O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim


-28MAVZU: ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va mazmuni


Download 1.5 Mb.
bet86/100
Sana04.02.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1165719
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100
Bog'liq
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA

27-28MAVZU: ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va mazmuni
REJA: 1.Bosqichlilik - ijtimoiy - pedagogik texnologiya strukturasi va uni amalga oshirish jarayonining asosiy xususiyati sifatida.
2. Ijtimoiy - pedagogik texnologiyani tanlash jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi.
3. Ta'lim muassasasining yo‘nalishi, ijtimoiy - pedagogik vazifalar bilan bog’liqligi.
4.Ijtimoiy - pedagogik tashhis, istiqbollash, rejalashtirish, boshqarish va baholash.


Tayanch iboralar: jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, pedagogik tashhis, istiqbollash, rejalashtirish, boshqarish va baholash, ijtimoiy, bosqichlilik.

Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug’ildi. Nazariya va amaliyot birligining ta’minlanayotganligini zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo’l ochmoqda. Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik


texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo’nalishlarini aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o’rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT -
amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo’lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik
tizim mavjud bo’lishi kerak. Agar maqsad o’zgarsa tizim ham o’zgarishi shart. «Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo’ydi. Demak, milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Ta’lim turlari uchun umumiy bo’lgan pedagogik tizim loyihasini quyidagicha ifodalash mumkin:

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling