O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” fakulteti


-yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana01.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1317712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aziz

2023-yil uchun davlat budjeti: Asosiy ko‘rsatkichlar 
Moliya vazirligi 2023-yilgi davlat budjetini taqdim etdi. Hujjat jamoatchilik 
muhokamasiga qo‘yilmadi. Unda YAIM 5,3%ga o‘sishi, inflyatsiya darajasi esa 
9,5% atrofida bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti taqchilligi chegarasi 
YAIMga nisbatan 3% miqdorida belgilandi. Ma’lum qilinishicha, 2023 yil uchun 


Davlat budjeti loyihasi va 2024−2025 yillar uchun budjet mo‘ljallari asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan. 
Xususan, 2023 yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz o‘sishi prognoz qilingan. 
Yalpi ichki mahsulotning ko‘zlangan o‘sish sur’atlari sanoatda ishlab 
chiqarishni 5,1 foizдан yuqori bo‘lishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizга, qishloq 
хўжалиgiда 3,5 foizга o‘sishi hisobiga ta’minlanishi prognoz qilinmoqda. 
Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023 yilda 9,5 
foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.Mazkur rivojlanish ko‘rsatkichlariga har 
bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish 
maqsad qilingan.2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq 
ravishda, soliq-budjet siyosatini amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ustuvor 
yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilash mumkin:budjet siyosatining ijtimoiy 
yo‘naltirilganligini, jumladan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoyani 
rivojlantirishga;hududlar, ayniqsa mahallalarning dolzarb muammolarni hal qilish, 
suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, atrof muhitni va tabiatni muhofaza 
qilishni ta’minlash; yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlashni kengaytirish; 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatida sof raqobat muhitini 
yaratilishiga zamin yaratish, bosqichma-bosqich soliq va bojxona imtiyozlarini 
bekor qilish; irinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga budjet 
mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan javobgarligi, hisobdorligi 
va vakolatlarini, davlat budjeti barqarorligini ta’minlash maqsadida, ilg‘or xorijiy 
tajribadan hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlarining tavsiyalaridan kelib 
chiqqan holda budjet xarajatlari samaradorligini oshirish ustuvor vazifalar sifatida 
belgilab olindi. Ushbu maqsadlardan kelib chiqib, 2023 yil uchun davlat budjeti 
daromadlari (Davlat maqsadli jamg‘armalariga transfertlarni inobatga olmagan 
holda) 232,1 trln so‘m, xarajatlari esa 227,9 trln so‘m miqdorida transfert ajratilishi 
rejalashtirilmoqda. 


Shuningdek, 
davlat 
maqsadli 
jamg‘armalari 
daromadlari 41,3 
trln 
so‘m miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln so‘m miqdorida rejalashtirilmoqda. 
Bunda, davlat maqsadli jamg‘armalariga respublika budjetidan 29,9 trln 
so‘m transfertlar ajratish belgilandi. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling