Mavzu yuzasidan savollar
1.Pedagogik texnologiya strukturasi bilan Ijtimoiy pedagogic texnologiyaning strukturasining farqi nimada?
2.Ijtimoiy pedagogic texnologiyada tashxislash nima uchun zarur?
3.Ijtimoiy pedagogic struktura ketma-ketligini aytib bering?
29-30MAVZU: BOLALAR MUASSASASIDA IJTIMOIY PEDAGOGNING KASBIY MAQOMI VA VAZIFALARI.
REJA:
1.Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
2.Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli.
3.Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
4.Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
5.Ijimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli.
6.Ijtimoiy pedagogning kasbiy maqomi yangi ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar bilan belgilanganligi.
7.Ta’lim muasasasida ijtimoiy pedagog faoliyatining boshqaruv, tarbiyaviy va tashkiliy jihatlari.
8.Ta’lim muassasasi, oila va ijtimoiy muhit bilan ishlash ijtimoiy pedagog faoliyatining asosiy yo’nalishla
Tayanch tushunchalar: ijtimoiy himoyalash, ijtimoiylashuv , moslaShuv, Go’daklik, Maktabgacha ta’lim muassasasi, ijtimoiy-pedagogik faoliyat, tarbiyaviy, ijtimoiy muhit, ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy va psixologik omillar va boshq.
Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.
Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)Shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |