K.Mager, XX asrda – P.Natorp (20-yillar), E.Bornemann, F.SHliper (60-yillar), D.Pegeler (80-yillar) va boshqalar bo‘lgan.
Paul Natorp (1854-1924) ijtimoiy pedagogkani umumiy pedagogikaning bir qismi, ob’ekti
sifatida qaraydi.
“Ijtimoiy pedagogika” termini 1844-yili K. Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq ilmiy munozaraga kiritilgan va keyinchalik A.Disterverg tomonidan tarqatilgan.
Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina XX asrda keng qo’llanilgan ijtimoiy pedagogika atamasi fanga kiritildi.
Aynan Shu vaqtdan ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining uchinchi bosqichi boshlanadi. XX asr inson sivilizatsiya tarixiga ilmiy-texnikaviy inqiloblar asri sifatida nom qoldirdi. Fan ishlab chiqarish ob’ektidan iqtisodiy va madaniy sohaning yetakchi omiliga aylandi. Ilmiy inqiloblar ijtimoiy pedagogikaning keyingi rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu avvalambor falsafa orqali amalga oshdi. Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar-psixologiya, fiziologiya, anatomiya, tarix, sotsiologiya va boshqalar bilan yaqinlaShuvi ro’y berdi. Eng asosiysi-XX asrda insonning muammolari, uning tarbiyasi va ta’limi uchun ijtimoiy sharoitlarni yaratish zamonning eng global muammosiga aylanadi. Aynan Shu davrda pedalogiya-bolani har tomonlama o’rganish haqidagi fan rivojlana boshlaydi. Uning asoschilari E.Meyman, S.Xoll, Torndayk hisoblanishadi. Bu borada Rudolf SHteynerning pedagogikasi ham muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiy pedagogikani yangi g’oyalar va tarbiya usullari bilan boyitgan pedagogika arboblaridan Georg Kirshenshteyner (1854-1932 y)-Germaniya, Jon Dyui (1859-1952 y)-AQSH, Vilgelm Layni (1862-1926 y)-Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.
G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarni bolalarning sust qabul qilinishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik tizimining asosiy tamoyillari-bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |