O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Mavzu 4. Turistik korxonalar marketingining rivojlanish tendensiyalari


Download 1.81 Mb.
bet28/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

Mavzu 4. Turistik korxonalar marketingining rivojlanish tendensiyalari
Reja:
4.1. Turistik korxonalar marketingining rivojlanish tendensiyalari.
4.2. Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari.


4.1. Turistik korxonalar marketingining rivojlanish tendensiyalari.

Turistik korxonalar turizm rivojlanishida muhim rolni o‘ynaydi. Ekspertlar baholari bo‘yicha ko‘pgina mamlakatlarda barcha turistlarning 40 % ga yaqini o‘z sayohatlarini turfirmalar uchun xalqaro va ichki yurishlarni, xizmatlar muhim yig‘masini (yashash, ovqatlanish, sayohatlar) hamda boshqa turistik opreatsiya (sug‘urtalash, xorijiy vizalarni olish va h.k.) larni ta’minlaydilar.


Turistik firma o‘z asosiy faoliyati mazmuni va mohiyati bo‘yicha iste’molchi (turist) va turistik turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchi (mehmonxona, transport, restoran) o‘rtasida vositachi rolini o‘ynaydi (4.1-rasm).


4.1.-rasm. Turistik firma turist va turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchi o‘rtasida vositachi sifatida.

Mumtoz variantdagi turoperator bu turistik mahsulotning shakllanishi, harakati va sotilishi bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firma. Turagent, bu – turistik mahsulotning harakati va sotilishi bilan shug‘ullanuvchi firma. Bu tushunchalar bir-biridan faqat bitta narsa bilan farqlanadi – turoperator turagentga nisbatan turistik mahsuloti shakllanishi bilan shug‘ullanadi. U asosiy va qo‘shimcha turistik xizmatlarni tanlaydi, ularni bir xil narxdagi xizmatlarning standart paketiga oldindan mujas-samlashtiradi, buning natijasida turistik safarni tashkil qiladi.


Bozordagi turoperatorning vazifalari ulgurji savdo korxonalar faoliyati bilan amalda bir xil bo‘ladi. U turistik soha korxonalarning (mehmonxona, restoran va h.k.) xizmatlarini katta hajmda sotib oladi, ulardan turlarning shaxsiy dasturlarni to‘playdi va dallol (turagent) orqali yoki bevosita o‘zi iste’molchilarga sotadi (4.2-rasm).




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling