O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


Download 1.5 Mb.
bet13/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

Mavzu yuzasidan savollar.
1.Respublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy hayotga ta'siri haqida?
2. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi qanday?
3. Hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya faniga zaruriyat va uning ahamiyati haqida bilganlaringiz?
4.2017-2021 yilllarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustivor yo’nalishlari bo’yicha harakatlar strategiyasining jamiyat rivojida tutgan o’rn
2-MAVZU: O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sosiologiya fanining paydo bo‘lishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari.
REJA:
1.Rahmdillik va xayr-sahovat ijtimoiy-pedagogik faoliyatning madaniy-tarixiy an'anasi sifatida.
2.O‘zbekistonda xayr-sahovatning rivojlanish bosqichlari.
3. O ‘zbekistonda “ijtimoiy pedagog” kasbining paydo boiishi.


Tayanch iboralar: rahmdillik, ijtimoiy pedagog, madaniy-tarixiy an`ana, xayr-saxovat, rivojlanish,

Tarix sahifalariga nazar solsak, madad va sadaqa berish, ko’maklashish, yordamga muhtojlarga yordam qo’lini cho’zish xalqimiz hayot tarzi bilan bog’langan. I.Jabborov o’zbek xalqining turmush tarzi haqida fikr yuritib, O’zbeklarning ijtimoiy turmushidagi eng qadimgi o’ziga xos udumlaridan yoshiga qarab guruhlarga bo’linish-bolalik, o’spirinlik, balog’at yoshi va qarilik bo’lib, u bilan bog’liq turli urf-odatlar va marosimlar hozirgacha saqlanib kelgan. Erkaklaru ayollar yoshiga qarab o’z tengdoshlari bilan to’rtta guruhga bo’linib, ularga har joyda har xil nom berilgan ( qator, ulfat, tenqur, jo’ra) va ular o’zlarining tengqurlari davrasini tashkil qilganlar. Bir yoshdagi guruhdan ikkinchi yosh guruhiga o’tish maxsus marosim orqali amalga oshirilgan. Har bir yoshdagi guruh o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan va ular kiyimi, bezaklari, sochning shakli, ijtimoiy burchi va xulq-atvori bilan ham bir oz ajralib turgan. Darhaqiqat ijtimoiy tabaqalanish darjasi borligi uchun, ko’mak berish ham o’ziga xos tarzda kechgan. Bunda, savob ishlarini amalga oshirish, xayr-ehson qilish, sadaqa berish va saxovatli bo’lish singari amallar ham o’zbek xalqining iymon va e’tiqodi tarzida kechganligini ko’rsatadi.


Buni islom dinining muqaddas sanalgan manbalari biri hadislar to’plam orqali ham ko’rishimiz mumkin. Masalan, bu xususida Imom al-Buxoriy o’zining “Al-Jomi’ as-Sahih” nomli hadislar to’plamida “Ketidan ozor ergashtirib keladigan sadaqadan ko’ra, ko’ngilni ko’taradigan va mag’firatli so’z afzaldir” deydi1 Bu haqda A.Navoiy o’zining “Arabin hadis.Qirq hadis sharhi” asarida Shunday yozadi:
“Yaxshi so’z birla hojat ahlin so’r,
Bermasang yaxshi to’’madin sadaqa
Ne uchunkim rasul qavli bila:
YAxshi so’z bordur o’ylakim sadaqa.
Darhaqiqat, ko’pchilikning nazarida sadaqa go’yo faqat kambag’al, faqir, muhtoj va beva bechoralarga qilinadigan xayr-ehsondir. Sadaqaning mazmuni esa keng ma’noda talqin qilinadi. Hadis mazmuniga binoan, kishining aytgan har bir yaxshi so’zi, ezgulik, yaxshi niyat bilan o’zgalarning ko’nglini ko’tarishi ham sadaqa bo’ladi.”
Rahmdillik, xayr-saxovatning bugungi kunga qadar yetib kelishi hamda ishtimoiy hayot jarayonida qo’llanilishi, ajdodalarimizning hayot namunasi sifatida halq og’zaki ijodi namunalaridan yordam qo’lini cho’zish, beminnat xizmat ko’rsatish, insonni qadrlash, savobli ishlarni bajarish, oqibatli bo’lish kabi insoniy sifatlarga ega bo’lishga chorlovchi istaklar mujassamlashgan. Faylasuf J.To’lanov o’zining “Qadriyatlar falsafasi” nomli monografiyasida: “Tarix qa’ridan, necha-necha o’tmish davrlardan bizgacha eson-omon yetib kelgan miflar, afsonalar va rivoyatlar, dostonlar, ertak, maqol va qo’shiqlar, o’tmishning Shunchaki bir aks sadosi emas, balki xalq ko’nglidagi qayg’u-hasrat va shodlikning yo’ldoshi, uning bilim qomusi, uning dini va falsafiy kitobidir.” Qadimgi mif, ertak, afsona va rivoyatlarning tizimli tahliliga ijtimoiy xizmat ko’rsatish nuqtai nazaridan yondashadigan bo’lsak, bu xalq og’zaki ijodining nodir namunalari zamirida xalqning muayyan ezgu maqsad va niyatlari, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bo’lgan ijobiy yoxud munosabatlari, mehnat mashaqqatlarini yengillashtirishga yo’naltirilgan qarashlar majmui, mehnat unumdorligini oshirish va turmush sharoitlarini yaxshilashga bo’lgan intilishlari o’z ifodasini topganligini ko’rishimiz mumkin. Buni biz antropoligik yondaShuv asosida “Bir mayizni qirq kishi bo’lib yebdi”, degan o’zbek xalq maqolida saxiylik, himmatlilik, totuvlik, ahillik, hamjihatlikka undovchi tushunchalar o’z aksini topgan. “Saxiylik-bu hech kimdan narsasini, yaxshiligini ayamaslik, hotamlik xislatini anglatuvchi tushunchadir”. Saxiy va hotam kishining yaxshili va sahovat-peshaligidan uning atrofdagi qon-qarindoshlari, do’st-birodarlari, qo’ni-qo’shnilari, yaqinlaridan tashqari begonalar ham hamisha bahramand ekanligi xususida Xusrav Dehlaviy:
“Hota kishi uyda tutganda ud,
Qo’ni hovlida ham Shu muattar dud”-deya ta’kidlaydi.
“Himmat” (arab.g’ayrat, shijoat, jo’shqinlik harakat, hafsala, qunt) –odamgarchilik muruvvat, yuzsaidan qilinadigan yaxshilik, yaxshi ish, yordam, insonga xos tuyg’u xislatni anglatuvchi tushuncha bo’lib, bu borada Fariduddin Attor:
“Himmati oliyga yetsa har ko’ngul,
Davlati beminnat unga yuzlanur”- deya insonlarni himmatli bo’lishga chorlash orqali qalb sofligi, ko’ngil xotirjamligi, ma’naviy yetuklikka undaydi.
“Totuvlik” tushunchasini esa ikki: tor va keng ma’noda izohlash mumkin. Tor ma’noda odamlar, oila, mahalla yoki guruh a’zolari orasidagi o’zaro ma’naviy-murosaviy munosabat, keng ma’noda, fuqarolarning ma’naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko’zga tashlanadigan ma’naviy hodisani anglatuvchi tushuncha sifatida izohlansa, “Ahillik” esa –yagona oila,yagona Vatan tuyg’usi, umumiy maqsad va manfaatga asoslangan, do’stlik, qon-qarindoshlik, inoqlik va xayrixohlik natijasida hosil bo’ladigan ma’naviy yaqinlikdir deb qayd etilgan.
Insonning hayot tarzini egallashi, o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. Bunda ota-ona, yaqin qarindoshlar, do’stlar, ustozlar hamda piru-barnolar namunaviy ibrat bo’lishadi. “Bir odamga bir odam sababchi bo’ladi” degan mavol orqali ko’pincha odamzot umri davomida turli vaziyat va holatlar, voqea va jarayonlarga duch keladi va bunday holatda kimdir sababchi (muvafaqqiyat, omad, baxt v.h) yoxud aybdor (muvafaqqiyatsizlik, omadsizli, baxtsizlik singari ko’ngilsizliklarga uchraganda) sanaldi.
Har bir insonning shaxsi ta’lim, ijtimoiy muhit ta’sirida shakllanadi. Natijada u ijtimoiy jihatdan ahamiyatli bo’lgan vazifalarni bajaradi, ijtimoiy rolni o’zlashtirib oladi, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy mulohaza qilib ko’radi, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kirishadi va Shu tariqa shaxsning ijtimoiylashuvi yuz beradi. Ijtimoiy pedagogika ma’naviy – ma’rifiy faoliyatning alohida sohasi sifatida uning ommaviyligi, barcha aholi o’rtasida milliy istiqlol g’oyalarini targ’ibot-tashviqotini keng olib borish imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy pedagogika predmeti san’atdan shaxsga ta’sir etadigan g’oyaviy – emotsional vositalar kompleksidan keng foydalanish bilan farq qilib turadi.
Ijtimoiy pedagogika O`zbekistonda ham, dunyodagi boshqa mamlakatlarda ham uzoq va chuqur an'analarga ega. Shunga qaramay sobiq sovet tuzumi davrida ijtimoiy pedagogika yutuqlari e'tiborga olinmadi. Mana Shuning uchun ham ijtimoiy pedagogika yangi soha sifatida faqat ijtimoiy- pedagogik mutaxassislar davlat va jamoat organlari boshqarmalarinigina emas, balki mutaxassislar tayyorlaydigan tizimni, Shuningdek ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ilmiy-tadqiqot bazasini ham o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirish va mazkur yo`nalishda mutaxassislar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ijtimoiy pedagogika yaqin kelajakda qqituvchi yoki tibbiy xodim singari ommaviy kasbga aylanadi, chunki ayrim odamning ijtimoiy kasalligini oldini olish va ma'naviy-axloqiy og`ishini davolash «ijtimoiy epidemiya»ga qarshi kurashga nisbatan ancha osondir.
Ijtimoiy pedagogikani fan sifatidagi xususiyatlarini anglash uchun uning tadqiqot ob’ekti xususiyatlarini o’rganmoq lozim. Shu sabab fanda tadqiqot ob’ekti va predmeti tushunchasi mavjud. Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti va predmetini tahlil qilishdan avval ijtimoiy pedagogika terminining o’ziga ahamiyat bermoq kerak. Bu termin ijtimoiy va pedagogika so’zlaridan tashkil topib ularni ma’nosini o’zida jamlayadi. Bu birlik fanda differensatsiya va integratsiya hodisalari bilan birgalikda namoyon bo’ladi.
YAngi bilimlarni o’sishi ilmiy fikrlarni real hayotga tatbiq etilishi, yangi mualimmlarni yuzaga kelishi jamiyatni ilmga ehtiyojini yuzaga keltirish darajasi fanning differensatsiyasi va maxsuslashtirish tendensiyasi kuzatiladi. CHunonchi asosiy fan mustaqil rivojlanuvchi xususiy tarmoqlarga ajratiladi. Shuningdek bir qator muammolarni hal qilishda to’plam nuqtai nazardan bir ob’ektni o’rganuvchi mustaqil fan birligini o’zida namoyon qiluvchi integratsiya hodisasi kuzatiladi. Masalan: pedagogikani boshqa fanlar bilan aloqasida tadqiqotning mustaqil ob’ektlari alohida kuzatiladi: falsafa bilan birgalikda ta’lim falsafa psixologiya bilan o’zaro munosabatda psixolo-pedagogika, siyosatShunoslik bilan birlikda.. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin.
Pedagogikada keyingi vaqtda differensiya hodisasi yetarli darajada kuchaydi. Pedagogikaning mustaqil fan sifatidagi tarmoqlari maktabgacha pedagogika, maxsus pedagogika, professional pedagogika rivojlanib, takomillashib bormoqda. Ijtimoiy pedagogika Shular jumlasidandir.
Ijtimoiy pedagogikaning tadqiqot ob’ekti pedagogika o’rganadigan jarayon va voqelik bo’lib, u masalani muayyan, o’ziga xos aspektda ko’radi. Uning o’ziga xosligi esa «ijtimoiy» degan so’zda ifodalangan. Ijtimoiy pedagogikaning ob’ekti insonning ijtimoiylashuv jarayonidir. Xalqning boy merosi, pedagogikasidan, fan, madaniyat, jamiyat yutuqlaridan foydalanib, ijtimoiy pedagogika o’z nazariyasini, metodi va texnologiyasini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogika davlat va jamiyat institutlarining ma’naviy-ma’rifiy markazlari faoliyati sohasidir, bu yerda yangi qadriyatlar san’ati shakllantiruvchi va birlashtirib turuvchi faoliyat jamlanadi.
«Ijtimoiy» tushunchasida odamlarning birga yashashi bilan bog’liq jarayonlar ifodalangan, ammo ularning muloqoti va o’zaro aloqalari turli shakllarda bo’ladi. Demak, pedagogika o’sib kelayotgan avlod tarbiyasi va ta’limi to’g’risidagi fan bo’lib, ijtimoiy pedagogika esa jamiyat a’zosini tarbiyalash va unga ta’lim berish to’g’risidagi fandir.
Ijtimoiy pedagogika jarayon va hodisalarni ma’lum spetsifik aspektda o’rganadi. Pedagogik bilimlarning bu yangi tarmog’i spetsifikasi «ijtimoiy» so’zida namoyon bo’ladi. «umuminsoniy tushuncha insonlar hayotiy faoliyati, ularning o’zaro muloqot» formalari bo’lgan narsa-hodisalarni o’zida jamlaydi. Shunday qilib, pedagogika yosh o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi fan asoslari ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning jamiyat hayotiga kiritishni ta’minlaydigan aspektni tadqiq etadi.
Insonni atrofdagi muhit bilan o’zaro aloqasiga ta’siri asosida rivojlanishini uning ijtimonylashish jarayoni deb ta’kidlash mumkin. Zero ijtimoiy norma-madaniyat qadr-qimmatlar egallashi lozim Shuningdek bu jamiyatda insonni o’z qobiliyatlarini realizatsiya qilish, nazorat qilish ijtimoiy tajribani egallash (bilimlar qadr-qimmat xulq-atvor qoidalari jarayoni ijtimoiy hodisa deb nomlanadn. Bolani ijtimoiylashtirish murakkab va davomli hodisadir. Bir tomondan har qanday jamiyat o’zining rivojlanish etapida ma’lum ijtimoiy, ma’naviy qadr- qimmat, o’zini tutishi, axloqiy qonun-qoidalar, normalar ishlab chikadi.
Jamiyat bir avlod Shu jamiyatdagi qonun - qoidalarni egallab uning teng xuquqli a’zosi sifatida yashab, faoliyat ko’rsatishni ko’zda tutadi. Buning uchun jamiyat ta’lim-tarbiya normasi orqali shaxsga ta’sir ko’rsatadi Ikkinchi tomondan, atrofdagi olamda sodir etilayotgan turli hodisalar uning shakllanishga ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Jamiyat o’zaro munosabatda bo’lgan o’zaro harakatlanadigan xilma-xil ijtimoiy institutlarni o’zida namoyon qiladi. Shular orqali bola tomonidan ijtimoiy normalarni egallash jarayoni amalga oshadi. Bulardan ba’zilari bolani rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishiga ta’sir ko’rsatadi, boshqalari esa uning shaxsiy sifatlarini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday ijtimoiy institutlar qatoriga oila, ta’lim, madaniyat va din kiradi.
O’z qobiliyatini inson tomonidan jamiyatda ko’plab quyidagi jarayonlarda amalga oshadi;
A) Insonni jamiyat bilan stixiyali o’zaro munosabatda va uning hayotiy jabhalariga stixiyali ta’lim jarayonida.
B) Insonlarni u yoki bu kategoriyasiga davlat tomonidan pedagogika nimani o’rgatadi. Ijtimoiy pedagogika insonlarning butun egalayotgan davom etayotgan amalga oshiradigan ijtimoiy tarbiyani tadqiq ta’sir ko’rsatish jarayonida.
V) Inson rivojlanishi, uni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
G) Inson o’zini tarbiyalashi va rivojlantirish jarayonida.
Shunday qilib, rivojlanish insonni shakllanish jarayoni, ijtimoiylashtirish konkret ijtimoiy sharoitlar asosida rivojlantirishdir.
Inson tarbiyasi asosan oilada amalga oshiriladi. Bu holatda biz oilaviy pedagogika ob’ekti bo’lgan oilaviy xususiy tarbiyalarida mulohaza yuritamiz.
Tarbiyalash diniy idoralar orqali amalga oshadi. Bunda konfessional tarbiyaga duch kelamiz.
Tarbiyalash davlat va jamiyat tomonidan Shu maqsadda tashkilotlar orqali yuzaga keladi. Bu ijtimoiy pedagogika tadqiqot ob’ekti bo’lgan ijtimoiy tarbiyalash jarayoni xususida fikrlaymiz.
Ijtimoiy tarbiyalash siyosatShunoslik, ijtimoiy: jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika matnda uni ijtimoiylashtirish bilan borish oldida o’rganadi ya’ni, planeta, mamlakat maktablardagi inson tarbiyasiga ijtimoiy omillar ta’sir etish ishlab chiqarish tarbiyasida oila, ommaviy axborot vositalar, atrofda odamlar bilan muloqot o’rnini ko’rib chiqadi.
Ijtimoiy pedagogikani nima uchun o’rganish lozim:
Ijtimoiy pedagogika - fanning Shunday tarkibiki uning vositasida:
Birinchidan inson hayotda ma’lum sabablar asos ichida yuzaga kelgan hodisalar o’rganiladi.
Ikkinchidan insonning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishni ko’zda tutadi.
Uchinchidan ta’sir etuvchi hodisalarni oldini oladi.
Ijtimoiy pedagogika o’quv predmeti sifatida ijtimoiy pedagogik faoliyat tasvirini harakterlaydigan vazifasini amalga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirish ijtimoiy pedagogikani o’rganish jarayonida talabalar tomonidan bir qator maqsadlarni amalga oshirshni ko’zda tutadi: ma’lum doiradagi nazariy bilimlarni egallash va bularni amalda qo’llash muammoni oldindan ko’rish va yechishga sub’ekt va ijtimoiy jarayonga ko’ra ijtimoiy gumanistik munosabatlarni shakllantirish.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiya muammosini o’rganadi. Bu ijtimoiy pedagogika o’quv kursini tuzilishini o’zida aks ettiradi. U ijtimoiylashtirish jaryonini ijtimoiy pedagogik hodisa sifatida o’rganadi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bo’lagi bo’lib u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar ularning kelib chiqish sabablari hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jihatlarini o’rgatadi.
Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi.
Pedagogika va sotsial pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ular­ning farqi Shundaki, Pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’­lim va tarbiyasi bilan Shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
Pedagogik sotsiologiya fanning maqsadi jamiyatdagi xar bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan Shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yukotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan habar olish. Shu jumladan fohishabozlik, narkomaniya va qonunbo’zarlikka qarshi kurashish. Bu illatlardan jamiyatni ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish.
Ijtimoiy pedagogika fanning vazi­fasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.
1. Bolani va o’smirni xaqikatguy qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. SHaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni o’rgatish;
4. Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tuShunishga o’rgatish;
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun horijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yakin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amho’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda rahm – shafqat, «hayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi.
Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namoyon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari buyicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy hodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini to’ldira bordi.
Ishlarini uzviy ravishda qo’shish, ya’ni ma’naviy-mafkuraviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur sharoit yaratish lozim.
Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yulga qo’yishda xaqiqiy jo’shqinlik kasb etadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining taraqqiyot bosqichlari.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud bo’lgan. Fakat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo’lgan. Pedagogik sotsiologiya fanning ilk kurtaklari yevropa va Osiyoda yozilgan .Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo’lib emas. Hozirda pedagogik sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining integratsiya tarmog’i sifatida.
Har bir fan aniq bir xaqiqatdan “o’sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo’lsa yanada samarali bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy – pedagogik ish O’zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o’rinni egallaydi. «Milliy g’oya – bizning g’oya», «Istiqbolimiz – istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o’zgartirgan o’n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo’la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo’lgan ma’naviy – ma’rifiy shakldagi ishlar ham Shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ’ibot va tashkilot ishlarining ko’lamini kengaytiradi, o’sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi.
Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo’lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo’sh vaqtini chuqur mushohada qilish bilan uzviy bog’liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o’quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O’quv fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o’rganiladigan predmetdir
Bir ob'ektni turli fanlar tomonidan qrganish mumkin. Ijtimoiy pedagogika- tarbiya va ta'lim jarayonida bolalarga jamiyatda birga yashash bilan bog`liq bo`lgan holat va xodisalarni o`rgatadi. Bu jarayon jamiyatga «kirish» va qzaro munosabatda bo`lishni anglatadi. Ular ma'lum ijtimoiy tajriba (bilim, qadriyat, axloqiy qoida, ko`rsatma) oladilar, ya'ni ijtimoiylashtirish yuz beradi.


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling