O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Fanning ishchi o’quv dasturi “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakulteti Ilmiy Kengashining 2019 yil ___ avgustdagi 1-son qarori bilan tasdiqlandi
Download 1.03 Mb.
|
1cbd23df92212c0f1fb1c1c681754105 МАЖМУА- ДАВЛАТ ПЕНСИЯ ТАЪМИНОТИ
Fanning ishchi o’quv dasturi “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakulteti Ilmiy Kengashining 2019 yil ___ avgustdagi 1-son qarori bilan tasdiqlandi.
Fakultet Kengashi raisi: dots.R.I.Mirzayev Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: __________________dots.B.S.Aliqulov KIRISH Pensiya ta’minoti mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoyalash tizimining tarkibiy qismi bo’lib, kam ta’minlangan fuqarolar va mehnatga layoqatsiz kishilar hayot darajasini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va tashkiliy harakterga ega kompleks dastur ijrosini ta’minlashni ko’zda tutadi. Shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida aholini ijtimoiy himoyalashni yanada kuchaytirish, pensiya ta’minoti sifatini oshirish bo’yicha bosqichma-bosqich islohotlar olib borilmoqda. “Davlat pensiya ta’minoti” fani davlat pensiya tizimi tarixi, birdamlik taqsimot pensiya tizimining mohiyati, davlat pensiya tizimining shakllanishi va rivojlanishi omillari, bosqichlari, afzalliklari, davlat pensiyalarining turlari, davlatning pensiya siyosati, davlat pensiya ta’minotining huquqiy-institutsional asoslari, Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi faoliyati, jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi tavsifi, xorijiy mamlakatlarda pensiya tizimlarini boshqarish uslublari, ijtimoiy ta’minot huquqida nafaqalar mavzularidan tashkil topgan. Fanning maqsad va vazifalari Davlat pensiya ta’minoti fani – talabalarga davlat pensiya ta’minoti to’g’risidagi nazariy-amaliy bilimlar berish hamda zaruriy o’quv malakasini shakllantirishdir. “Davlat pensiya ta’minoti” fanining bosh muhim vazifasi, talabalarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi faoliyati, O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini isloh etish, mustaqil fikrlashni, jamiyatda fuqarolarni pensiya ta’minoti huquqlari to’g’risidagi bilimlar va fikrlarni o’rgatish orqali hayotda o’z o’rnini topishga yordam berish, jamiyat hayotidagi ijtimoiy jarayonlarga ijtimoiy nuqtai nazaridan yondashish, voqealarga shaxsiy, ijodiy, tanqidiy bahoga o’rganish uchun tayyorlashdan iborat. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yidagi talablar qo’yiladi: Talaba: “Davlat pensiya ta’minoti” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr fanning predmeti va vazifalari, davlat pensiya ta’minotining rivojlanish tarixi, pensiya tizimining shakllari, birdamlik pensiya tizimi, mohiyati, jamg’ariladigan pensiya tizimiga o’tishning zarurligi, pensiya ta’minoti daromadlari va xarajatlari, xorijiy mamlakatlarda pensiya tizimlarini boshqarish uslublari haqida tasavvurga ega bo’lishi; O’zbekistonda davlat pensiya ta’minotida davlat siyosati, mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimini shakllanishi va rivojlanishi, pensiya ta’minotini moliyalashtirish jarayonini barqarorligini ta’minlash talablari, rivojlanish tendensiyalari va takomillashtirish yo’nalishlarini bilish va ulardan foydalana olishi; Davlat pensiya ta’minoti huquqiy-institutsional asoslari, boshqarish tizimi, moliyalashtirish manbalari va uslublari, xorij mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimini boshqarish amaliyotini takomillashtirish jarayonida bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlik, ko’nikma va malakalariga ega bo’lish kerak. Ma’ruza mashg’ulotlari 1-mavzu. Davlat pensiya ta’minoti fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida davlat pensiya ta’minotini isloh etish to’g’risida hamda O’zbekistonning 2030 yilga qadar rivojlangan mamlakatlar qotoriga kiritish strategik dasturini amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan aholi turmush darajasini oshirish,ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va aholining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, yoshi ulug’ insonlarga sifatli davlat xizmatlari ko’rsatishning tizimini shakllantirish vazifalaridan kelib chiqib “Davlat pensiya ta’minoti” fanining ixtisoslik fanlar tizimidagi o’rni va ahamiyati. Fanning predmeti, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va vazifalari. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi. Aholini moliyaviy savodxonligini oshirishda davlat pensiya ta’minoti fanini ahamiyati. Ushbu fanni davlat pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirishda tutgan o’rni. 2-mavzu. Davlat pensiya ta’minoti fanining mohiyati va zarurligi. Davlat pensiya ta’minoti – ijtimoiy ta’minot tizimining tarkibiy qismi sifatida. Davlat pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, zarurligi va vazifalari. Davlat pensiya ta’minoti tizimi – davlatning muhim ijtimoiy instituti sifatia. Jahonda pensiya ta’minoti tizimining kelib chiqish sabablari, vazifalari. 3-mavzu. Davlat pensiya ta’minotining shakllanish va rivojlanish bosqichlari Insoniyat taraqqiyotida pensiya tizimlarini kelib chiqish tarixi. XX asrda takomillashgan pensiya va ijtimoiy ta’minot tizimlarining qaror topishi va shakllanishi. Rejali iqtisodiyot sharoitida pensiya va yoppasiga ijtimoiy ta’minoti tizimining xususiyatlari. O’zbekistonda ijtimoiy ta’minoti tizimining shakllanishi shart sharoitlari, omillari va rivojlanish bosqichlari. Aholini ijtimoiy ta’minot tizimining xavfsizligi va nazorati. Bozor munosabatlari sharoitida davlat pensiya ta’minotini transformasiyalashuvi. 4-mavzu. Mehnat staji va uzoq yillik xizmat davri Mehnat staji tushunchasi, mehnat daftarchasini yuritish tartibi, mehnat stajini tasdiqlovchi xujjatlar, mehnat staji turlari va ahamiyati, mexnat stajini hisoblash va tasdiqlash tartibi, mavsumiy ishlarda band bo’lgan xodimlarning mehnat stajini hisoblash tartibi, ijodiy xodimlar stajini tasdiqlash tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlarning mehnat stajini tasdiqlash tartibi, uzoq yillik xizmat davri va uni hisobga olishning xususiyatlari. 5-mavzu. Davlat pensiyalarining turlari, ularni hisoblash, tayinlash, to'lash va qayta hisoblash. Davlat pensiyalarining turlari, yoshga doir pensiyalar, nogironlik pensiyalari, boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari, davlat pensiyalarining hisoblashda o’rtacha oylik ish haqini aniqlash, pensiyalarini hisoblash, pensiyalarning oshirilishi, davlat pensiyalarini tayinlash, pensiyalarni to’lash va pensiyalarni qayta hichoblab chiqish. 6-mavzu. Yoshga dori pensiyalarni hisoblash va to’lash tartibi Yoshga doir pensiya tushunchasi, yoshga doir pensiya turlari, umumiy asoslarda yoshga doir pensiyalar, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyalar, ish staji to’liq bo’lmagan chog’dagi pensiyalar, muddatidan oldin yoshga doir pensiyalar, yoshga doir pensiyalarni hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi. 7-mavzu. Nogironlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi Nogironlik pensiyasi tushunchasi, nogironlikni belgilash mezonlari, nogironlik pensiyasi turlari, umumiy kasalliklar bo’yicha nogironlik pensiyalari, kasb kasalliklari bo’yicha nogironlik pensiyalari, mehnatda mayiblangan bo’yicha nogironlik pensiyalari, nogironlik pensiyalarini hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi. 8-mavzu. Boquvchisini yo’qotganlik pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi Boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi tushunchasi, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi turlari, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar ruyxati, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini tayinlash shartlari, boquvchisini yo’qotganlik pensiyasini hisoblash, qayta hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi. 9-mavzu. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon (fermer) xo’jaligi a’zolari pensiyalarini hisoblash va to’lash tartibi Yakka tartibdagi tadbirkorlarning mehnat daftarchasini yuritish tartibi, tadbirkorlarning byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari to’lash tartibi, yakka tartibdagi tadbirkorlarning pensiya miqdorini hisoblab chiqarish, qayta hisoblash, tayinlash va to’lash tartibi. 10-mavzu. Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlah va to`lash Harbiy xizmatchilarga pensiya tayinlash va to’lash, harbiy organlar ijtimoiy ta’minot huquqining subyekti sifatida, harbiy xizmatchilarga nogironlik pensiyalari tayinlash, harbiy xizmatchilarning oila a’zolariga boquvchisini yo’qotganlik pensiyalari tayinlash va to’lash tartibi. 11-mavzu. Davlat pensiya ta’minotida davlat dasturlari asosida ijtimoiy siyosatni amalga oshirish Pensiya ta’minoti borasidagi davlat siyosatining mazmuni va mohiyati, amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yo’nalishlari tarkibida pensiya ta’minotining tutgan o’rni. Davlatning fuqarolarni ijtimoiy himoyalashdagi ijtimoiy siyosati. Davlat pensiya tizimining ijtimoiy funksiyalari. 12-mavzu. Davlat pensiya ta’minotining huquqiy-institutsional asoslari Davlat pensiya ta’minotining huquqiy-institutsional asoslari. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni, mazmuni, tarkibi va ahamiyati. “Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni, mazmuni va ahamiyati. Pensiya ta’minoti xavfsizligi va nazoratining belgilovchi qonuniy-huquqiy xujjatlar tartibi. 13-mavzu. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish idoralarining vazifalari va majburiyatlari Pensiya ta’minotini boshqaruv idoralari funksiyalarini tashkil qilish to’g’risida tushuncha. Boshqarishning vazifalari. Boshqarishning obyektlari va subyektlari. Davlat pensiya ta’minotini boshqarish idoralari va ularning bo’g’inlari. Boshqarish idoralarining boshqaruv va nazorat qilish funksiyalari. Boshqaruv idoralarining huquq va majburiyatlari. 14-mavzu. Davlat pensiya ta’minotini moliyalashtirish jarayonini barqarorligini ta’minlash omillari Pensiya jamg’armasi daromadlari, mablag’ bilan ta’minlash, tarkibi, tuzilishi, pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirish, pensiya jamg’armasiga majburiy to’lovlar, majburiy ajratmalar stavkalari, pensiya jamg’armasi xarajatlari, tarkibi va tuzilishi, islohotlarning hozirgi bosqichida Pensiya jamg’armasi xarajatlarini optimallashtirish, pensiya ta’minotini moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish. 15-mavzu. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining faoliyati Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining mohiyati va zarurligi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasining tarkibiy tuzilishi. Pensiya jamg’armasining vazifalari. Pensiya jamg’armasining daromadlari tarkibi va shakllanish mexanizmi. Pensiya jamg’armasi xarajatlari tarkibi. Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida Pensiya jamg’armasi xarajatlarini hajmi va tarkibini optimallashtirish. Pensiya jamg’armasining moliya bozoridagi ishtirokini faollashtirish yo’nalishlari. 16-mavzu. Jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi tavsifi O’zbekistonda jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotini holati, ishtirokchilar soni, daromadlar tarkibi va ularni joylashtirish yo’nalishlari. O’zbekistonda jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotini rivojlanish tendensiyalari. Mamlakatimizda jamg’arib boriladigan pensiya ta’minotini rivojlantirishdagi muammolar. O’zbekistonda jamg’arib boriladigan pensiya tizimida investision faollikni oshirish yo’nalishlari. 17-mavzu. Xorijiy davlatlarda pensiya ta’minotini boshqarish uslublari Xorijiy davlatlarda ijtimoiy siyosat yo’nalishlari. Xorijiy davlatlarda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga mas’ul institutlar. Xorijiy davlatlarda pensiya tizimlarini boshqarish uslublari tavsifi. MDH davlatlari pensiya ta’minoti tizimlari. Yevropa ittifoqi mamlakatlarida pensiya tizimining xususiyatlari. Xorijiy davlatlarda pensiya tizimlarini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlari. Xorijiy davlatlarda pensiya tizimi islohotlarining ustuvor yo’nalishlari. Xorijiy davlatlarda pensiya tizimi huquqiy-institusional asoslari va ularni takomillashtirish istiqbollari. 18-mavzu. O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini boshqarishni takomillashtirish istiqbollari O’zbekiston Respublikasida pensiya ta’minotining tashkiliy-huquqiy asoslarini isloh qilishning zarurligi. Pensiya ta’minotini boshqarish idoralar faoliyatini takomillashtirish. Pensiya ta’minoti moliyaviy manbalarini mustahkamlash va ularning barqarorligini ta’minlash talablari. Mablag’lardan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni samarali tashkil qilish. O’zbekiston Respublikasida davlat pensiya ta’minoti isloh etish konsepsiyasi loyihasi va uni amalga oshirish. 19-mavzu. Fuqarolarga tayinlanadigan va to'lanadigan nafaqalar. Nafaqalar tushunchasi, ularning umumiy tasnifi va ijtimoiy ta'minot huquqida tutgan o'rni. Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni tayinlash va to'lash. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. Bola tug'ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli). Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa. Budjet hisobidan to'lanadigan ijtimoiy nafaqalar va ularning turlari 20-mavzu. Pensiya jamg’armasi hisobidan to’lanadigan nafaqalar Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalarni tayinlash va to'lash. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi. Bola tug'ilganda beriladigan nafaqa (suyunchi puli). Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling