqtisodiy o‘sish kuzatiladi, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.

Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integrastiya jarayonlaridan ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvaalo, bu juda ko‘p mamlakatlarning savdo, moliya, investitsiya va axborotlar uchun o‘z chegaralarini ochishida ko‘rinadi.

Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati - integratsiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, mehnat integratsiyasi.

So‘nggi yillarda integratsiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda:


    • ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;

    • xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;

    • moddiylashgan tovarlar bo‘yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o‘zgarishi va ko‘lamining kengayishi;

    • turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko‘chib yurishi;

    • xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishi;

    • ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;

    • ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi;

    • zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muhofaza qilish, Dunyo okeani, kosmosni o‘zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning och aholisiga yordam ko‘rsatish va boshqalar)ni hal etishga yo‘naltirilgan xalqaro hamkorlik. Mamlakat raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari.

Globallashuv jarayonining asosi ayirboshlash emas, balki so‘nggi o‘n yillar ichida jadal sur’atlarda rivojlanayotgan transmilliy korporatsiyalar (TMK)ning institutsional shakli sifatidagi ishlab chiqarish bo‘lib qoldi.

Yetuk firmalar baholardan tashqari raqobatda quyidagi narsalarga ham e’tibor beradilar va evaziga firmaning bir tekis rivojlanishiga erishadilar:



    • tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi;

    • tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari;

    • o’xshash tovarlarga nisbatan ishlab chiqarilayotgan tovarning chidamli, ishonchliligi, sifatining yuqorilik darajasi;

    • tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma- xilligi, holati;

    • tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi;

Atrof-muhit uchun ekologik toza bo‘lishi va hokazolar. Ularning har birining ahamiyati katta va kuchli firmalarda shu narsalarga ahamiyat berish faoliyat, turmush tarziga aylangan. Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qoralanadigan turi ham mavjud. Bu o‘rinda g‘irrom raqobat to‘g‘risida ham so‘z yuritishimiz kerak bo‘ladi. Raqobat firmalar uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgani uchun, ular ayrim hollarda raqobat kurashida g‘ayriqonuniy usullardan foydalanadilar. Bunda ular davlat tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish ko‘radilar. G‘ayriqonuniy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin:

    • baholar bo‘yicha bir necha firmalarning o‘zaro kelishib olishlari;

    • boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko‘rinishi, tovar nishonasini o‘zboshimchalik qilib ruxsatisiz foydalanish;

    • raqobatchilar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot yoki to‘g‘ri bo‘lsa ham ularning obro‘siga ziyon keltiradigan ma’lumotlar tarqatish;

    • reklamada tovarlarni nojo‘ya solishtirish, axborot berish;

    • raqobatchilarga nisbatan reket, shantaj va hokazolar yordamida zo‘ravonlik qilish;

    • raqobatchining tijorat sirlarini pinhona bilib olish; konfedensial va maxfiy ma’lumotlarni ovoza qilish;

    • tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlarni aldash, noto‘g‘ri axborot berish va reklama qilish.

Firmaning o‘sishini optimallashtirish bo‘yicha raqobat strategiyasi

Tarmoq raqobatbardoshligi mazkur tarmoqda ishlab chiqariladigan tovarning raqobatbardoshligiga bevosita bog‘liq. Korxonalar raqobatbardoshligi tarmoqdagi holatga va uning mavqeiga ta’sir ko‘rsatadi, lekin aynan tovarning raqobatbardoshligi, o‘z navbatida, korxonalarning raqobatbardoshligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan holda ular uchun ham hal qiluvchi omil hisoblanadi. Tarmoq va korxona (firma)ning raqobat jihatdan ustunliklari bir-biriga o‘xshash bo‘lib, ular tashqi va ichki ustunliklarga bo‘linadi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobatbardoshlikni ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotni erkinlashtirish islohotlarning birinchi bosqichida mulkni davlat tasarrufidan chiqarib ko‘p mulkchilikka asoslangan iqtisodiyotni shakllantirish bo‘lsa, undan keyingi bosqichlarida davlatning xususiy tadbirkorlar faoliyatiga aralashmaslik masalasi dolzarb bo‘ldi. Bugungi kunda Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, erkinlashtirish degani-bu qo‘l oyog‘imizni kishan kabi bog‘lab turgan xar qanday to‘siqlardan butunlay xalos bo‘lish degani». Agar har qanday to‘siqlardan butunlay xalos bo‘lsak, biz erkin raqobat asosida rivojlanadigan iqtisodiyotni shakllantirgan bo‘lamiz. Bu esa o‘z navbatida, raqobat va raqobatbardoshlikning naariy va metodologik muammolarini tadqiq qilishni taqozo qiladi.

Raqobatli ustunlikni integral baholashda: tizimli, kompleks va normativ yondashuvlarni qo‘llash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Raqobatli ustunlikni integral baholashning tizimli yondashuv pozistiyasida tizimni ichki tuzilishi va tashqi omillarini alohida baholash talab qilinadi .

Kompleks yondashuvda quyidagi omillarni hisobga olish talab etiladi:



    • texnik (chiqarilayotgan mahsulotni va ishlab chiqarishni texnik darajasi)

    • huquqiy(demokratik o‘zgarishlarni stabilligi)

    • bozor (bozor salohiyati ,raqobat kuchi,ochiqligi,marketing)

    • ilmiy (ilmiy yondoshuvni ko’lamini kengligi va chuqurligi ,iqtisodiy qonunlarni tahlilini chuqurligi )

    • iqtisodiy(rentabellik, barqarorlik, resurslar bilan ta’minlanganligini , moliyaviy instrumentlari)

    • tashkiliy (ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatni tashkil etish va

menejment,logistika ,bozor infrastrukturasini tashkil etish)

    • psixologik va raqobatbardoshlikni ta’minlashning boshqa jihatlar.

Baholashda normativ yondashuvni qo‘llanilishi aniq omillarni monitoringi va normallashtirishni tashkil etishni talab etadi.

Raqobatbardoshlikni baholash aniq iste’molchini aniq tovarga reakstiyasini oxirgi natijasi bo‘yicha amalga oshiriladi, raqobat ustunligini baholash esa investistiyalashning boshlang‘ich bosqichida, biznesni boshlanishida innavatsion va investitsion loyihalarni texnik – iqtisodiy asoslashda amalga oshiriladi. Raqobatli ustunlikni keyingi monitoringini amalga oshishi ishlab chiqarish jarayoni bosqichida va tovarni sotishgacha bo‘lgan logistikasida amalga oshiriladi. Shuning uchun asoslangan qattiq va tartibni siyosat olib borish muhimdir. Ushbu siyosatni amalga oshirish metodlari bo‘lib, hisobga olish, tahlil, raqobatli ustunlikni baholash va normallashtirish hisoblanadi.



Firmaning raqobat strategiyalari bilan quyidagi rasm orqali tanishish mumkin:

Raqobat strategiyasi






Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling