O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
-mavzu: O„zbek adabiyotini o„qitish metodikasi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish borasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar. 3. O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda ma’naviy
1.2-mavzu: O„zbek adabiyotini o„qitish metodikasi
fanining umumnazariy masalalari Reja: 1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani oldiga qo‘yilgan talablar va amaliyotda foydalanadigan darslik va o‘quv qo‘llanmalar xususida. 2. O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish borasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalar. 3. O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda ma’naviy tafakkurni rivojlantirishning samaradroligini oshirish tamoyillari. 4. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining metodologik asoslari. Mustaqilligimiz sharofati bilan tariximizni asl manbalar asosida xolisona o„rganishdek ulug„ ma‟naviy ne‟matga erishdik. Asl manbalar mohiyatini chuqurroq anglash uchun ularni qaytadan o„qiganda, o„lkamiz tarixining yangi qirralari, o„tmishning hali o„rganilmagan jihatlari tobora ravshanroq namoyon bo„lmoqda. Ma‟rifatparvar olim va jamoat arbobi Abdurauf Fitrat o„zining “Rahbari najot” asarida: “Bir vaqtlar bu mamlakatimiz madaniyat quyoshining chiqish joyi, ma‟rifat dunyosining manbai sifatida tanilgan edi”, - deb yozgan edi. 2 Darhaqiqat, bizning mamlakatimiz minglab mashhur olimlarni chor atrofga yetkazib berib, dunyoga tanitgan edi. Shuningdek, o„nlab, hatto yuzlab kitob tasnif qilgan olimlarni yetkazib bergan maktab va madrasalarni Abdurauf Fitrat “bashariyat taraqqiyotining onasi” deb ataydi. Sharqda yashab ijod etgan yirik mutafakkirlar, shoirlar va yozuvchilar, donishmand olimlarning ta‟lim olishlari va faoliyat olib borishlari uchun asosiy ilm va ma‟rifat markazlari bo„lib kelgan. Ushbu darslik muallifi ayrim ta‟lim tizimi tarixi unda o„rganilgan aqliy va naqliy ilmlar 2 Қаранг: Тарих шоҳидлиги ва сабоқлари. – Т.: Шарқ, 2000, 31-бет. 6 majmuasi, tarixi xususida qisqacha ma‟lumot berishni maqsad qiladi. Bu ma‟lumotlar keng o„quvchilar ommasiga mo„ljallangan bo„lib, tarixiy lavhalar shaklida bayon etilgan. Darslikka kiritilgan ayrim ma‟lumotlar ta‟lim tizimi, xususan, madrasalarda o„rganilgan ilmlarning sharqona usullari tarixi kam o„rganilgan bo„lib, muallif ularga alohida e‟tibor qaratadi hamda ularni daliliy misollar bilan boyitadi. Shu o„rinda Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyevning “Harakatlar strategiyasi” to„g„risidagi farmonida bevosita xalqimizni, qadriyatlarimizni, ma‟naviy merosimizni yoshlar ong-u qalbiga singdirishni ta‟lim-tarbiya sohasidagi ustuvor yo„nalish sifatida alohida e‟tirof etilishi katta ahamiyatga egadir. Farmondagi quyidagi satrlarda Prezidentimiz “Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar, avvalo, ijtimoiy qadriyatlar va ta‟lim tizimlar bilan raqobatlashmoqda. Shu nuqtayi nazardan, buyuk ajdodlarimiz bo„lgan islom olamining mutafakkirlari asarlarini ularni butunjahon sivilizatsiyasi rivojiga qo„shgan bebaho hissasini chuqur o„rganish, teran anglash va keng ommalashtirish alohida ahamiyatga egadir. – Shunga ko„ra mamlakatimizda ...ajdodlarimizning boy madaniy merosini chuqur o„rganish asosida yoshlarning ongu tafakkurini shakllantirish muhim strategik ahamiyat kasb etadi. Bu vazifalarning belgilanishi o„quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bilan bevosita bog„liqdir” 3 . Tarixan avlodlarimiz buyuk ajdodlarimiz merosiga tayangan holda har bir zamon va makonda yoshlar tafakkurini shakllantirganlar. Shunday ekan, ushbu darslik O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O„zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi PF 5712-son farmonida 3 Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги фармони. Халқ сўзи, 2017 йил. 8 февралъ № 28 (6722) 7 ta‟kidlangan “... o„qitish metodikasini takomillashtirish, ta‟lim- tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma- bosqich tadbiq etish” ko„rsatmasini ta‟lim amaliyotiga tadbiq etishda, shuningdek, “yoshlar ma‟naviyatini yuksaltirish, ular o„rtasida kitobxonlikni keng targ„ib qilish bo„yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo„naltirilgan” tashabbusni hayotga joriy qilishda hamda mazkur masalaga oid boshqa me‟yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi. Me‟yoriy hujjatlarda e‟tirof etilgan “yoshlar ma‟naviyatini yuksaltirish” borasida so„z borar ekan, umumta‟lim maktablarining o„quv dasturiga kiritilgan barcha fanlar qatori adabiyot fanining o„rni va ahamiyati muhim o„rin tutadi. Adabiyot fani asosan o„quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda, ularning estetik zavqini, tafakkurini tarbiyalashda katta ta‟limiy ahamiyatga egadir. Adabiyot ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida ma‟lum bir xalqning ijtimoiy hayoti, tarixi, urf-odatlari, tafakkur tushunchalari, ma‟naviyati va ma‟rifati bilan uzviy bog„liqdir. Shunday ekan, juda ko„p ta‟limiy masalalarni o„zida qamrab olgan adabiyot fani haqida yosh avlodga ma‟lumot berish uchun o„qitishning muqobil shakllarini tanlash va amaliyotda qo„llash bilan bog„liq pedagogik jarayonni tanlash muhim masalalardan biridir. Uzoq yillar davomida adabiyot o„qitish usullari pedagogika fanining uzviy qismi hisoblanib, adabiyotning taraqqiyot bosqichlari haqida, yozuvchilarning tarjimayi holi haqida, turli janrdagi badiiy asarlarning tahlili haqida ma‟lumot berib kelmoqda. Adabiyot o„qitish usullarini amaliyotda qo„llashdan maqsad, adabiyot fanida o„rganiladigan mavzularga asoslanib, ta‟lim-tarbiya masalasini amalga oshirish – o„qitish usullarining asosiy mezonidir. Pedagogika fani bilan o„qitish usullarining o„rtasidagi farq shundaki, pedagogika keng miqyosdagi masalalarni, ya‟ni ta‟lim- 8 tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini qamrab olsa, adabiyot o„qitish usullari esa tor doiradagi, ya‟ni faqat adabiyot ilmidan saboq berishga oid masalalarni hal qiladi. Demak, adabiyot o„qitish metodikasi fani, adabiy ta‟lim bilan bog„liq masalalarni hal qilish barobarida yosh avlod tafakkurini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu vazifani amalga oshirishda gumanitar fanlar orasida adabiyot fanining imkoniyatlari beqiyosdir. Bu imkoniyatdan foydalanish bugun paydo bo„lgan jarayon bo„lmay, balki asrlar davomida ta‟lim tizimida qo„llanilib kelingan. Inson aql-zakovati ilmga tashnalik to„yg„usini sezgan chog„lardayoq adabiyot faniga bo„lgan qiziqish uning asriy davomiyligi buyuk allomalarimiz ilmiy tafakkurida o„z aksini topgan. Adabiyot o„qitish usullarini kashf qilish, murakkab matndagi asarlarning asl mohiyatini o„quvchilarga yetkazish bugungi kundagi muhim muammolardan biridir. Chunki, adabiyot o„zining badiiy nafisligi bilan, so„z orqali inson ruhiyatiga qoniqish hosil qiluvchi fan sifatida alohida o„rin tutadi. Bu sirli olamni qanday o„qitish, qanday usullarni qo„llash kabi masalalar bugungi adabiyot o„qitish metodikasi fani oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Yuqorida tilga olingan muammolarni hal qilish adabiyot o„qitish usullari fanining maqsad va vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, adabiyot fanini o„qitish o„zining ko„p qirrali maqsad vazifasi bilan ajralib turadi. Adabiy ta‟lim haqidagi bilimlar asosi, dastavval, o„quvchilarni fikrlash va fikrni to„g„ri ifodalash malakalarini taraqqiy ettirish kabilar ham asosiy masalalardan biridir. Ma‟lumki, adabiyot mashg„ulotlarining yuksak samaradorligiga erishish uchun boy imkoniyatlar mavjudligini tajribali o„qituvchilar amalda ko„rsatib kelmoqdalar. Adabiy bilimga ega o„qituvchi, mashg„ulot jarayonida o„quvchilarga berilishi lozim 9 bo„lgan mavzularni oqilona, juda ustalik bilan yetkazishga intilmog„i lozim, chunki, o„qitish ilmgina bo„lib qolmay, balki san‟atkorlikni ham talab qiladi. Umumta‟lim maktablarining o„quv dasturiga kiritilgan badiiy asarlar mazmun-mundarijasi g„oyaviy jihatdan falsafiy, siyosiy, pandnoma, mantiq bilan uzviy bog„liqdir. Eng muhimi, o„quvchilarga adabiyot haqida tushuncha berish eng murakkab va qiyin jarayondir. Adabiyot mashg„ulotlarida ko„zda tutiladigan asosiy maqsad va vazifalarga o„quvchilarda estetik tarbiyani amalga oshirish adabiyot fani haqidagi tushunchalarni shakllantirishga erishishdan iborat bo„lmog„i lozim. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling