O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti


Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatiladi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana06.08.2020
Hajmi0.73 Mb.
#125621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
pedagogika tarixi va goyalari


Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o’rgatiladi: 
fransuz  tili  va  adabiyoti,  chet  tili  (ingliz,  nemis,  ispan,  italyan  tillari),  tarix, 
Fransiya geografiyasi, matematika , tibbiy fanlar. 
Shunday  qilib  6-5-sinflar  umumiy  o’rta  ta’lim  beradi:  4-3-sinflarda 
o’quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi. 
Birinchi  bosqich  yakunlangach,  o’quvchilar  kasbiy  yo’nalishlari  bo’yicha 
guvohnoma oladilar. 
Shundan keyin o’quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta’lim oladilar. O’qish 3 
yil davom etib 2-sinf kichik, 1-sinf o’rta va yakunlovchi sinflarga bo’linadi. 
O’quvchilar umumiy ta’lim va texnik liseylarni tugattanlaridan so’ng bakalavr 
unvoni  va  diplom  ish  uchun  imtihon  topshiradilar.  Ana  shunday  diplomga  ega 
bo’lganlargina oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini qo’lga kiritadilar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

116 
 
Fransiyada  talablar  pedagogika,  poitexnika  instituti,  oliy  ma’muriy 
maktablarga  kirish  uchungina  imtihon  topshiradilar.  Bundan  tashqari  shu  kasbga 
moyilligi ham alohida sinab ko’riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa 
bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi. 
Fransiyada  oliy  ma’lumot  va  ixtisos  beruvchi  oliy  texnologik  institutlar 
mingdan  ortiq.  Ular  odatda  sanoat,  maishiy  xizmat  ko’rsatish,  informatika 
mutaxassisliklariga  ixtisoslashgan.  o’qish  muddati  2  yil  bo’lib,  sakkiz  xaftalik 
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi. 
Sirtqi  ta’lim  shoxabchalari  juda  keng  bo’lib,  u  500  turdagi  o’rta,  oliy 
professional ma’lumot berishni tavsiya eta oladi. 
Fransiyada  maktab  rahbarligi  lavozimiga  erishmoq  uchun  ta’limga  rahbarlik 
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda ular 
rahbarlik  qilish,  maktab  iqtisodiyotini  boshqarish,  ta’limdagi  yuridik  masalalar, 
qonunchilik,  ota-onalar  bilan  ishlash,  madaniy  oqartuv  ishlarini  tashkil  etish, 
jamoada  yaxshi psixologik  muhitni  barpo  etish kabi  jihatlarni  o’rganadi. O’qishni 
yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar. 
Direktor  dars  bermaydi.  Uning  ish  faoliyati  ikki  yil  davomida  diqqat  bilan 
kuzatib boriladi. Aksariyat hollarda direktorlar maktab qoshidagi uyda yashaydilar. 
Shu  ikki  yil davomida  maktab direktori  talantli, tashkilotchi,  yetuk  rahbar sifatida 
faoliyat ko’rsata olmasa, u yana qaytarilib o’qituvchilikka o’tkaziladi. Direktor 65 
yoshdan so’ng umuman ishlamaydi. 
O’qituvchilarni  ishdan  olishni  maktab  direktori  amalga  oshirmaydi.  Yaxshi 
ishlamaydigan  o’qituvchilarni  direktor  tavsiyasiga  muvofiq  ta’lim  inspeksiyasi 
tomonidan  taftish  qilinadi.  Uning  intizomi,  o’qituvchilik  faoliyati,  bolalar,  ota-
onalar o’rtasidagi obro’si diqqat bilan o’rganiladi va tegishli chora ko’riladi. 
Maktab  o’qituvchilariga  qo’yilgan  talab  Fransiyada  o’ta  yuqori.  Ayniqsa, 
boshlang’ich  maktablarda  o’qituvchi  o’z  kasbining  ustasi,  ajoyib  notiq,  san’atkor, 
musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor egasi bo’lmog’i lozim. 
O’qituvchilar  o’z  nazariy-uslubiy  malakalarini  oshirishga  katta  ahamiyat 
beradilar.  Malaka  oshirish  kurslaridan  o’tish  uchun  aniq  muddat  belgilab 
qo’yilmagan. Vaqti-vaqti bilan o’qituvchilar o’z ixtiyorlari bilan test markazlarida 
imtihon  topshiradilar.  Shu  imtihonlar  davrida  o’qituvchi  faoliyatida  ayrim 
nuqsonlar sezilib,  malaka oshirishga ehtiyoj aniqlansa, o’z vaqtlari  va  mablag’lari 
hisobiga malaka oshiradilar. 
Ta’kidlab  o’tish  joizki  ,  Germaniyaning  bozor  iqtisodiyotga  o’tish  yo’li 
bizning  Respublikamizdagiga  o’xshab  ketadi.  Ikki  German  davlati  birlashgandan 
keyin  sobiq  Germaniya  Demokratik  Respublikasida  ta’limni  isloh  qilish  bo’yicha 
olib borilayotgan ishlar ham bizning sharoitimizga maqbul keladi. 
Germaniyaning  hozirgi  davr  maorifidagi  asosiy  muammosi  sobiq  GDRdagi 
ta’limni bir xil milliy me’yorga solishdan iboratdir. 
Avvalambor  shuni  ta’kidlash  kerakki,  Germaniyada  ta’lim  davlat  va  jamiyat 
tomonidan  ardoqlanayotgan  soha  bo’lib,  u  mamlakatning  iqtisodiy  jihatdan 
taraqqiy ettan mamlakatlar ichida kuchli oltilikka kirgan. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

117 
 
Germaniya  ta’lim  tizimlarining  bayoni  quyidagicha:  Germaniyada  ta’lim 
tizimi: Maktabgacha tarbiya tizimi Germaniya ta’lim tizimida ham muhim bosqich 
hisoblanadi. Uning 100 yildan ortiq tarixi bor. Bolalar bog’chalari ta’limning quyi 
bosqichi  hisoblansada,  lekin  u  davlat  tizimi  tarkibiga  kirmaydi.  Bog’chalarni 
mablag’  bilan  ta’minlash  turli  jamoat  tashkilotlari,  xayriya  birlashmalari, 
korxonalar,  hususiy  shaxslar,  diniy  muassasalar  zimmasidadir.  Ota-onalar  bolalar 
bog’chalariga  o’z  farzandlarini  tarbiyalanganliklari  uchun  ancha  miqdorda  pul 
to’laydilar.  3  yoshdan  6  yoshgacha  bolalarning  80%  bog’chalarga  qatnaydi. 
Germaniyada  odatda  bolalar  bog’chada  tushgacha  tarbiyalanadilar.  Kunning 
yarmida  esa  uyda,  oilada  bo’ladilar.  Germaniyada  kuni  uzaytirilgan  bog’chalar 
ham bor. 
Majburiy  ta’lim  6  yoshdan  18  yoshgacha  bo’lgan  bolalarga  tegishli.  Bu 
jarayon 12 yil davom etadi. Bundan 9 yillik (ba’zi joylarda 10 yil)  maktabda to’la 
haftalik  o’qishni  bitiradi,  keyin  hunar-texnika  bilim  yurtida  to’la  bo’lmagan 
haftalik o’qishda o’qiydi. O’qish davlat maktablarida tekin. Maktab o’quvchilariga 
o’quv  qo’llanmasi,  asosan  darsliklar  tekin  ta’minlanadi.  hususiy  maktablar  ozroq. 
O’qish 6 yoshdan boshlanib, 4 yil davom etadi (faqat Berlinda 6 yil). Boshlang’ich 
maktabdan so’ng o’quvchilar yo’nalish bosqichidagi maktabga o’tadilar. Bu yerda 
5-6  sinf  bosqichdagi  yo’nalish  maktablarda  maxsus  dastur  asosida  o’qiydilar. 
Keyin navbatdagi maktab tipiga ko’chadilar: 
Bular:  asosiy,  maxsus  maktab,  real  bilim  yurtlari.  Deyarli  30%  bola  asosiy 
maktabga o’tadi. 9 yoki 10 yillik o’qish tugatilgandan keyin kasbiy tayyorgarlikka 
o’tiladi.  Maxsus  maktablarda  nuqsonga  ega  bo’lgan  bolalar  o’qiydi.  Real  bilim 
yurtlari asosiy maktab va yuqori maktabi o’rtasida turadi. Qoidaga ko’ra bu yerda 
o’qish  b  yil  davom  etadi  (5-10  sinfgacha)  va  to’la  ma’lumot  berish  bilan 
tugallanadi.  Bilim  yurtini  tugatganlar  o’rta  maxsus  o’quv  yurtiga  yoki  yuqori 
bosqichdagi  hunar-texnika  maktabiga  kirib  o’qish  huquqiga  ega  bo’ladi. 
Germaniyada gimnaziyalar ham mavjud. Ular 5-13 sinflarni o’z ichiga oladi. 11-13 
sinflar oliy o’quv yurtlariga tayyorlash vazifasini ham bajaradi. 
Gimnaziyani  bitirganlik  haqidagi  yetuklik  attestati  oliy  o’quv  yurtida  o’qish 
imkonini beradi. Germaniya ta’limi tizimida hunar ta’limi muhim ahamiyatga ega, 
chunki  yuqori  malakali  ishchilarga  bo’lgan  talab  kuchlidir.  To’liqsiz  o’rta 
maktabni 
bitiruvchilarning 
(9-10 
sinflar) 
79%, 
to’liq 
o’rta 
maktabni 
bitiruvchilarning  esa  20%  hunar  ta’limi  tizimida  bilim  olishni  davom  ettiradilar. 
Aksariyat  hollarda o’qish  muddati 3-3,5  yilni tashkil etadi. o’qish  uch bosqichdan 
iborat  bo’lib,  birinchi  yili  asosiy  hunar  ta’limi  beriladi.  Bunga  o’qitilayotgan 
kasbga  taalluqli  maxsus  fanlardan  nazariy  asoslash  berilib,  yirik  korxonalarda 
amaliy  mashg’ulotlar  o’tkaziladi.  Ikkinchi  yil  davomida  maxsus  hunar  ta’limi 
beriladi.  O’quvchining  birinchi  yilda  ikkinchi  yilga  o’tish  sinov  imtihonlari 
o’tkazilib o’qishni davom ettiruvchi yoshlar tanlab olinadi. Uchinchi yil davomida 
maxsus hunar ta’limi yanada chuqurlashtirilib boriladi. Bitiruv imtihonlari maxsus 
komissiya  tomonidan  qabul  qilinadi.  Komissiya  a’zolari  korxonalarning  yetakchi 
mutaxassislari,  fideral  yerlardagi  sanoat  palatasi,  hunarmandchilik  palatasi 
vakillaridan  tashkil  topadi.  hunar  maktablarining  diplomlari  oliy  o’quv  yurtlariga 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

118 
 
kirish  uchun  huquq  bermaydi.  Buning  uchun 1  yillik tayyorlov kurslarini tugatish 
talab etiladi. O’qishga qabul qilish imtihonsiz maktab ta’limi to’g’risidagi hujjatga 
asosan amalga oshiriladi. 
Oliy maktab o’z-o’zini boshqarish huquqiga ega. Oliy o’quv yurtini shtatdagi 
rektor  yoki  bir  necha  yilga  saylangan  Prezident  boshqaradi.  O’z-o’zini 
boshqarishda vazifalari ayni shu taqsimlab berilgan bir necha guruhlar bosqichma-
bosqich ishtiroki tamoyiliga amal qilinadi. Uning tarkibiga professor-o’qituvchilar, 
o’quvchilar,  ilmiy  xodimlar  va  boshqa  xodimlar  kiradi.  Talabalar  o’qishi  erkin 
tashkil etilgan. Ko’p sonli o’quv bosqichlari bilan birga o’quv rejalari taklif etiladi. 
O’qishga  xaq  to’lanmaydi.  Agar  talaba  yoki  ularning  ota-onalari  oziq-ovqat 
xarajatlarini  ko’tara  olmasa  o’qish  uchun  moliyaviy  yordam  ko’rsatish 
to’g’risidagi  federal  qonunga  ko’ra  ular  moliyaviy  yordam  oladilar.  Bu 
yordamning  yarmi  stipendiyaga  qo’shib  berilsa,  ikkinchi  yarmi  qarz  tariqasida 
beriladi. 
Mamlakatda  ta’limni  isloh  qilish  masalasi  ko’pdan  buyon  muhokama 
qilinmoqda,  bunda  o’quv  jarayonini  qisqartirish  taklif  qilinmoqda.  Hozir 
universitetlarda  talabalar  7  yil  o’qiydi.  Ular  o’qishga  kirganlariga  qadar 
korxonalarda  bir  necha  yil  ishlashlari  yoki  bundesverda  xizmat  qilishni  hisobga 
olsak,  talabalar  haqiqiy  mehnat  faoliyatlarini  ancha  kech  boshlayotganligini 
tushunamiz. 
Shuni  ta’kidlash  lozimki,  Germaniya  ta’limi  o’ziga  xos  yo’nalishga,  juda 
murakkab  tizimga  ega.  Mamlakatda  har  qaysi  maktab  tipi  uchun  maxsus 
tayyorlangan  o’qituvchilar  bor.  Ularning  hammasi  oliy  maktabni  tugatgan 
bo’lishlari  shart.  Boshlang’ich  va  asosiy  maktabning  bo’lajak  o’qituvchilari  olti 
semestr  o’qiydilar.  Real  maktab,  maxsus  maktab,  gimnaziya  va  hunar-texnika 
bilim  yurtlarining  o’qituvchilari  ancha  uzoq  muddat  o’qishlari  kerak.  O’qish 
tamomlangandan  keyin  o’qituvchilikka  nomzodlarning  hammasi  imtihon 
topshiradilar. Keyin maktabda pedagogik amaliyot o’tkazadilar va ikkinchi imtihon 
topshiradilar.  o’qituvchi  lavozimiga  ega  bo’lgandan  keyin,  qoidaga  ko’ra  umrbod 
lavozimga tayinlanadi. 
Quyidagi  holatga  e’tibor  qarataylik.  Bo’lajak  o’qituvchilar  3  yil 
o’qiganlaridan  keyin  real  sharoitdagi  maktabda  ikki  yillik  pedagogik  amaliyotdan 
o’tadilar, haftasiga 10-12 soatdan dars beradilar. 
Bu  davrda  ularga  maxsus  murabbiylar  belgilanadi,  bu  murabbiylar  ularning 
faoliyatini  nazoratda  tutadilar,  amaliyot  tugagandan  keyin  shogirdlariga  tegishli 
tavsifnomani  beradilar.  Shundan  keyin  maktab  kengashi  yuqori  tashkilotlar  bilan 
birgalikda  bo’lg’usi  o’qituvchilardan  imtihon  oladi  va  ularning  kelgusi  ishlarini 
baholab,  tegishli  tavsiyalar  beradilar.  Bu  jarayonning  yana  o’ziga  xos  tomoni 
shundaki,  imtihon  va  tavsiyalardan  keyin  bo’lg’usi  o’qituvchi  bir  yilga  sinov 
muddati bilan ishga olinadi. Bu sinov muddatini muvaffaqiyatli o’tgandagina unga 
o’qituvchi  martabasi  beriladi.  Amaliyotchi-talabalar  qo’yilgan  talablarni  bajara 
olmasa  maktabga  qo’yilmaydi.  Uning  ustiga  attestasiyadan  o’tkazish  va  lisenziya 
berish  keng  rasm  bo’lganligini  e’tiborga  olsak,  o’qituvchi  doim  o’z  malakasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

119 
 
oshirib  borishga  majbur  bo’ladi,  aks  holda  u  o’qituvchilik  lavozimidan  mahrum 
bo’lishi mumkin. 
Rivojlangan  xorijiy  davlatlardagi  ta’lim-tarbiya  va  maktab  haqida  yuqorida 
bayon  qilingan  eng  yaxshi  tajribalarni  o’z  ta’lim  tizimidagi  o’zaro  ta’lim 
tizimlarimizda  joriy  qilish  Respublikamiz  o’z  mustaqilligini  qo’lga  kiritgandan 
keyin boshlandi. Bu sohada bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, 
xorijiy  davlatlarning  O’zbekistondagi  elchixonalari  amaliy  yordam  bermoqdalar. 
Respublikamizdagi  ta’lim  muassasalari  ta’limni  takomillashtirish  bo’yicha  xorijiy 
davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar. 
Respublikamiz Oliy  majlisining 1 - chaqiriq 1X-sessiyasida ta’limga oid ikki 
muhim  hujjat  -  «Ta’lim  to’g’risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash  Milliy 
dasturi»ning  qabul  qilinishi  mamlakat  ta’limini  jahon  andozalariga,  rivojlangan 
xorijiy  davlatlardagi  ta’lim-tarbiya    va  maktab  saviyasiga  olib  chiqishda  ulkan 
voqyea bo’ldi. 
Bizning maktabimiz jahonda eng ilg’or maktablar bo’lib qolishiga Respublika 
rahbariyati  va  hukumati  tomonidan  hamma  shart-sharoit  yaratilmoqda.  Bizning 
ta’lim tizimimiz ham jahonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli 
ham  AQSh,  Yaponiya,  Germaniya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya  kabi  rivojlangan 
mamlakatlar  ta’limining  ustalari  bilan  o’tkazilgan  uchrashuvlar  va  muloqotlarda 
Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baho berildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi 
kunda  eng  muhim  vazifa  -  mustaqil  O’zbekistonning  hozirgi  ta’lim  tizimlarini 
istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari 
bilan  boyitish,  chet  el  pedagogikasidagi  ilg’or  jihatlarni  o’zlashtirish,  yangi-yangi 
samarali o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari 
darajasiga  olib  chiqishdir.  Buning  uchun  esa  bizning  iqtisodiy  rivojlangan  xorijiy 
davlatlardagi  quyidagi  ilg’or  tajribalarni  ta’lim  tizimimizda  qo’llay  bilishimiz 
maqsadga muvofiqdir. Chunonchi : 
Agar biz AQSh pedagogikasidagi: 
a)  bolani o’z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
b)  o’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish  
uchun kurash; 
v)  bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g’ururini yerga 
urmaslik; 
g)  o’quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish; 
d)  Vataniga faxr va iftixor ruhida tarbiyalash va x.k 
Yaponiya ta’limidagi: 
a)  bolani maktabga puxta tayyorlash 
b)  kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar mas’uliyatini 
kuchaytirish; 
v)  o’quvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan 
e’tibor; 
g)  o’qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; 
d)  yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

120 
 
Germaniya ta’limidagi: 
a)  tabaqalashtirib o’qitishga berilayotgan jiddiy e’tibor; 
b)  o’quvchilarning mehnat ta’limini mustahkamlash; 
v)  kasbga yo’naltirish. 
Fransiya ta’limidagi: 
a)  maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish; 
b)  boshlang’ich ta’limni uch bosqichda puxta amalga oshirish; 
v)  o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayotgan katta e’tibor; 
g)  o’quv  muassasalarining  turli  firmalar,  konsernlar,  korxonalar  mustahkam 
aloqalari  va  boshqa  ibratli  jihatlar  bizning  ta’limga  ham  ko’chsa,  bizning 
pedagogikamiz olg’a qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi. 
Albatta,  ta’limga  har  qanday  yangilik,  o’zgartirish  jiddiy  tahlillar,  tajribalar 
asosida  kirib  keladi.  «Zo’rlab  tiqishtirish»  bizning  uslubiyot  emas.  Ayni  paytda 
ta’limni bir saviyada qotib qolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli ham, 
har bir pedagog, har bir tadqiqotchi  maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, 
yurtim  deb  kuyib  yonadigan  bo’lmog’i,  «o’z  shaxsiy  manfaatlarim  uchun  davlat 
menga  nima berdi deb emas, balki  men davlat  ravnaqi  uchun  nima qildim» degan 
mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak. 
 
Nazorat savollari : 
1.  Rivojlangan  xorijiy  davlatlardagi  ta’lim-tarbiya,  maktab  va  maorif 
taraqqiyotining asosiy yo’nalishlarini sharhlab bering ? 
2.  Iqtisodiy  rivojlangan  xorijiy  mamlakatlardagi  «ta’limni  tabaqalashtirish» 
usullarini izohlab bering ? 
3.  AQSh da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega ? 
4.  AQSh  ta’lim  tizimi  qanday  xususiyatlari  bilan  O’zbekiston  ta’lim 
tizimidan farq qiladi ? 
5.  Yaponiya  ta’limining  shakllanishi  va  uning  o’ziga  xos  xususiyatlarini 
ko’rsating. 
6.  Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab bering? 
7.  Yaponiyada o’qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang ? 
8.  Fransiya ta’lim tizimini ilg’or jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi ? 
9.  Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering ? 
10. 
Rivojlangan  xorijiy  davlatlar  va  mustaqil  O’zbekiston  Respublikasi 
ta’lim tizmidagi o’zaro uyg’unlik jarayonini izohlang? 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling