O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari
Download 1.5 Mb.
|
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Bolalarni ijtimoiy qimoyalash mikro-(kichik) markazlari.
Ijtimoiy pedagog faoliyati qishloq joylarda o`ziga xos xususiyatga ega. Uning asosiy maqsadi qishloq aholisini ijtimoiy-pedagogik qimoyalash sog`ligini himoyalashga, hayot tarzini yaxshilashga yordamlashishdan iboratdir. qishloq joylarda u aholining turli yoshdagi (bolalar, yoshlar, qariyalar, nogironlar, yosh oilalar va h.k) guruhlari bilan ish olib boradi va ularga o`sha muhitda o`z o`rnini topishga yordam beradi. Uning asosiy ob'ekti shakllangan shaxs bo`lib, mikromuhit esa shaxsni tarbiyalash va rivojlantirish faktori sifatida xizmat qiladi. Bolalar esa Shu aholining eng nozik vakili bo`lib, ular birinchi navbatda ijtimoiy muhofazalanish bilan birga ijtimoiy va ijtimoiy pedagogik yordam berishni talab etadi. Internatlarda olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat Ijtimoiy hayotda ob'ektiv sabablarga ko`ra noto`liq oilalar mavjud. Ota-onalarning ajralishlari, nikohsiz farzand ko`rish, o`rta yoshdagi insonlarning orasidagi o`limning ko`payishi, bolasidan voz kechish bunga asos yaratmoqdalar. So`nggi yillarda ko`plab oilalar moddiy yetishmovchilik holatiga duch kelmoqdalar. Bu holat, albatta, bolaning ruhiy olamiga o`z ta'siri o`tkazadi. qarovsiz bolalar-oilalarning buzilishi natijasidir.internat shaklidagi muassasalarda tarbiyalanuvchi bolalar psixologik, hissiy deprivatsiyaga uchraydi, ya'ni qiynaladi, sesorli ochlikni boshidan o`tkazadi, real qayotdan uzoqlashadi, ijtimoiy izolyatsiyada bo`ladi. Maktab internatlar nafaqat ta'lim-tarbiya maskani, balki shaxsning ijtimoiylashuviga ko`maklashadi. Internatlarda bajaradigan ijtimoiy pedagogning vazifalari quydagilardan iborat; ▪ tarbiyalanuvchilarda insoniy munosabatlarni shakllantirish: ▪ bolalarning xavfsizligini va psixologik konfortni ta'minlash: ▪ har bir tarbiyalanuvchining hayot tarzi, ijtimoiy rivojlanish vaziyatlarini, intividual xususiyatlarini o`rganish: ▪ tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy adaptatsiyasini va ijtimoiy potologiyasini o`rganish: ▪ dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya qilish: ▪ tarbiyalanuvchilar, muassasa, oila a'zolari va ijtimoiy institutlar orasida dallollik vazifasini o`taydi: ▪ internat bitiruvchilarni ishga joylashtirish, turarjoy bilan ta'minlash, pensiya, posobie va boshqa imtiyozlardan foydalanishiga yordam beradi. Ijtimoiy pedagog faoliyatining valeologik modeli Sog`liq inson hayoti mazmunining asosini tashkil etadi. Inson uchun u adekvat gigienik muqit va sog`lom turmush tarzi hisoblanadi. “Sog`lom inson”, “Sog`lom jamiyat”, “Sog`lom millat”, “Sog`lom avlod” tushunchalari mavjud. Sog`lig`ning ikkita aspekti mavjud: biologik va ijtimoiy. Sog`lig`ni obektiv faktorlar(turmush darajasi, ijtimoiy xizmat, ekologiya) va sub'ektiv faktorlar (mazmunli hayot va sog`lom turmush tarzi) o`z ta'sirini ko`rsatadi. Sog`lom turmush tarzi-bu har bir shaxs va butun jamiyatning insonparvarlashganlik va rivojlanganlik me'yoridir. Xalqimizda “Tani sog`lik-tuman boylik” , “Sog`lom tanda sog`lom aql” singari xalq donoligi mavjud bo`lib, ular asosida jamiyat a'zolari ongiga ta'sir o`tkazilib, sog`lom turmush tarzini yaratishga, bolalikdan valeologik madaniyatni shakllantirishga yordam beradi. Valeologiya-bu pedagogika va tibbiyot fanlarini muvofiqlashtiruvchi sohasidir. U sog`liqni saqlash madaniyati va sog`lom turmush tarzini shakllantirishga yo`naltirilgandir. Inson salomatligining bir-biri bilan bog`liq turli aspektlari mavjud; somatik, psixik, ijtimoiy va h.k. Somatik (biologik, jismoniy) sog`liq- bu surunkali kasalliklardan, jismoniy defektlardan, funktsional buzilishlardan yiroq insonning ijtimoiy layoqatidir. Psixik (ruhiy) sog`liq. Asosan tibbiyotda ko`proq foydalaniladi. Psixik sog`liq bu ruhiy xotirjamlik va tinchlikdir. Ijtimoiy (shaxsiy) sog`liq- bu individning ijtimoiy muhit va muloqatining rivojlanganlik darajasidir (moslashganlik, vazminlik, tartiblilik). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling