O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Qaro ko„zum, kelu mardumlig„ emdi fan qilg„il,
Ko„zum qarosida mardum kibi vatan qilg„il. 
Tahlilchilar g„azal tahliliga kirishishdan oldin tushunilishi qiyin 
bo„lgan so„zlarga sharh berib o„tadilar. Shuningdek, ibora-
timsollarga aniqlik kiritadilar. Masalan, g„azaldagi «qaro ko„zum» 
birikmasini ikki xil mazmunda sharhlaydilar. Ya‟ni «Ey ko„zimning 
oqu qorasi» yoki «qaro ko„zligim» tarzida sharhlanadi. Bir mudarris 
bu so„zni ilohiy so„fiyona va dunyoviy ma‟nolar bilan 
yo„g„rilganligini, ya‟ni Olloh ma‟nosida sharhlasa, ikkinchisi sevikli 
go„zal mahbuba, yor, do„stni anglatishini aytadi, yana biri esa, ota 
o„z farzandiga odamlarga xos bo„lgan fazilatlarni o„rgan deb nasihat 
qilganligini ta‟kidlaydi. 
G„azal matla‟ida to„rtta izohtalab so„z bor. Birinchisi 
mardum” so„zidir. Bu so„z lug„atlardagi izohlarga ko„ra ikki 
ma‟noni ifodalaydi: 1) odamlar, kishilar; 2) ko„z qorachig„i. 
Mardumlig„ odamgarchilik, insoniylik, muruvvat, marhamat
insonparvarlik ma‟nolarini ham anglatadi.
«Fan» (ko„pligi funun) so„zi ham ko„p ma‟noga ega bo„lib, 
uning bilim, ilm, fan, hunar, san‟at kabi bosh ma‟nolaridan tashqari 
bir qancha ko„chma ma‟nolari mavjud: “fan” – hiyla; “purfan” – 
hiylakor, nayrangboz. Kimdir bu so„zni asl ma‟nosida talqin qilsa, 
kimdir rasm, odat, oydin, kimdir «purfan» - ijobiy xislatning 
kinoyaviy talqinidagi makr-hiyla, nayrang, hunar, yo„l-yo„riq, 
vafoga va‟da qilmaslik kabi ma‟nolar ifodalanishini ta‟kidlaydi. 
«Emdi» vaqt chegarasini bildiradi, oshiq uzoq ayriliq alamiga 
chek qo„yishni iltijo qiladi. «Vatan» so„zi avvalam bor oshiyon, 


78 
manzil, makon, maskan ma‟nolarini ifodalasa, ikkinchidan, qo„nim, 
sukunat, harakatsizlik, istiqomat kabi ma‟nolarni ifodalaydi. 
G„azaldagi ko„p ma‟noli so„zlarning ma‟nolari izohlanishi bilan 
masala hal bo„lmaydi. Chunki shoir mazkur so„zlardan badiiy 
san‟atlar, so„z o„yinlari yaratgan. Masalan: «mardum» va 
«mardumlig„» so„zidan so„z o„yini – tajnis yaratilgan bo„lsa, «qaro 
ko„zum», «ko„zum qarosi» birikmasi vositasida shoir tardi aks 
(teskari takror) san‟atini qo„llaydi. «Mardum» va «mardumlig„», 
«qaro ko„zum», «ko„zum qarosi» so„z va birikmalar vositasida esa 
«shiru shakar» san‟ati qo„llangan. Yuqorida keltirilgan murakkab 
so„zlar sharhi, izohi badiiy san‟atlarning qo„llanilishi aniqlangandan 
so„ng, bir baytning bir necha tahlili maydonga keldi. O„qituvchi 
o„quvchilarga bir bayt tahlilini maktab darsliklariga mualliflik 
qilgan adabiyotshunos olim Vahob Rahmonovning g„azaldagi 
badiiy san‟atlarni aniqlash usulini quyidagi namunasini tavsiya 
etadi. 
V.Rahmonov birinchi baytda qo„llanilgan badiiy san‟atlarning 
11 turini birma-bir izohlab o„tadi va baytning badiiyona tahlilini 
beradi: 
«Baytda muallif quyidagi san‟atlardan foydalangan: birinchisi: 
«Qaro ko„zum» birikmasida murojaat, xitob qilinmoqda. Ya‟ni, nido 
san‟ati qo„llangan. Ikkinchidan, shu birikmaning o„zida sifatlash 
san‟ati ham borki, ko„zning sifati, qoraligi uqtirilgan; uchinchidan, 
«qaro ko„zum» birikmasida birgina ko„z qoraligi emas, balki shu 
qora ko„z egasi – kishi nazarda tutilgan: narsaning o„zi uning bir 
qismi bilan atalsa, sinekdoxa san‟ati bo„ladi; to„rtinchidan, ikkinchi 
misrada «qaro ko„zum» birikmasidagi so„zlar o„rin almashinib 
takrorlangan: «ko„zum qarosi». Bu – tardi aks. Beshinchidan, 
baytdagi buyurish, hukmfarmonlik ohangi amr san‟ati tufayli. 
Oltinchidan, «mardum, mardumlig„» so„zlari o„zakdosh (ishtiqoq 
san‟ati). Yettinchidan, matnda «mardum» so„zi ikki karra qo„llanib, 
biri «odamlar», ikkinchisi «ko„z qorachig„i» ma‟nosida – tajnis. 


79 
Sakkizinchidan, «mardum kibi» so„zlaridagi birinchi so„z ikki 
ma‟noliligi misraga ikki xil mazmun yuklaydi: «odamlarday va 
«ko„z qorachig„iday» (iyhom). To„qqizinchidan, baytdagi so„z 
takrorlari («qaro», «ko„z») takrir san‟atiga misol. O„ninchidan, 
«mardum kibi» birikmasidagi o„xshatish, qiyoslash ma‟nosi tashbeh 
san‟atidir. O„n birinchidan, baytda va butun she‟r bo„ylab qofiyadan 
so„ng «qilg„il» so„zi radif bo„lib kelgan, muraddaf san‟ati. 
(V.Rahmonov. Badiiyat javhari // Tafakkur, 2006, 1-son, 67-68-
betlar). Mazkur namunadan so„ng o„quvchilar mustaqil tahlilga 
o„tadilar.
Bir o„quvchi: «Qaro ko„zli go„zalim, kelsang-chi, muruvvat va 
vafo yo„lini, odamiylik rasmini tutsang-chi». Odamning ko„z 
qorachig„ida ko„z gavhari joylashgan bo„ladi. Ko„z mana shu 
gavhar vositasidagina borliqni ko„ra oladi. Ana shu tabiat qonunini 
nazarda tutib shoir ikkinchi misrada yana iltijo qiladi. «Ko„zimning 
qorachig„ida gavhar kabi vatan tutsang-chi, toki men ko„zim 
yorishib olam go„zalliklaridan bahramand bo„lsam». Deya tahlil 
qilgan bo„lsa, ikkinchi o„quvchi ushbu ko„rinishda tahlil qiladi. 
Tahlil shu tarzda davom etadi. Shoir «mardum» va «mardumlig„» 
orasida so„z o„yini – tajnis yasash bilan kifoyalanmay, shu 
ma‟nolarni ifodalovchi o„zbekcha «qora ko„zum» va «ko„zum 
qarosi» birikmalarini keltirib, to„rt tomonlama «shiru-shakar» (ikki 
tili) tajnisi tom san‟atini ijod etgan. Yana bir o„rinda g„azalning 
tasavvuf ta‟limoti asosida tahlil qilar ekan, unga bastalangan 
kuyning “Ushshoq” deb atalishida ham so„fiyona ma‟no borligini 
to„g„ri ko„rsatadi. “Ushshoq” “oshiqlik” deganidir. “Ushbu g„azalda 
oshiqning komil insonga muhabbati ifodalanadi. Tasavvuf 
lug„atlarida ko„z – komil inson timsolidir. Chunki ko„z faqat 
o„zgalarni ko„radi, o„zini esa ko„rmaydi. Ko„zni sevish orqali ilohiy 
jamolni sevish ifodalanadi”. Oshiq yorni faqat ko„rib turishni emas, 
ko„z qorachig„ida jo qilmoqlikni istaydi va qayon boqmasun, 
oygami, gulgami, shabnamgami bariga oy jamoli orqali boqishni 


80 
orzu qiladi, barchasida uning timsolini ko„rishni tilaydi. Shoir 
g„azalda o„z mahbubasiga ko„z qorachig„idan o„rin berishga, bosgan 
har bir qadami uchun jonini fido etishga tayyor, oshiq shoir yorini 
«mardumlig„» ya‟ni mehribonlik va samimiylik, do„stlikka 
chaqiradi. «Mardum» - insoniylik, ko„z qorachig„i, «fan», odat, 
hunar ma‟nolarini ifodalaydi. Demak, ko„z gavhariday aziz, pokiza 
sevgilisidan oshiq insoniylik, vafodorlik, rahm qilishni va qorachiq 
singari ko„zdan joy olishni istamoqda. Dastlabki baytda oshiqning 
ma‟shuqasiga murojaati keltirilgan. Bayt «qaro ko„zum» degan 
murojaat bilan boshlanadi. Bu so„zda baytdagi «mardum», 
«mardumlig„» va «ko„zum qarosi» so„zlariga nisbat bor, shuning 
uchun Navoiy o„z manzuriga, masalan, «dilo», «e jon» yoki boshqa 
biror so„z bilan murojaat qilmasdan, «qora ko„zum» deb murojaat 
etgan. Demak, Navoiy baytda ey mening qora ko„zligim, kel endi 
mardumlig„, ya‟ni qorachig„i bo„lishini istagan va kishilikni odat qil 
va mening ko„zimning qorasida mardum, ya‟ni ko„z qorachig„i kabi 
va kishilar singari o„rnashib ol, degan fikrni bayon qilgan. 
Kishilikni odat qil, deyishdan murod pari yoki farishtaga o„xshab 
ko„zdan g„oyib bo„lma, deya yolvorishdir. Bunda manzurning 
nodirligiga ham ishora bor. Ko„zumning qorachig„i bo„l, deb ifoda 
etishdan maqsad ko„z o„ngimdan ketma deyishdir. Kishining ko„z 
o„ngida go„zal sur‟atning ketmasligi uning ma‟naviy kamolotiga 
sabab bo„ladi. Alisher Navoiy g„azallaridagi inson, bir tomondan, 
go„zal mahbuba bo„lsa, ikkinchi tomondan do„st, yor erkak jinsidagi 
yaqin kishi ham bo„lib keladi. Bu fikrning isboti ulug„ shoirning 
aynan ushbu «Qora ko„zum» g„azalida aks etganligini ko„rish 
mumkin. Navoiy g„azaliyotida ham insoniy (ayol-erkak o„rtasidagi), 
ham ma‟naviy (jinsi farq qilmaydi) hamda haqiqiy (Olloh taologa 
nisbatan) ishq ifodasini topgan bo„lib, ana shu asosda uning 
timsollari ham belgilanadi: oshiq-ma‟shuqa, do„st-yor, Olloh-solih 
va boshqalar. Shoir birinchi satrdayoq o„zi sevgan komil insonni 
yuksak odamiylikka da‟vat etadi. “Mardumlig„”, ya‟ni odamiylik 


81 
kasb etgan (“fan” so„zi Navoiy zamonida kasb, odat, tadbir 
ma‟nolarida ishlat ilgan) degani – ilohiy qudratga yaqin turadigan 
chin inson bo„lgin deganidir. Shoir ana shunday komil insonni ko„z 
qoracho„g„idek aziz deb biladi. Navoiyning yuksak mahorati 
shundaki, u she‟rga solgan ko„pchilik so„zlar ikki-uch, goho undan 
ham ko„proq ma‟nolarni ifodalaydi. Ma‟no tagidan ma‟no chiqadi 
va bir-birining ta‟sir kuchini oshiradi. Bu yerda ham “mardum”, 
“odam” ma‟nosini bildiruvchi so„z ayni vaqtda fors tilida “ko„z 
gavhari” degan ma‟noda ham keladi, “ko„zum qarosig„a” degan 
turkiy tildagi ibora orqali har ikki tilning imkoniyatlari bir-biriga 
qo„shilib, komil insonga bo„lgan muhabbat kuchini oshirganday 
bo„ladi. Nihoyat, lirik qahramon koml insonga qarata “ko„zum 
qarosida mardum kibi vatan qilg„il” deganda, ma‟no, ya‟ni oshiq o„z 
suyukli yoriga ko„z qoracho„g„ini doimiy vatan qilib berishga 
tayyorligini aytadi. Bir necha qilingan tahlillardan ko„rinadiki, 
g„azal o„ta mahorat bilan yaratilgan, Alisher Navoiyning badiiy 
tafakkurining o„ziga xos namunasini namoyon etgan. Shoirning 
g„azal yozish uslubidagi bir mavzuni keng va chuqur yoritish, ruhiy 
kechinmalarni samimiy ifodalash kabi jihatlar she‟riyat muxlisini 
o„ziga jalb etganligini ushbu g„azal tahlilidan ham ko„rish mumkin. 
Alisher Navoiy mazkur g„azalni yozgunga qadar ham ishq 
mavzusida ko„plab g„azallar yozganligi tabiiydir. Bu g„azalda ham 
ishq mavzusini bayon etgan satrlar shu qadar teran, shu qadar 
ko„lamliki, bir ta‟rif ikkinchisini takrorlamaydi. Shu bois, bu g„azal 
o„zining sermazmun badiiy sehri, ma‟naviy-ruhiy ta‟sirchanligi 
bilan shoirning lirik merosida ajralib turadi. Yuqorida keltirilgan 
tahlil namunalari ham shundan dalolat berib turibdi. Lekin, bu 
tahlillar ham tugal, oxiriga yetkazilgan degan xulosaga kelish 
imkonini bermaydi. Chunki, tahlillarning qaysi biri Alisher Navoiy 
aytmoqchi bo„lgan fikrning asl mazmunini ochib bergan variantini 
saralash lozim bo„ladi. Kimki, bu g„azalning tahliliga qo„l urmasin 
shoir haqiqatini ochib berishga intilgan, barchasi shoir mahoratini 


82 
g„azal satrlarida yashirinib yotgan sehrini, tilsimini ochishga 
uringan. Natijada turli xil bahslar, munozaralar vujudga keladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling