O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi
Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari
Download 1.81 Mb.
|
6 Turizm marketingi (u.q.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turizmda marketing vazifalari
Mavzu 1. “Turizm marketingi” fani, uning maqsadlari va vazifalari
1.1. Fanning maqsadlari va vazifalari 1.2. Marketing funksiyalari Fanning maqsadlari va vazifalari Turizmda marketingni tizim sifatida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, albatta uning ma’lum tarkibiy qismlari: maqsadlari, vazifalari va funksiyalarni hisobga olishimiz kerak. Ularning o‘rtasida bo‘lgan o‘zaro aloqani va o‘zaro ta’sirini ajratib va o‘rganib, turistik korxonaning marketing konsepsiyasini amalga oshirishning asosiy chegaralarni ko‘rsatish mumkin. (rasm 1.1.). Turizm marketingi maqsadlari – uning yakunida erishadigan narsasidir. Marketingning bosh maqsadi – korxonaning faoliyat yuritish jarayonida foydaning eng yuqori hajmini ta’minlash. Bunda talabni qondirishi maqsadga erishishning omili bo‘ladi. Turizm marketingining asosiy maqsadlari qo‘yidagilardir: Talab harakatiga egiluvchan tarzda javob beri shva mavjud resurslarni oqilona ishlatishga binoan aniq turistik mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi ma’qul nisbatni ta’minlash orqali iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish. Mahsulot turlanishini rag‘batlantirish, anglash va takomillashtirish hamda yaratiladigan mahsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etish orqali bozor ulushini (qismini) egallab olish. Turistik xizmatlarni ishlab chiqarishda rentabellikning barqaror o‘sishini ta’minlash. Turizmda marketing vazifalari – turistik korxonaning maqsadlariga erishish uchun sharoitlar yaratib berish. Turizm marketing vazifalari odatda turizm sohasi korxonalarining marketing vazifalaridan kelib chiqqan holda ularni oydin qiladi. Marketingning muhim vazifasi imkon boricha firmaning faoliyatida barqarorlikni, strategik maqsadlarni rivojlanishida va erishishda rejalashtirishga buysinishni ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Agar xizmatlar sohasida paydo bo‘ladigan xususiy muammolarga e’tibor bermasa, turizm marketingi vazifalarning uchta guruhini ajratish mumkin: Bozorni, talabni, iste’molchilar didi va xohishini puxta va har tomonlama o‘rganish asosida bozorga chiqish, shu talablarga javob beruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish; Xizmatlar ishlab chiqaruvchining bozor izmini oshiruvchi bozor munosabatlarning ijtimoiy – iqtisodiy samarasini oshirishi va ularning eng ma’qul darajasiga erishish, xizmatlar turlanishini doimo kengaytirish, yangi bozorlar (bozor segmentlar) ni faol qidirish, mavjud bo‘lgan bozorlarni kengaytirish. Barcha mavjud bo‘lgan vositalar yordamida hayotga marketing xizmatlar rejasini uzluksiz tadbiq etish asosida iste’molchilar va bozorga ta’sir etish, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarni oldingi siljitishning asoslangan va samarali siyosatini yaratish.
Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling