O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash
Download 1.5 Mb.
|
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi
Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini yaxshilash, uning qulay turmush sharoitlarini yaratish maqsadida ulkan ishlar amalga oshirildi. Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, bunda aholini ijtimoiy himoya qilish, uning sog’ligini kafolatlash yo’nalishida jahon va milliy tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi. Ayni vaqtda zamon talabi, mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, aholini ijtimoiy himoyalash va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun mutlaqo yangicha yondaShuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasida Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi. O’tgan davr mobaynida O’zbekiston sobiq Ittifoqdan meros bo’lib qolgan tizimlashmagan, umumiy shaklga ega bo’lgan ijtimoiy himoya tizimini tubdan yaxshilab, tizimli, manzilli xarakterga ega bo’lgan va ko’lami bo’yicha aholining barcha qatlamlarini har tomonlama himoyalashni tashkil etishga qaratilgan takomillashgan tizimni joriy etdi va bugungi kunga kelib aholiga ijtimoiy kafolatlarni ta’minlamoqda. Bugungi kunda Davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilmoqda. 1991 yilga taqqoslaganda, aholining real daromadlari 12 barobardan ziyod ko’paydi, ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar salmoqli darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va aholining ularga bo’lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda1. Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. O’zbekistonda 2010−2015 yillar mobaynida keksalar va pensionerlar uchun mo’ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari, 14,6 ming yolg’iz keksalar, pensioner, nogironlarning turarjoy sharoitlari yaxshilandi, 5,4 ming odam reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi, 6,4 ming nogiron va pensioner sanatoriyalarda sog’liqlarini tiklashdi. Ko’rsatilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning umumiy hajmi 132,2 milliard so’mni tashkil etdi. Jamiyatning demokratlaShuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarining ijtimoiy himoyasini yanada yaxshilash uchun «Nuroniy» jamg’armasi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, yolg’iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash, keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan odamlar va yolg’iz keksalarga ko’rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy yordam darajasi va sifatini ko’tarishni, Shuningdek joylarda tuman va shaharlar aholisining zamonaviy diagnostika va davolanish uslublaridan foydalanish imkonlarini ta’minlaydigan tubdan yangi yondaShuvlar ishlab chiqish zarurligini ko’rsatdi. Keksalarni qo’llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to’laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 28 dekabr kuni «O’zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»1gi Farmon hamda «Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»2gi Qarorning qabul qilinishi bu borada islohotlarning yangi bosqichga ko’tarilishi bo’ldi. Mazkur farmon va qarorda oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar turmush sifatini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini qo’llab-quvvatlash, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg’iz va muhtoj keksalarga ijtimoiy va moddiy ko’mak ko’rsatish, «Nuroniy» jamg’armasi markaziy apparatini, uning viloyat va tumanlardagi bo’linmalarini moddiy qo’llab-quvvatlash, «Nuroniylar maskani» komplekslarini yaratish, kasalliklarni o’z vaqtida aniqlash va davolash uchun 2,8 million keksa yoshdagi fuqarolarning barchasi ixtisoslashtirilgan tibbiy brigadalar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini ta’minlash, biriktirilgan patronaj hamshiralari tomonidan salomatliklari ustidan doimiy nazorat orqali keksa yoshdagi fuqarolar orasida kasalliklar profilaktikasi choralarini kengaytirish, 15,5 ming yolg’iz keksalarning turmush sifati va darajasini ularga shaxsiy ijtimoiy xodimlarni biriktirish orqali oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to’lovsiz asosda davolash va sog’lomlashtirish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga 20 ming va viloyatlardagi tibbiyot muassasalariga 215 mingdan ziyod, jami 178,9 milliard so’m miqdoridagi orderlar ajratish ko’zda tutilgan. Joylardagi barcha tibbiyot birlashmalari va muassasalarini, Shuningdek, barcha viloyatlardagi onkologiya dispanserlarini umumiy miqdori 108,7 million AQSHdollariga teng bo’lgan tegishli zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash, keksalar va nogironlarning 23 ta «Saxovat» va «Muruvvat» uy-internatlari moddiy-texnik bazasini umumiy miqdori 207 milliard so’m hajmda mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o’z aksini topdi. Bundan tashqari, 2016 yil 26 dekabrda «Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy hojatmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar to’g’risida»gi qonun qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza etishga qaratilgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog’liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish asosida ona va bola sog’lig’ini asrash bo’yicha dunyo e’tirof etayotgan milliy model yaratildi. Bolalar va o’smirlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga, oilalarning moddiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, har tomonlama sog’lom farzandlarni shakllantirish, ularning salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi. CHunonchi, ilk davlat mukofotlaridan biri – «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilishi ham ramziy ma’no kasb etdi. Respublikamizda mustahkam oilada sog’lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo’lib, kelgusida yurtimizda tinchlik-totuvlik hamda taraqqiyotga, yosh oilalarning mustahkamligiga qo’shilgan hissa bo’ladi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatish xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Aynan Shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-tadbirlarni yanada kengroq amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 5 yanvar va 7 fevral kunlari sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi. Jumladan, Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini bo’lgan qishloq vrachlik punktlari faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qishloq vrachlik punktlarning muntazam faoliyatini ta’minlashga xizmat qiluvchi qo’shimcha qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-joylar qurib berish, qishloq vrachlik punktlarning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda2. 2017–2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o’quv yurtlari klinikalari yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda, keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko’rik tadbirlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5 yilda mamlakatimizning chekka tumanlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi. Viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko’rsatishini tashkil etish bo’yicha maxsus chora-tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Bu jarayonda esa Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari xizmatidan foydalanuvchilarga qo’shimcha qulayliklar yaratiladi. Aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish sifati yanada oshadi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling