O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ta’limiy, tarbiyaviy fanlar va adabiyot o‘qitish metodikasi bilan o‘zaro uzviy maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering.
- 3.1-mavzu: O„zbek adabiyoti tarixi namunalarini o„qitishning o„ziga xos tamoyillari, o„qitishning metodlari Reja
Savol va topshiriqlar:
1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan aloqadorlik tarixi haqida ma’lumot bering. 2. Adabiyot o‘qitish metodikasi fani va gumanitar fanlarning o‘zaro aloqadorligi xususida ma’lumot bering. 3. Ta’limiy, tarbiyaviy fanlar va adabiyot o‘qitish metodikasi bilan o‘zaro uzviy maqsadi va vazifalari haqida ma’lumot bering. 4. Adabiyot o‘qitish metodikasi fanida turli sohaga oid fanlardan foydalanishning qanday yo‘llari mavjud? 3.1-mavzu: O„zbek adabiyoti tarixi namunalarini o„qitishning o„ziga xos tamoyillari, o„qitishning metodlari Reja: 1. O‘zbek adabiyoti tarixi namunalarini o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari. 2. O‘zbek adabiyoti tarixi namunalarini o‘rganishda samarali natijalarga erishishda muhim sanalgan talablar. 3. Sharqona o‘qitish usullari va ularni o‘zbek adabiyotini o‘rganishdagi ahamiyati. 4. Murakkab matnlar tahlili va sharqona o‘qitish usullarining o‘rni. Ma‟lumki, metod atamasi yunon tilidan olingan bo„lib, “yo„l, usul” ma‟nosini anglatadi. Xususan, adabiyot o„qitishda qo„llaniladigan o„qitish usullari falsafiy ma‟noda jamiyat va tabiat hodisalarini kuzatish ham voqelikka ilmiy-badiiy nuqtai nazardan yondashish demakdir. Adabiyot o„qitish metodikasi ta‟limiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lib, maxsus fan sifatida o„rganiladi. Bu fanning o„ziga xos xususiyati va o„rni shundan iboratki, uni tarixiy hodisalar, tarixiy voqealar bilan bog„lashda, obzor mavzular, yozuvchining tarjimai 35 holi va badiiy asarlar mohiyati belgilanadi. Ayniqsa, obzor mavzuda ijtimoiy-siyosiy, madaniy-adabiy hodisalar, tarixiy voqealar yozuvchi yashagan davr bilan u yaratgan asar tahlili uzviy bog„lanadi. Ma‟lumki, har bir davrda o„ziga xos adabiy voqealar, yangi adabiy oqimlar va maktablar yuzaga keladi. Ular esa, tabiiyki. ijodkor yaratgan turli janrdagi asarlarida o„z aksini topadi. Demak, har bir davr adabiyotini o„rganishda tarixiy-adabiy nuqtai nazar e‟tiborga olinishi kerak. Bu ilmiy muammolar har bir davrdagi asarni tahlil etishda, shu jumladan, o„zbek adabiyoti tarixini g„oyaviy-badiiy tomondan o„rganishda muhim o„rin egallaydi. Mumtoz adabiyot namunalarini o„rganishda, har bir ijodkorning maktab dasturiga kiritilgan janriy jihatdan sodda va murakkab asarlarining tahliliga doir ilmiy, nazariy, uslubiy yo„l tanlanishi muhim ahamiyatga egadir. Mumtoz adabiyot namunalarining mavzu doirasi juda ham keng bo„lib, asosan inson ichki dunyosini insoniy komillikni, orzu-o„ylarini, jamiyatda bo„layotgan salbiy va ijobiy munosabatlarni ijodkor o„z nuqtai nazaridan kelib chiqib qalamga oladi va o„z badiiy mahoratini namayon etadi. Ular turli lirik janrlarda insoniy fazilatlarni ulug„laydi va ayni paytda o„z zamonasining murabbiysi sifatida insonni tarbiyalash bilan bog„liq ezgu ishni ham amalga oshiradilar. Shu o„rinda mumtoz adabiyot namunasi bo„lgan she‟riyat orqali eng ezgu niyatlarni qalamga olgan ijodkorlarning ijod namunalarini ko„rib chiqaylik. Ma‟lumki, mumtoz she‟riyatning mazmuniga zeb beradigan xususiyat ijodkorning tili va badiiy mahorati bilan o„lchanadi. Badiiy san‟at turini, xususan, ma‟naviy turini qo„llamagan shoirni uchratish qiyin. Ta‟limiy-diniy mavzuda yaratilgan g„azalda irsoli masal keng foydalanilsa, tarixiy voqealar, shaxslar bilan bog„liq voqealarda tahlil san‟ati keng qo„llaniladi. Ishqiy mavzudagi g„azallarni esa husni tahlilsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Mumtoz 36 adabiyotda ustoz shoirlar ijodiga tazmin bog„lash keng an‟ana bo„lgan. Bu san‟at ikki shoir ijodini bir-biriga qiyoslab baho berish imkonini beradi. Mumtoz she‟riyatda qo„llanilgan badiiy san‟at ijodkorning mahoratini, iste‟dodini namoyon etadi. Tahlilchi esa undan ko„p ma‟no yuklatilgan nuqtalarini belgilab olish imkoniga ega bo„ladi. Matn mohiyatiga kirib borish, ma‟no qatlamlarini qunt bilan o„rganish, qayta baholash kabi sharoitlar yaratiladi. Tahlil qanchalik keng bo„lsa, g„azal yoki boshqa janrning yaratilishiga sabab bo„lgan asos oydinlashadi. Aniqrog„i, talqinchi bilan muallif orasida mutanosiblik paydo bo„ladi. Shoirni qalam olishga undagan sababni ko„ra oladi. Masalan, Navoiy, Bobur, Mashrab, Bedil g„azallari tahlil qilinganda shunday holni kuzatish mumkin. Shuningdek, tahlil jarayonida biror manbada uchramaydigan shoir bilan bog„liq tarixiy ma‟lumotlar, shoir tarjimai holi bilan bog„liq lavhalar, uni iztirobga, hayajonga solgan sabablar g„azal matni qatidan chiqib kelayotgandek bo„ladi. Yoki, aksincha, tarixiy manbalarda keltirilgan ma‟lumotlarni g„azal matnidagi ishoraga, belgiga qiyoslash ham mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning «Aylagay» radifli g„azalining yakunlovchi baytida shoirning Astrobod surgunida yurgan davridagi mashaqqatli hayotini eslatuvchi muhim bayt keltiriladi: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling