O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Savol va topshiriqlar: 
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan 
aloqadorlik tarixi haqida ma’lumot bering. 
2. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani va gumanitar fanlarning 
o‘zaro aloqadorligi xususida ma’lumot bering. 
3. Ta’limiy, tarbiyaviy fanlar va adabiyot o‘qitish metodikasi bilan 
o‘zaro uzviy maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. 
4. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanida turli sohaga oid fanlardan 
foydalanishning qanday yo‘llari mavjud? 
 
 
3.1-mavzu: O„zbek adabiyoti tarixi namunalarini o„qitishning 
o„ziga xos tamoyillari, o„qitishning metodlari 
Reja: 
1. O‘zbek adabiyoti tarixi namunalarini o‘rganishning o‘ziga 
xos xususiyatlari. 
2. O‘zbek adabiyoti tarixi namunalarini o‘rganishda samarali 
natijalarga erishishda muhim sanalgan talablar. 
3. Sharqona o‘qitish usullari va ularni o‘zbek adabiyotini 
o‘rganishdagi ahamiyati. 
4. Murakkab matnlar tahlili va sharqona o‘qitish usullarining 
o‘rni. 
 
Ma‟lumki, metod atamasi yunon tilidan olingan bo„lib, “yo„l, 
usul” ma‟nosini anglatadi. Xususan, adabiyot o„qitishda 
qo„llaniladigan o„qitish usullari falsafiy ma‟noda jamiyat va tabiat 
hodisalarini kuzatish ham voqelikka ilmiy-badiiy nuqtai nazardan 
yondashish demakdir. 
Adabiyot o„qitish metodikasi ta‟limiy, tarbiyaviy ahamiyatga 
ega bo„lib, maxsus fan sifatida o„rganiladi. Bu fanning o„ziga xos 
xususiyati va o„rni shundan iboratki, uni tarixiy hodisalar, tarixiy 
voqealar bilan bog„lashda, obzor mavzular, yozuvchining tarjimai 


35 
holi va badiiy asarlar mohiyati belgilanadi. Ayniqsa, obzor mavzuda 
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hodisalar, tarixiy voqealar 
yozuvchi yashagan davr bilan u yaratgan asar tahlili uzviy 
bog„lanadi. 
Ma‟lumki, har bir davrda o„ziga xos adabiy voqealar, yangi 
adabiy oqimlar va maktablar yuzaga keladi. Ular esa, tabiiyki. 
ijodkor yaratgan turli janrdagi asarlarida o„z aksini topadi. Demak, 
har bir davr adabiyotini o„rganishda tarixiy-adabiy nuqtai nazar 
e‟tiborga olinishi kerak. Bu ilmiy muammolar har bir davrdagi 
asarni tahlil etishda, shu jumladan, o„zbek adabiyoti tarixini 
g„oyaviy-badiiy tomondan o„rganishda muhim o„rin egallaydi. 
Mumtoz adabiyot namunalarini o„rganishda, har bir ijodkorning 
maktab dasturiga kiritilgan janriy jihatdan sodda va murakkab 
asarlarining tahliliga doir ilmiy, nazariy, uslubiy yo„l tanlanishi 
muhim ahamiyatga egadir. Mumtoz adabiyot namunalarining mavzu 
doirasi juda ham keng bo„lib, asosan inson ichki dunyosini insoniy 
komillikni, orzu-o„ylarini, jamiyatda bo„layotgan salbiy va ijobiy 
munosabatlarni ijodkor o„z nuqtai nazaridan kelib chiqib qalamga 
oladi va o„z badiiy mahoratini namayon etadi. 
Ular turli lirik janrlarda insoniy fazilatlarni ulug„laydi va ayni 
paytda o„z zamonasining murabbiysi sifatida insonni tarbiyalash 
bilan bog„liq ezgu ishni ham amalga oshiradilar. Shu o„rinda 
mumtoz adabiyot namunasi bo„lgan she‟riyat orqali eng ezgu 
niyatlarni qalamga olgan ijodkorlarning ijod namunalarini ko„rib 
chiqaylik. 
Ma‟lumki, mumtoz she‟riyatning mazmuniga zeb beradigan 
xususiyat ijodkorning tili va badiiy mahorati bilan o„lchanadi. 
Badiiy san‟at turini, xususan, ma‟naviy turini qo„llamagan shoirni 
uchratish qiyin. Ta‟limiy-diniy mavzuda yaratilgan g„azalda irsoli 
masal keng foydalanilsa, tarixiy voqealar, shaxslar bilan bog„liq 
voqealarda tahlil san‟ati keng qo„llaniladi. Ishqiy mavzudagi 
g„azallarni esa husni tahlilsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Mumtoz 


36 
adabiyotda ustoz shoirlar ijodiga tazmin bog„lash keng an‟ana 
bo„lgan. Bu san‟at ikki shoir ijodini bir-biriga qiyoslab baho berish 
imkonini beradi. 
Mumtoz she‟riyatda qo„llanilgan badiiy san‟at ijodkorning 
mahoratini, iste‟dodini namoyon etadi. Tahlilchi esa undan ko„p 
ma‟no yuklatilgan nuqtalarini belgilab olish imkoniga ega bo„ladi. 
Matn mohiyatiga kirib borish, ma‟no qatlamlarini qunt bilan 
o„rganish, qayta baholash kabi sharoitlar yaratiladi. Tahlil qanchalik 
keng bo„lsa, g„azal yoki boshqa janrning yaratilishiga sabab bo„lgan 
asos oydinlashadi. Aniqrog„i, talqinchi bilan muallif orasida 
mutanosiblik paydo bo„ladi. Shoirni qalam olishga undagan sababni 
ko„ra oladi. Masalan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Bedil g„azallari 
tahlil qilinganda shunday holni kuzatish mumkin. Shuningdek, tahlil 
jarayonida biror manbada uchramaydigan shoir bilan bog„liq tarixiy 
ma‟lumotlar, shoir tarjimai holi bilan bog„liq lavhalar, uni iztirobga, 
hayajonga solgan sabablar g„azal matni qatidan chiqib 
kelayotgandek bo„ladi. Yoki, aksincha, tarixiy manbalarda 
keltirilgan ma‟lumotlarni g„azal matnidagi ishoraga, belgiga 
qiyoslash ham mumkin. 
Masalan, Alisher Navoiyning «Aylagay» radifli g„azalining 
yakunlovchi baytida shoirning Astrobod surgunida yurgan davridagi 
mashaqqatli hayotini eslatuvchi muhim bayt keltiriladi: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling