Kon’yukturani prognozlarning asosiy ob’ektlari, bu:
firma o‘z mahsulotini sotadigan bozor hajmining o‘lchami va harakatchanligi;
tovar (firma) ulushi.
Bozor tahlilida muhim o‘rinni bozor hajmi aniqlanishi egallaydi, chunki tahmin etiladigan talab hajmi rejalashtirish jarayonini bosh nuqtasi bo‘lib hisoblanadi.
Turistik bozor hajmi – turistlik mahsulotini «yutish» qobiliyati, ya’ni ma’lum davr ichida (odatda, bir yil) mavjud bo‘lgan narx va takliflar asosida alohida turlar, turizm xizmatlar sotishning imkoniy hajmi.
Turistlik bozor hajmi aholi to‘lov qobiliyati hajmi, narxlar darajasi va turistlik taklif hajmiga bog‘liq.
Turistlik bozorning salohiyatli va haqiqiy hajmini ajratish kerak. Bozorning salohiyatli hajmi mavjud xizmat turiga bo‘lgan to‘lov qobiliyati bilan aniqlanadi; haqiqiy hajmi esa ma’lum davr ichida sotilgan xizmatlar hajmi bilan.
Bozor hajmi va o‘zagrish yo‘nalishlari to‘g‘risida axborotga ega bo‘lgan firma u yoki bu bozorning afzalligini baholash imkoniga ega bo‘ladi. Agar bozor hajmi kichik bo‘lsa, bozorga kirish va unda faoliyat yurgizish harajatlari qoplanmasiga mumkin. Inobatga olish kerakki, agar bozor hajmi katta bo‘lsa, demak bunday bozorda kuchli raqobat, raqiblar xizmatidan iste’molchilar yuqori darajada minnatdor bo‘lishi hamda boshqa omillar ta’sirini hisobga olgan holda u yoki bu bozorni tanlash yechimini ehtiyojlik bilan qabul qilish kerak.
Marketing tadqiqotlar amaliyotida boshqa ko‘rsatkich bozorni ulushi ham keng qo‘llanilmoqda. U turistlik korxona xizmatlarni sotish hajmining berilgan bozorning salohiyatli hajmiga bo‘lgan nisbatidir.
Bozor umumiy ulushi
bu yerda,
K – (iste’molchilar kelishi) – foizda hisoblangan iste’molchilar soni, haridorlarning umumiy miqdoriga nisbatan kompaniyada tovarni harid qiluvchilar soni;
B – betaraflik (iste’molchilar betarafligii) – barcha kompaniyalarda haridlar umumiy soniga kompaniyada bo‘lgan haridorlar soni nisbati (foizda);
R – iste’mol qulayligi – tarmoqdagi o‘rtacha kompaniyada o‘rtacha haridlarda foiz hisobida olingan kompaniyada haridning o‘rtacha miqdori.
N – narx qulayligi – barcha kompaniyalarning o‘rtacha narxidan foiz hisobidan olingan kompaniyadagi o‘rtacha narx.
Turistlik bozorni oldindan o‘rganish (prognozlash) turistik firma strategik marketingning muhim qismi hisoblanadi. Talabni prognozlash xizmatlarni ostishda bo‘lgan talabni oldindan bilishga imkon beradi. Aniq miqdoriy prognozga ega bo‘lgan firma eng ma’qul savdo strateiyasini yaratishi mumkin, chunki firmani strategik maqsadlarga erishishiga eng aniq va rejalashtirilgan holda qaratilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |