SUTXO’RNING O’LIMI Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” - Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi”
- Ayniyning ushbu asarida ayni bir kasb, agar kasb degan maqomni bersak, eng uyatlisi, agar hunar deb baholasak, bir hunarki, illatdan battar bo‘lgan yumush-sudxo‘rlik bilan shug‘ullanuvchi Qori-Ishkambaning tarixi bayon qilingan bo‘lib, yozuvchi, badiiy to‘qimaning asar mazmuniga ta‘sir qiladigan o‘rinlaridan uzoqlashadi. Voqea -real. Buxoro ko‘chalarida sodir bo‘lgan, millatning turmush darajasini tubdan o‘zgartirgan bu illatni o‘ziga kasb qilib olgan “Kattalar” haqida hikoya qiladi.
Obrazlardagi xarakter va xronologiya. - Obrazlardagi xarakter va xronologiya.
- Ma‘lumki, XlX asr Buxoro va uning atrofidagi umumiy ahvol tarix kitoblarida konkret keltirilgan bo‘lsa-da, badiiylik bo‘yog‘i badiiy asarlardagina yaqqol ko‘rinadi. Sovet hukumatining “tenglik” siyosati amalga oshmasdan oldin, vaziyatni “notenglik” siyosati bilan davom ettirayotgan qorilar, noiblar , xalqning og‘irinini “yengil” qilishga urinayotgan “kattalar”ning haqiqiy yuzi ochib beriladi. Ikkinchi jahon urushi va undagi keyingi fevral inqilobi ham qo‘shimcha sifatida kiritiladi.
Zamonaning zo‘ri bo‘lishga uringan, ayni paytda o‘zi yashayotgan zamonasiga tushunmagan Qori-Ishkambalarning xalqning boshiga ofat bo‘lib yog‘ilishini, xaqlning osh-nonini yeb, haqqini o‘zidan tilanchidek olayotgan noiblar, dehqonni hosilni yetishtiradigan, halol yo‘l bilan risq yig‘adigan kasb vakillari emas, mardikor, oyoqosti qilib, ularni imkonsizlik botqog‘iga botirishga chandon uringan sudxo‘rlar, “shariat bizning qo‘limizda” deb bong uradigan chala mullalarning qismati ochib beriladiki, ayni yozuvchi ko‘rsatmoqchi bo‘lgan muhit bizga aloqasi yo‘q o‘tmishning emas, birovning emas, o‘z -o‘ziga bek bo‘lgan qismat sohibining, yaxshi kunlar ajriga ishongan o‘zbek xalqining kechasi hisoblanadi. - Zamonaning zo‘ri bo‘lishga uringan, ayni paytda o‘zi yashayotgan zamonasiga tushunmagan Qori-Ishkambalarning xalqning boshiga ofat bo‘lib yog‘ilishini, xaqlning osh-nonini yeb, haqqini o‘zidan tilanchidek olayotgan noiblar, dehqonni hosilni yetishtiradigan, halol yo‘l bilan risq yig‘adigan kasb vakillari emas, mardikor, oyoqosti qilib, ularni imkonsizlik botqog‘iga botirishga chandon uringan sudxo‘rlar, “shariat bizning qo‘limizda” deb bong uradigan chala mullalarning qismati ochib beriladiki, ayni yozuvchi ko‘rsatmoqchi bo‘lgan muhit bizga aloqasi yo‘q o‘tmishning emas, birovning emas, o‘z -o‘ziga bek bo‘lgan qismat sohibining, yaxshi kunlar ajriga ishongan o‘zbek xalqining kechasi hisoblanadi.
Yozuvchi har bir obrazga alohida yondashadi va markaziy obraz Qori-Ishkamba atrofida ikkilamchi obrazlarni ham bir bo‘g‘inga joylashtiradi. - Yozuvchi har bir obrazga alohida yondashadi va markaziy obraz Qori-Ishkamba atrofida ikkilamchi obrazlarni ham bir bo‘g‘inga joylashtiradi.
- Har doim “Muomalada ot bo‘ling, it bo‘lmang”...
- Haqiqiy otlik (?) va itlik rasmini xalqqa bajonidil ko‘rsatib bera olgan, yurish-turishi bilan bechora millatning dardiga “darmon” bo‘laman deb, ko‘krak kerayotgan zamona “mard”laridan o‘rgansa arzigulik. Ularning tutumini qiladigan qora xalqning ahvoli esa “Burgutning yurishini qilaman deb...”ga mos. Yozuvchi xalqning qornini to‘ydiraman deb, yerga ekkan hosilini ham yig‘ib olish uchun “kattalar”dan ruxsat so‘ragan Muxsin, Safarali, Po‘lod, Temirlarga o‘xshagan necha minglar, halol kasbining zavoliga qolgan dehqon, chorvador, hunarmandlarning uvoliga qolgan zamonni olib chiqadi. Imkon, umid va ishonch tuyg‘ularini nafs, sudxo‘rlik, ikkiyuzlamachilik, aldov kabilarga almashtirgan “iymonli kattalar”ning qilmishidan shikoyat qiladi.
Davr. Ruhiyat. Imkon. - Davr. Ruhiyat. Imkon.
- Yozuvchi Buxoroning jin ko‘chalaridagi hayotni tasvirlar ekan, insonlarning umumiy ahvoliga, kayfiyatiga, ruhiyatiga , dunyoqarashi va fikrlashiga asosiy e‘tiborni qaratadi. Turli kasb egalarining o‘zinikilar qo‘lida ermak bo‘lib, turmushi barbod bo‘layotganini, jamiyatning umumiy ahvoliga bog‘laydi. Yakunda siyosatning bir uchi ko‘rsatilib, umumiy o‘zgarishlar kishilarning dunyoqarashida (Tilmoch nutqi ) shakllantiriladi. Yillar davomida ezilib kelgan xalqning kosasini oqartirgan narsa “fevral inqilobi” bo‘lib chiqadi. Bundan dehqon va boshqa kasb egalari yutmasalar ham yutqazganlar bolsheviklar bilan ularning umumiy dushmani - “kattalar”! Xaqlning tinka madorini quritgan “bormi oshuvchi”ga o‘xshagan savdolarning pishishi ularning qaysidir ma‘noda qarz balosidan xalos qiladi. “O‘g‘rini tutmoq, o‘g‘ridan qochmoq”ni rasm qilgan mirshablarning “dovyurak” qo‘llarini esa davr olg‘irlarining o‘zi kesadi.
Asardagi g‘oya va mazmun. - Asardagi g‘oya va mazmun.
- Yozuvchi syujetni ezilgan xalq emas, “tepadagilar” tarafidan turib tahlil qiladiki, bunda ularning har qanday ikkiyuzlamachiliklari xalqning nafratiga sazovor bo‘lsa ham, odatiy oldi-berdi deb baholanadi.( kattalar nazdida) Maqsad: Sudxo‘rlik illatining xarom topilgan yo‘l ekanligini o‘sha muhitni ichida yashabgina tushuntira olish edi. Agar ezilgan xalq tomonidan dashnomlarga sababchi bo‘lgan “kattalar” obrazi shakllantirilganda, bu yerda amaldorlar aybsiz aybdordek ko‘ringan bo‘lardi.Yondashuv voqealik mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Aynan sudxo‘rning dunyoqarashi fikrlarimizni isbotlaydi: “Agar shisha toshni, atala tishni sindira olsaydi, sudxo‘r ham o‘z uyida, o‘z puliga non olib sindira olardi”.
- Yozuvchi sudxo‘rlikning illat ekanligini uning ichida turib ko‘rsata olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |