O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Download 1,64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
sharaf va ulug„lik osmonining qo„yoshi, dunyo buyuklarining
peshvosi, yaxshi xulqlar mabai…ilm va irfon egalarining namoyandasi», deya baho beradi. Yoki ko„p qirrali ijodkor bo„lganligini Zahiriddin Muhammad Bobur o„zining «Boburnoma» asarida quyidagicha ta‟riflaydi: «Alisherbek naziri yo„q kishi erdi. Turkiy til bila to she‟r aytubdurlar, hech kim oncha ko„p va xo„b aytqon emas» kabi ma‟lumotlari ortiqcha izoh va ta‟rifga o„rin qoldirmaydi. Xondamir va Boburdan olingan ma‟lumotlardan so„ng, o„quvchilar Alisher Navoiyni turkiy til va adabiyotning ravnaqi 90 uchun tinmay mehnat qilgan, xalq, vatan manfaatlari uchun kurashgan ajoyib inson, zabardast, sermahsul shoir, o„z zamonasining allomasi ekanligi o„quvchilar ko„z oldida namoyon bo„ladi. Yoki, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid mashg„ulotning kirish qismida esa, Alisher Navoiydan farqli jihatlari bo„lib, u buyuk podshoh, mumtoz shoir, adabiyotshunos, tilshunos ko„p qirrali faoliyat sohibi sifatida ma‟lumotlar beriladi. Ayniqsa, uning «Boburnoma» tarixiy-me‟muar asari haqida ham aytib o„tadi. Har ikkala shoir haqidagi kirish mashg„ulotida, avvalo o„quvchilarga qisqa suhbat yo„li bilan 5,6,7-sinflarda o„tilgan mavzularni qay darajada xotiralarida saqlanganliklarini aniqlash ham mashg„ulotni sermazmun bo„lishini ta‟minlaydi. Mashg„ulotning kirish qismida ma‟ruzaning asosiy bosqichida o„rin tutgan, katta ta‟limiy ahamiyatga ega bo„lgan shoirning bolalik va yoshlik yillari bilan bog„liq ma‟lumotlar muhim ahamiyatga egadir. Mashg„ulotning bu qismi, asosan an‟anaviy tus olgan bo„lib, o„quvchilarning yosh xususiyatlariga xos va mos bo„lib, ruhiy yaqinlikni his qilganliklari uchun ham ularning diqqat-e‟tiborini tortadigan bir tahliliy jarayondir. O„quvchilar Alisher Navoiyning Hirotda 1441-yil 9-fevralda tug„ilganligini yaxshi biladilar. Ularni qiziqtirgan muhim jihat uning bolalik chog„lari, maktabda o„qigan davrida qanday bola, o„quvchi ekanligidir. Bu o„rinda ham Xondamirning «Makorim ul- axloq» asarida keltirilgan parcha o„quvchilarni qiziqtirgan savolga javob sifatida katta ahamiyatga egadir. «Ul hazratning muborak tillarida bolalik chog„laridayoq, ajoyib so„zlar jarayon topardiki, eshituvchilar hayrat dengiziga cho„mardilar» degan so„zlaridan ma‟lumki, bo„lajak shoir bolaligidan ziyrak, hozirjavob, burro Alisher Navoiyning o„zi ham bolaligi haqida «Majolis un-nafois» asarida kichik bir voqeani aytib o„tadi: «…faqir alar sori borishga 91 muvaffaq bo„ldim. Har nekim so„rdilar javob aytdim. Tabaskim: maktabga borurmusen? Dedimkim: Sen? Dedimkim: «Taborak» surasig„acha» Dedimlarkim: «Bu jamoa atfolidin biz tilaganda, sen kelib, biz bila oshno bo„lding, sening uchun fotiha o„qush, deb o„z fotihalarig„a musharraf qildilar». Shoir bu xotirasida bolaligida kattalar bilan bo„lgan yig„inda bu suhbatni keltirar ekan, yig„indagilarni hayratga solganini, aynan betakror xotira sohibi ekanligini namoyon etadi. Tabiiyki, bu ma‟lumot o„quvchilarga ta‟sir qilish barobarida, unga nisbatan havas o„yg„otishi mumkin bo„lgan hayotiy voqea hisoblanadi. Alisher Navoiyning bolaligi o„ziga to„q, ziyoli oilada kechganligi uchun uning tarbichsi, bilim olishi uchun imkoniyatlar mavjud bo„lganligini yaxshi tushunadilar. O„zbek adabiyoti tarixi namoyandalari orasida oddiy, kambag„al oilada tug„ilib voyaga etgan ijodkorlarning bolaligi, turmush tarzi, Alisher Navoiy, Bobur hayotiga qiyoslaganda katta tafavutni o„quvchilar his qiladilar. Yuqori sinflarning o„quv dasturiga kiritilgan Boborahim Mashrab hayoti va turmush tarzi oddiy, xonadonida voyaga etgan ijodkorlardan biridir. Boborahim Mashrab Alisher Navoiydan 200 yil keyin yashagan iste‟dodli shoirdir. U 1640-yilda kambag„al kosib Valibobo bo„zchi oilasida dunyoga keladi. Shoir hayoti va ijodi haqida ma‟lumot beruvchi manba xalq orasida shuhrat qozongan «Devonai Mashrab», «Devoni Mashrab», «Hazrati shoh Mashrab» nomli qissalardir. Unda shoirning bolaligi, yoshligi haqidagi qisman ma‟lumotlar keltirilgan bo„lib, unda uning otadan yosh etim qolganligi, oilada moddiy qiyinchiliklar vujudga kelganligi haqida so„z yuritiladi. Bo„lajak shoir otadan yosh etim qoladi. Onasi ip yigirib ro„zg„or tebratadi. Turmush og„irliklariga qaramay, idrokli Boborahimda tug„ma qobiliyat, ziyraklik, tirishqoqlik, yoshligidanoq ilm olishga, ma‟lumot olishga imkon bergan. 92 Ijodkor tarjimai holining ilk bosqichi bo„lgan bolalik va yoshlik yillariga doir ma‟lumotlarni muallif xotiralaridan, ayrim badiiy asarlarida ishora qilgan o„rinlaridan foydalanish ham mashg„ulotni mazmundor o„tishiga katta yordam beradi. Bunday ma‟lumotlar deyarli barcha ijodkorlar merosida uchraydi. Shu o„rinda Alisher Navoiyning bolalikdan kitobga mehr qo„yganligini, xususan, Sa‟diy Sheroziyning «Guliston», «Bo„ston» asarlarini o„qiganligi haqidagi ma‟lumotlar manbalarda uchraydi. Bolaligida yoshiga mos bo„lmagan Farididdin Attorning «Mantiq ut-tayr» asarini qunt bilan o„qib, yod olganligi, keyinchalik otasi bilib qolib yashirib qo„yganligini o„zining «Lison ut-tayr» asarida hikoya qiladi: Download 1,64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling