O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti


DDorivor xom-ashyo mahsulotlarini saqlash


Download 7.94 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/117
Sana20.11.2023
Hajmi7.94 Mb.
#1788809
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117
DDorivor xom-ashyo mahsulotlarini saqlash.  
Dorivor o‗simlik xom-ashyo mahsulotlarini saqlash uchun ajratilgan joy 
(omborxonalar) avvalo mahsulotni tashqi ko‗rinishi va ta‘sir etuvchi biologik aktiv 
moddalarni saqlanishini taminlay olishi shart. Dorivor o‗simlik mahsulotlarini 
saqlashda tashqi noqulay omillarning xom- ashyo mahsulotiga salbiy ta‘sir etishi 
inobatga olish lozim. Bunda havoning harorati va nisbiy namligi (me‘yoridan ortiq 
ko‗rsatilishi) hamda quyosh nurining xom ashyo mahsulotiga to‗g‗ridan to‗g‗ri 
ta‘siriga e‘tibor beriladi.
Xom-ashyo mahsulotlarini saqlashda nisbiy namlik 
asosiy va xavfli omil hisoblanadi. CHunki, namligi yuqori bo‗lgan yoki shamol 
aylanishi sust (past) bo‗lgan xonalarda xom- ashyo maxsuloti xavo nisbiy namligi 
hisobiga namlikni o‗ziga tortadi va oqibatda xom- ashyoning namligi ortadi. 
Buning natijasida o‗simliklarda fermentatsiya jarayoni boshlanadi va o‗simlik xom 
ashyosi qiziydi hamda ta‘sir etuvchi moddalar parchalanadi. Mikroorganizmlarni 
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi va mog‗orlanadi. So‗ngra, mog‗orlanish 
(zamburug‗) jarayoni xom-ashyo hujayralariga o‗tadi va xom- ashyoning rangi, 
tami, hidi hamda kimyoviy tarkibi va nihoyat sifati buziladi. Xom-ashyo 
farmatsevtika sanoatida ishlatish uchun yaroqsiz holatga keladi. Bulardan tashqari 
namiqqan dorivor o‗simlik xom-ashyosi turli- xil zarakunandalarni rivojlanishi 
uchun zamin yaratadi. SHuning uchun dorivor o‗simlik xom-ashyolarini 
saqlanadigan omborxonalarda xavoning nisbiy namligi 13% gacha bo‗lishi tavsiya 
etiladi. 
Dorivor o‗simlik xom ashyolarini saqlaydigan joylar (omborxonalar)
vaqtinchalik va doimiy bo‗lishi mumkin. 


64 
Vaqtinchalik saqlash uchun oddiy shiyponlar, omborlar, quruq er to‗lalar 
va bino tom osti joylar mo‗ljallanadi. SHuningdek, og‗ir va ko‗p hajmli dorivor 
o‗simlik hom ashyolari (masalan, shirinmiya, andiz, gulxayri va boshqa o‗simlik 
ildiz va ildizpoyalari) ham to jo‗natgunga qadar maxsulot tayyorlangan joylarda 
ochiq erlarda to‗dalab saqlab turishi mumkin. 
Doimiy 
saqlash 
uchun maxsus jixozlangan omborxonalar ajratiladi. Dorivor o‗simlik xom 
ashyolarini saqlaydigan doimiy joylar- odatda quruq, toza, havo yaxshi aylanishi, 
talab darajasidagi yorug‗lik va haroratga ega bo‗lishi lozim. Doimiy omborxona 
binosi (joyi) betonli- g‗ishtli va yog‗och taxtali, karkasli bo‗lishi mumkin. Agarda 
omborxona binolarda turli-xil yoriqlar paydo bo‗lgan bo‗lsa, u holda ular avval 
suvalanadi tekislanadi va keyin ohak bilan oqlanadi. CHunki, binodagi mavjud 
yoriqlar zararkunandalarni rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Bularni oldini olish 
maqsadida, binolar avval suvaladi va oqlanadi. Agarda omborxona oynalariga 
yorug‗lik to‗g‗ridan-to‗g‗ri tushsa, u holda oynalar oqlanadi, himoya pardalari 
o‗rnatiladi va quyosh nuridan berkitiladi. CHunki, himoya qilinmadigan 
oynalardan tushgan yorug‗lik natijasida xom-ashyoning rangi va sifat 
ko‗rsatkichlari buziladi.
SHu 
bilan birga omborxonalarning xavo harorati va nisbiy namlik darajasiga doimo 
e‘tibor berish lozim. Omborxonalarda havo harorati va nisbiy namlik darajasini 
oshishi 
omborxona 
zararkunandalarini 
rivojlanishiga 
olib 
keladi.
Omborxonalarda havo haroratining yuqori bo‗lishi xom ashyoni me‘yoridan 
ortiq qurishiga va undagi uchuvchan aromatik birikmalarni uchib ketishiga olib 
keladi. Dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlash uchun omborxona harotati 10-
12
o
C bo‗lishi maqsadga muvoqdir.
Xom-ashyolar 
omborxonalarda 
qadoqlangan xolatda saqlanadi va alohida belgilangan rastali joylarga qo‗yiladi. 
Aloxida belgilangan rastali joylar yog‗och taxtalardan yasaladi. Rastalarning 
(so‗rilar, peshtaxtalar, polkalar) balandligi 4m. gacha, eni 1,5 m bo‗lishi, 
devorgacha masofa 25 sm, so‗rilarning o‗zaro oralig‗i 50 sm va erdan (pol) 
balandligi 15-20 sm dan kam bo‗lmasligi talab etiladi. Omborxona rastalarining 
(peshtaxtalar, polkalar) bunday talablar asosida o‗rnatilishi nafaqat yon atroflardan, 
balki, pastki tomondan ham to‗siqsiz shamol aylanishini ta‘minlaydi.
Dorivor 
o‗simlik 
xom-ashyo 
maxsulotlarini omborxonalarda ularni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
guruhlarga bo‗linib joylashtiriladi va saqlanadi. 
Har bir dorivor mahsulot ustiga yorliq (birka) osib qo‗yiladi. YOrliqqa 
mahsulot nomi, qachon, qaerda, kim tayyorlagani, omborga qachon keltirilgani 
yozilgan bo‗ladi. 
1) 
Zaharli xom- ashyo mahsulotlarni alohida ro‗yxat-(A) ostida maxsus 
qulьf o‗rnatilgan xonalarda saqlanadi. 
2) 
Kuchli ta‘sir etuchi o‗simlik maxsulotlarini (masalan, bellodona, 
angishvonagul, begoniya, bangidevona va boshqalar) ham alohida–(B) ro‗yxat 
ostida maxsus qulьflar o‗rnatilgan xonalarda alohida saqlanadi. 
3) 
Xushbo‗y hidli xom-ashyo, efir moyi saqlovchi (masalan, yalpiz 
bargi, asarun ildizi, rayxon va boshqalar) hidsiz o‗simliklardan ajratilgan holda 


65 
alohida saqlanadi. CHunki, o‗tkir va xushbo‗y hidli o‗simliklardan taralgan hidlar 
hidsiz o‗simlik hom-ashyolariga o‗rnashib qolishi mumkin. Xushbo‗y hidli va tez 
maydalangan gullar (masalan, moychechak, jo‗ka guli va boshqalarni) maydalanib 
ketishi va hidini tarqalishini oldini olish maqsadida, ularni qog‗oz to‗shalgan 
hamda yaxshi berkitiladigan yashiklarda saqlash maqsadga muvofiqdir.
4) 
Gigroskopik maxsulotlar ya‘ni, ochiq havodan namlikni o‗ziga 
oluvchi xom- ashyo to‗liq quritib bo‗lgandan so‗ng og‗zi yaxshi yopiladigan va 
qog‗oz to‗shaladigan temirli idishlarda yoki shishali og‗zi yopiladigan idishlarda 
saqlanishi lozim. 
Zaxira oziqa moddalariga boy va tez buzilish xususiyatiga ega bo‗lgan 
xom-ashyo maxsulotlarini (masalan, qoqio‗t ildizi, bo‗yoqdor ro‗yan ildizi) yaxshi 
shamol esadigan joylarda qoplarga solib, tez-tez tekshirib turib saqlanishi talab 
etiladi.
Xo‗l 
mevalar- maymunjon, malina, qulupnay va boshqalarni odatda to‗g‗ri shamol 
esadigan joyda qoplarga solinib saqlash tavsiya etiladi. Xom- ashyo maxsulotlarini 
bunday saqlanishi natijasida ular kamroq zararkunandalar bilan zararlanadi. 
Agarda, xom-ashyolar yopiq temir idishlarda saqlansa, ularni zararlanishi tez 
amalga oshadi. 
Dorivor o‗simlik hom ashyolari saqlanadigan 
omborxonalarda xar doim tozalikka rioya qilish talab etiladi. YA‘ni, ma‘lum bir 
ko‗zlangan ishlar bajarilgandan so‗ng chiqindilardan tozalash, supirish va 
rastalardagi changlarni artish hamda ba‘zan qoldoqlardan tushib qolgan dorivor 
o‗simlik xom- ashyo maxsulotlarini olib tashlash lozim bo‗ladi. Bunday tozalik 
ishlari har kuni amalga oshirilishi lozim. CHunonchi, changlar va turli joylardagi 
o‗rgimchak uyalari nafaqat omborxonalarni tozaligiga zarar etkazadi, balki 
omborxona zarakunandalarini (zamburug‗ va kemiruvchilar) rivojlanib ketishi 
uchun ijobiy muhit bo‗lib hisoblanadi. 
Odatda 
dorivor 
o‗simlik xom-ashyolarini saqlaydigan omborxonalar har 2 oyda 1 marta kapital 
tozalanadi. Bunda, omborxona shiftlari, yon atrof devorlari va yo‗laklari tozalab 
sipiriladi va artiladi. Rastalardagi dorivor xom-ashyolar vaqti-vaqti bilan 
tashqariga olib chiqilib shamollatiladi va quritiladi. SHundan so‗ng belgilangan 
tartibda yana qaytadan joyiga olib kirgiziladi.
SHuni ham alohida ta‘kidlash joizki, yuqorida ko‗rsatib o‗tilgan ishlarni 
bajarishda omborxona ishchi xodimlaridan yong‗in xavfsizligini qoidalariga to‗liq 
rioya qilishi talab etiladi. Bunda omborxona xududi atrofida chiqish va olov yoqish 
qat‘iyan man etiladi. SHu bilan birga omborxonada ―yong‗in xavfsizligi‖ burchagi 
tegishli jihozlar bilan to‗liq taminlanadi. 
Etarlicha jihozlangan va quruq omborxona binolarida aksariyat dorivor 
o‗simlik xom ashyolari uzoq muddat o‗zining asl sifatlilik holatini saqlaydi. 
Ammo, ayrim xom-ashyo (masalan, bangidevona, mingdevona, bellodona va 
boshqalar) mahsulotlari har-chand omborxonalar etarlicha jixozlanishiga qaramay, 
ularda ta‘sir etuvchi moddalar vaqt o‗tishi bilan qisman pasayib borishi mumkin. 
SHuning uchun bu o‗simlik xom-ashyolarini xar yili (sifat ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha) farmatsevtik maqsadda tekshiruvdan o‗tkazib turilishi zarur bo‗ladi.


66 
Dorivor mahsulotlarning saqlash muddati tugugunidan so‗ng tarkibidagi 
ta‘sirchan kimyoviy birikmalar miqdori yoki ta‘sir etish kuchi aniqlanadi. Tahlil 
natijasi standart talabiga to‗g‗ri kelmasa, mahsulot foydalanishdan chiqorib 
yuboriladi. SHuningdek, dorivor mahsulotlarni saqlash davrida biror nuqson 
sezilsa, u holda ham dorivor o‗simlik xom ashyo mahsulotlarini saqlash 
muddatidan qat‘iy nazar ular tezda tahlil qilinadi va zaruriy choralar ko‗riladi. 
Dorivor o‗simlik xom-ashyolarini saqlash muddati Davlat standarti 
(GOST) va Farmakopeya standarti (FS)tomonidan belgilanadi. Odatda, 
omborxonalarda dorivor o‗simlik xom-ashyolari butun holda saqlanadi. 
Dorixonalarda esa, dorivor o‗simlik xom-ashyolari va ulardan tayyorlangan 
yig‗malar, aralashmalar yopiq taxtali yashiklar yoki temir bankalarda maydalangan 
hollarda saqlanadi. Dorixonalarda xom- ashyo mahsulotlarini bunday holda 
saqlanishi ulardan zudlik bilan turli-xil dorilarni tayyorlash va sotish uchun 
qulayliklarni taminlaydi. 

Download 7.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling