O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


Download 1.5 Mb.
bet45/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

belgilangan vazifasiga ko’ra mashqlar kommunikativ, nutqiy va tilga oid bo’lishi mumkin. Kommunikativ – ehtiyojlar xarakteriga ko’ra maishiy faoliyatga qaratilgan. Og’zaki-nutqiy eshitishda va gapirishda (dialog va monolog). Tilga oid – fonetik, leksik, grammatik yoki leksik-grammatik;

  • o’yin harakatlarining xarakteri bo’yicha – predmetli, tabiiy, syujetli-rolli, harakatchan va kam harakatli, ijodiy va qoidali;

  • harakatlarni bajarish usuli bo’yicha – taniShuv-imitativ, qidiruv (taqlid qiluvchi va loyiha bo’yicha tuzuvchi), reproduktiv (qayta tiklovchi), produktiv (ijodiy);

  • bajarish usullarining xarakteri bo’yicha – taxmin bo’yicha harakat, biror hodisani vaqtidan avval bo’lishi (aktivizatsiya), idrok qilish, taqlid qilish (imitatsiya), tashkil etish, o’zgarishi (transformatsiya), modellashtirish.

    Aniq vazifani bajarish uchun mashq tanlaganda pedagog yuqorida keltirilgan barcha tavsiflarni hisobga olishi kerak.
    Shunday qilib, turli vosita, uslublar va uslubiy tamoyillar asosida qurilgan o’qitishning uslubiy modeli ta’lim islohoti texnologiyasini tashkil etish usulidir. Didaktik va uslubiy modellar birligi maktabgacha ta’lim muassasalarida o’qitish jarayonini tashkil etishga yo’naltirilgan asos bo’lib xizmat qiladi.
    Pedagog isloh qilingan ta’lim texnologiyasini egallab, “bolaning dolzarb rivojlanish darajasi”ni, “yaqin kelajak taraqqiyot darajasi”ni aniqlashi mumkin. O’zlashtirilgan ma’no va munosabatlar erkin, o’qishdan tashqari faoliyatda qo’llanilgandagina o’qitishning amaliy maqsadi to’liq amalga oshirilgan hisoblanadi.
    Pedagog bola shaxsining rivojlanish ko’rsatkichlari va shaxsiy yondaShuvni amalga oshirishga o’zining tayyorgarlik darajasini hisobga olsagina ta’lim-tarbiya jarayoni yanada muvaffaqiyatli o’tadi.
    Bolaning rivojlanganlik va maktabga tayyorgarlik ko’rsatkichlari quyidagicha:

    • jismoniy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasi rivojlanishining fiziologik darajasi);

    • psixologik tayyorgarlik (bola shaxsining emotsional, mental (aqliy), irodaviy rivojlanish darajasi);

    • ijtimoiy tayyorgarlik (bola fikrlash sohasining ijtimoiy rivojlanish darajasi).

    Pedagogni maktabgacha ta’limda shaxsiy yondaShuvni amalga oshirishga tayyorlik ko’rsatkichlarini aniqlashda uch jihatni hisobga olish kerak: shaxsiy, kasbiy va refleksiv.

    Download 1.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling