O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

maf‟ulu mafoilun mafoiylu faal 
El- an-ga/ sha-fi-qu- meh- /ri-bon- bo„l-ma-/ se-mish. 
- - v v - - v v - - v v - 
Ol-tin –qa-/ fa-sich- ra- gar/ qi- zil -gul –bit/sa, 
- - v v - v - v - - - v 
Bul-bul-g„a/ ti- kon- de-ko / sh- yon –bo„l-ma/ se-mish.
- - v v - - v v - - v v - 
axrab maqbuz makfuf ajaab shaklida 
bo„ladi. 
Demak, ruboiy cho„ziq va qisqa hijolardan iborat bo„lib, ular 
ochiq bo„g„inlar qisqa (v) , yopiq bo„g„inlar cho„ziq (-) hijo 
hisoblanadi. Ruknlar (ustun) esa cho„ziq va qisqa hijolar birikuvidan 
hosil bo„ladi. Aslida, she‟rdagi bayt(uy)lar ana shu rukn 
(ustun)lardan iboratdir. Aruzda sakkizta rukn mavjud. Ular 
quyidagilardan iborat. 
1. 
Foilun- fo-i-lun 
- v – 
2. Faulun- fa-u-lun 
- v - 
3. Mafoiylun- ma-fo-iy-lun 
v - - - 
4. Foilotun- fo-i-lo-tun 


126 
- v - -
5. Mustaf‟ilun- mus-taf‟-i-lun 
- - v - 
6. Mafoilatun- ma-fo-i-la-tun 
V - v - - 
7. Mutafoilun- mu-ta-fo-i- lun 
V v - v - 
8. Maf‟ulotu- maf‟- u-lo-tu 
- v - - 
Ruklar takrori va tarmoqlanishidan bahrlar vujudga keladi. Bahrlar 
ikkiga bo„linadi: asliy va far‟iy bahrlar. Bir ruknning aynan 
takroridan hosil bo„lgan bahrlar asliy bahrlardir. Ikki yoki kndan 
ortiq ruknlar takrori yoki tarmoqlanishidan fa‟riy bahrlar hosil 
bo„ladi. 
Alisher Navoiy “Mezon ul avzon” asarida 19 ta bahrni 
ko„rsatadi, shoxchalari (zihof) bilan yuzdan ortadi, deb ta‟kidlaydi. 
Boburning “Muxtasar” (“Risolai aruz”) asarida esa 21 ta bahr 
haqida ma‟lumot berilgan. Bobur qo„shimcha yana ikkita (aqiyq va 
amiyq) bahrni o„lchovga solgan. 
Yuqoridagi nazariy ma‟lumotlarni yanada aniqroq bayon qilish 
uchun Boburning “Har kimki vafo qilsa” ruboiysini namuna sifatida 
keltiramiz. 
Har- kim-ki/ va-fo-qil-sa/ va-fo top-qu/si-dur, 
- - v v - - v v - - v v - 
Har- kim-ki/ ja-fo- qil-sa/ ja-fo-top-qu/si-dur. 
- - v v - - v v - - v v - 
Yax-shi-ki/shi-ko„r-ma-gay/ya-mon-liq-har/giz, 
- - v v - v - v - - - - 
Har- kim-ki/ ya-mon-bo„l-sa/ ja-zo top-qu/si-dur. 
- - v v - - v v - - v v



127 
Ruboiyning 1,2,4- misrvalari hazaji musammani axrabi makfkfi 
solimi ajabb, 3-misra hazaji musammani axrabi maqbuzi solimi 
abtar vaznida yozilgan. 
Umuman, Sharq lirikasi, uning rang-barang turlari haqida 
yozilgan tadqiqotlar anchagina. Aslida, mumtoz adabiyot tarixi tom 
ma‟noda lirik asarlar tarixidir. Bu meros, adabiyotimiz butun kuch 
va qudratini, tilimizning nazokat va tarovatini ko„rsatadigan belgi, 
ko„rsatkich bo„lib kelganligi ayni haqiqatdir. Uning asosiy ilmiy 
qonuniyatlari aruz vazni ilmi bilan, ohangdorligi bilan uzviy 
bog„liqdir. 
Sharq she‟riyati haqida so„z borar ekan, iste‟dodli shoir Jamol 
Kamolning quyidagi e‟tirofi diqqatga sazovordir: “Qadim 
Yunonistonda lirika musiqa va raqs san‟atlari bilan uzviy, 
chambarchas hayot kechirgan ekan. Sharqda ham shunday bir holni 
kuzatish mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono 
Jaloliddin Rumiy ham o„zining so„fiyona g„azallarini rubob 
jo„rligida raqsga tushib aytgan. O„zbek xalqining sevimli klassik 
shoiri Boborahim Mashrab she‟rlarini tanbur ohanglari bilan 
orastalab kuylab yurgani el orasida ma‟lum”
33
. Bu holga asosiy 
sabab aruz ilmidagi ohangdorlik ekanligini anglab olish mumkin. 
Diqqat qilsak, aruz vazni ruknlari, bahrlarida Sharq she‟riyati 
matnlarini tushinish bilan birga, ularni o„z vazni va ohangi bilan 
o„qish va to„g„ri talaffuz qilish masalasi ham muhim vositalardan 
biridir. Aslida, aruz vazni ohangi musiqa bilan vobastadir. Shu bois, 
undagi so„z va iboralar ham nozik, nafis bo„lib, bitta so„zgina emas, 
balki bitta tovush yoki qo„shimcha noto„g„ri talaffuz etilsa, ohangga 
tushmasa qo„shiq yoki maqom talab darajasida chiqmaydi. Ya‟ni 
matndagi qo„shiqqa moslangan nafislik, go„zallik kuy maqomida 
o„z jozibasini yo„qotadi. Sharq she‟riyati latif va nozik ma‟noli janr 
bo„lib, u kuyga qo„shiqqa tez moslashadi. 
33
Жамол Камол Лирика. Адабиѐт назарияси. Икки томлик, 2-том, Адабий-тарихий 
жараѐн. – Т.: Фан, 1979. 237-238-бетлар. 


128 
Taniqli musiqashunos olim Otaniyoz Matyoqubov o„zining 
“Maqolat” nomli risolasida: “Badiiy adabiyot bilan musiqa san‟ati 
o„rtasidagi aloqa yanada qadimiyroq va chuqurroqdir. Musiqa 
adabiyotga 
ohang 
beradi, 
kuylar 
baxsh etadi, she‟rning 
ohangdorligini ta‟minlaydi, uning ta‟sirchangligini kuchaytirib
inson ruhini qamrab olishga ko„maklashadi”
34
,-deydi. Shunday 
ekan, bugungi yoshlarimizga mumtoz she‟riyatni anglatish, ularda 
ruhiy lazzatlanish tuyg„usini tarbiyalash uchun har bir matnni o„z 
vazni ohangida ifodali o„qishga o„rgatishimiz lozim. Bu o„rinda 
radio va telivedinie kanallarida, teatr sahnalarida chiqish qiladigan 
suhandonlarning nutqiga diqqat qilish ham ijobiy natija beradi.
Sharq she‟riyati vazni musiqa bilan hamnafas dedik. Demak, 
mumtoz qo„shiqlarni ijro etuvchi xonandalar bilan uchrashuvlar 
tashkil etib, muzokara, mulohazalar asosida davra suhbatlarini 
tashkil etish ham mumtoz she‟riyatning sir-asrorlarini yoritishda 
ko„mak beradi. Shuningdek, aruz vaznini o„rganishga doir 
mashg„ulotlarda ko„rgazmalilikning xilma-xil turlaridan foydalanish 
mumkin. 
Ayniqsa, jadvallar, AKT, videoroliklar yaxshi natijalar beradi. 
Bu vositalar o„zbek aruzining o„ziga xos jihatlarini, aruz vaznidagi 
she‟rlarni ifodali o„qish usullarini puxta o„rganishga yordam beradi. 
Xulosa 
o„rnida 
shuni 
aytish 
mumkinki, 
mumtoz 
adabiyotimizdagi badiiyat muammolarini aruz vaznisiz tasavvur 
qilib bo„lmaydi. Shunday ekan, ming yillardan buyon she‟riyatga 
ixlosmand avlodlarimizning diqqat-markazida bo„lgan badiiyatning 
asosini tashkil qilgan aruz ilmini o„rganish bugungi kun o„quvchisi 
uchun zarur bo„lgan nazariy-amaliy ilmlardan biridir. 
Badiiy san‟atlar yoki she‟riy san‟atlar haqida so„z ketar ekan, 
avvalo badiiylik nim degan savolga javob berishga to„g„ri keladi. 
Avvalo badiiylik bu go„zallikning nutqiy ko„rinishidir. Go„zallikni 
til vositasida aks ettirish vositasida barobarida tilning o„zi ham 
34
Матѐқубов О. Мақолат . –Т.: Фан, 2004, 178 бет.


129 
go„zallikni vujudga keltiradi. Shoir va yozuvchilar oddiy xalq tiliga 
go„zal sayqal berib ulardan foydalanadilar va shu bilan o„z 
o„quvchisiga ma‟naviy lazzat bag„ishlaydilar. 
Ma‟lumki, har bir tilda yuz minglab, millionlab so„zlar 
mavjuddir. Shu bilan bir qatorda ma‟lum bir tushunchani turlicha 
atash, betakror xalq sheva va lahjalaridan foydalanish imkoniyatlari 
ham bor. Shu o„rinda xalq orasida keng tarqalgan “o„n sakkiz ming 
olam” iborasini olib ko„raylik. Bu ibora bo„rttirish, mubolag„ali 
shaklda qo„llaniladi. Alisher Navoiy esa bu iboraga badiiy tus beradi 
va g„azalda shoir tilga olgan sarvinozi o„n sakkiz yoshda bo„lganligi 
uchun ham iborani unga nisbat bergan deb taxmin qilish mumkin. 
O„n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur. 
Ne ajab, chun sarvinozim o„n sakiz yoshindadur. 
Desa bo„lg„aykim, yana ham o„n sakiz yil husni bor, 
O„n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur. 
O„n sakiz yil dema, yuz sakson yil o„lsa, o„ldurur 
Husn shohi, ul balolarkim, ko„zu qoshindadur. 
Ko„p asrlik mumtoz adabiyotimiz xazinasini yaratgan 
shoirlarimizning san‟atkorlik sehrini bilishga bo„lgan qiziqish 
ixlosmandlarni o„ziga jalb etgan. Ayniqsa, ular ijodidagi badiiyat 
keyinchalik maxsus ilm asoslariga aylandi. Chunki ilmi, ilmi bade‟, 
she‟riy san‟atlardan bexabar muxlis yoki madrasada tahsil olayotgan 
talabalar mumtoz she‟riyatga xos yuksak badiiy salohiyatning 
mohiyatini anglab olishlari amri mahol edi. 
Natijada, mumtoz adabiyotni, xususan, she‟riyatni chuqur 
o„rganishga bo„lgan ehtiyoj tufayli maktab, madrasalar o„quv 
dasturlariga maxsus ilmning bir sohasi sifatida kiritila boshladi. 
Tabiiyki, bu ilmni talabalarga yetkazish uchun maxsus tayyorgarlik, 
xususan, she‟riyatni chuqur biladigan zukko mudarrislar faoliyat 
olib bora boshladilar. Mashg„ulotlar faqat amaliy bo„libgina 


130 
qolmay, balki ilmiy-nazariy ma‟lumotlar ham zarur bo„lganligini 
anglagan mudarris olimlar darslik va qo„llanmalar ham yarata 
boshladilar. Eng e‟tiborli jihati shundaki, talabalarga aynan bir 
shoirning tarjimai holi yoki ijodiy merosini o„rganish tavsiya 
etilmagan. Badiiy san‟atlarni chuqur bilgan talaba o„z hoxish 
istagiga binoan, she‟riy san‟atlarni mahorat bilan qo„llagan, badiyati 
yuksak, Sharq she‟riyatida yuksak nom qozongan yoki mo„jiza 
yaratgan tanlab o„rganish va tahlil qilish huquqiga ega bo„lgan. 
Muhimi, ilmiy-nazariy bilimlar chuqur o„rganilgan. 
Yuqoridagi fikrlarni madrasalar uchun mo„ljallab yozilgan 
darsliklar, uslibiy qo„llanmalar tasdiqlaydi. Yuqorida tilga olingan 
badiiy san‟at turlarining ayrimlarini aniqlash maqsadida 10-sinf 
darsligiga kiritilgan Alisher Navoiyning “Jahon ganjiga shoh erur 
nomli” qit‟asini namuna sifatida tahlil qilib ko„raylik: 
Jahon ganjiga shoh erur ajdaho, 
Ki o„tlar sochar qahri hangomida. 
Aning komi birla tirilmak erur, 
Maosh aylamak ajdaho komida
35

Ushbu qit‟ada, xalq orasida ma‟lum bo„lgan afsonalardan 
birining guvohlik berishicha, bebaho xazinalar yashiringan joylarda 
ilon va ajdarlar paydo bo„lib, o„sha xazinalarni qo„riqlab yotishar 
ekan. Shoir qit‟ada fikrini rivoyatda keltirilgan afsona bilan boshlar 
ekan “Jahon ganji”ni qo„riqlovchi, adolatsiz shohni nazarda tutadi. 
Shoh g„azablangan chog„ida uning og„zidan chiqqan so„zlar ajdaho 
o„tidek har tarafni kuydiradi. Ajdaho og„zidan tiriklik istash imkoni 
bo„lmaganidek, zolim shohdan yaxshilik kutish ham chorasizdir. 
Qit‟adagi shoir tomonidan keltirilgan jasoratli o„xshatish shoh va 
ajdaho qiyosi asarning mag„zini tashkil etadi. 
Darslikda berilgan qit‟a tahlilida garchi afsona tahlili berilsada, 
shoirning qit‟ada aytmovchi bo„lgan fikri, maqsadi haqida so„z 
yuritilmaydi. Aslida, shoir badiiy san‟atlarning ichida eng keng 
35
Адабиѐт 10 синф. Дарслик-мажмуа. 1 қисм. – Тошкент, 2017, 102-103 бетлар.


131 
qo„llaniladigan iqtibos, ya‟ni “ilm o„zlashtirmoq” turidan mahorat 
bilan foydalangan bo„lsa, istiora san‟atidan esa, afsonaga majoziy 
ishora qilish orqali ikki ma‟noning o„zaro o„xshatadi, fikrni asoslash 
san‟atini qo„llaydi. 
Ruju‟ san‟ati esa qit‟ada yanada yorqinroq ko„zga tashlanadi. 
Ya‟ni shoir asl aytmoqchi bo„lgan fikrini rivoyatda aytilmoqchi 
bo„lgan fikrga qiyoslaydi. Qit‟a diqqat bilan tahlil qilinsa, Alisher 
Navoiy tamsil badiiy san‟atini ham qo„llaganligini ko„rishimiz 
mumkin. Tamsil so„zi misol keltirish degan ma‟noni bildirib, shoir 
aytmoqchi bo„lgan fikriga dalil sifatida hayotiy bir hodisani yoki 
voqeani misol qilib keltirish san‟atidir. Bu san‟at fikr bilan misol 
o„rtasidagi munosabat mantiqiy aloqa ko„pincha qiyosiy 
yo„nalishdan iboratdir. 
Yuqorida keltirilgan qit‟aning tahlili Alisher Navoiyning 
zukko ijodkor sifatida uning badiiy tafakkuridan darak beradi. 
Demak, mumtoz adabiyot namunalarini tahlil qilishda muhim ilmiy-
nazariy vositalar ilmi aruz, ilmi bade‟ qadim ta‟lim tizimida keng 
qo„llanilgan. Bu ilmlar talabalarga shoir aytmoqchi bo„lgan 
g„oyalarni, his-tuyg„ularni, til jihatidan matning jozibadorligini, 
ohangdorligini anglab olishlariga katta imkon bergan. 
Bu ilmning XI-XII asrlarda Samarqandda Ibrohim 
Tabg„achxon tomonidan chuqur o„rganilganligini Ahmad an 
Nasafiy o„zining “Matla an-nujum va majma‟ al-ulum” nomli 
madrasalar uchun yozgan darsligida alohida ta‟kidlab o„tadi. 
Darslikka jami 23 ta ilmlar kiritilgan bo„lib, ular 54 fasldan 
iboratdir. Ilmlarning o„n oltinchisi “She‟r san‟atlari ilmi” deb 
nomlanadi. U o„z navbatida ikki faslga ajratilgan. Muallif ushbu 
bobda badiiy san‟atlarning turlari va xususiyatlari haqida so„z 
yuritadi. Birinchi fasl asosan tajnis, mutashohib, mutabaqa, radd al-
ajz ilal sadr, husn tanzim, tazmin, tanzim, ig„roq, tansiq as-sifat, 
kinoya, savol-javob kabi o„ttiz to„rtdan ortiq she‟riy san‟at turlarini 
sanab o„tadi. Ayni paytda mazkur san‟at turlariga oid qator 


132 
misollarni ham keltirib o„tgan. Asosan o„sha davrda mashhur 
bo„lgan shoirlarning she‟rlaridan namunalar keltirib o„tgan. Eng 
e‟tiborli tomoni shundaki, muallif, Qur‟oni Karim oyatlarida va 
hadislarda qo„llanilgan she‟riy san‟atlarga alohida e‟tibor bergan va 
misollar keltirgan. Faslda fors-tojik tilidagi she‟rlarda qo„llanilgan 
badiiy san‟at turlardan ham namunalar uchraydi. Negadir Ahmad 
an-Nasafiy aruz vazni qoidalarini ham she‟riy san‟atlar bobiga 
kiritgan. Bu bilan aruz vazni haqidagi ilm bevosita she‟r san‟atlari 
bilan uzviy bog„liq ekanligini inobatga olgan bo„lsa kerak. 
Madrasalarda she‟riy san‟atlarning chuqur o„rganilgani bois, 
talabalar uchun darslik vazifasini bajaruvchi asarlar yaratilganligiga 
guvoh bo„lamiz. Ana shunday darsliklardan biri Ataulloh 
Husayniyning “Badoyi‟u-s-sanoyi‟” asaridir. Asarning nomidan 
kelib chiqib, “Ilmi sanoe‟” yoki “Ilmi bade‟”- bevosita mumtoz 
adabiyotda qo„llanilgan badiiy tasvir, ifodalilik va hushohanglik 
vositalari badiiy san‟atlar ekanligini anglab olish mumkin. 
Badiiy san‟atlar haqida ma‟lumot beruvchi manbalardan yana 
biri, yuqorida nomi tilga olingan Ahmad Nasafiyning “Al- qand fi 
zikri ulomai Samarqand”
36
(Samarqand ulomalari xotirasiga 
qanddek shirin kitob) asaridir. Unda 423 shayx, imom, qori, 
fiqhshunos, zohid, sahih, mudarrislar ismlari, ular rivoyat qilgan 
hadislar, aruz ilmi, ilmi bade‟ va boshqa ilmlarga oid asarlari 
bo„yicha mudarris sifatida madrasalarda, jome‟ masjidlarda tolibi 
ilmlarga ta‟lim berganliklari haqidagi ma‟lumotlar ham uchraydi. 
Badiiy san‟atlarning madrasalarda o„qitilganligini taniqli 
qomusiy alloma mudarris Mavlono Sa‟diddin Taftazoniy ham 
o„zining “Miftoh al-ulum” (Ilmlar kaliti), “Al-muxtasar al-ma‟niy” 
(Maoniy ilmning muxtasar bayoni) nomli asarida tilga olib o„tadi. U 
Samarqanddagi mashhur Idugi Temur madrasasida mudarris sifatida 
faoliyat olib borish jarayonida badiiy san‟atga oid mashg„ulotlarni 
36
Нажмиддин ан- Насафий Самарқандия (Ал- қанд фи зикри уломаи Самарқанд). – Т.: 
Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2001. 


133 
olib borganligi ehtimoldan holi emas. Madrasalar ta‟limi uchun 
yaratilgan qomusiy darsliklar sirasiga Bohbuvandiyon Sohib 
Oqilning “Matla‟ al-ulum” (Ilmlarning boshi) va “Majma al-funun” 
(Fanlar majmui), Yusuf Sakkokiyning “Miftoh al-ulum” (Ilmlarning 
kaliti), Said Sharif Juzjoniyning “Sharhi miftoh al-ulum” kabi 
asarlarni tilga olishimiz mumkin. Yuqorida nomlari tilga olingan 
qomusiy darsliklar mazmun-mohiyati bilan bir-biriga o„xshaydi. 
Deyarli barchasida ilmlar tasnifi boblarga, fasllarga ajratilgan. 
Adabiyotshunoslik, tilshunoslik ilmiga oid ilmlar tasnifiga e‟tibor 
berar ekanmiz, mualliflar ularni pedagogika, notiqlik san‟ati, xat 
yozish odobi, so„zlashuv odobi, mantiq, o„qitish usullariga oid 
fasllarga ajratganlar. O„z navbatida adabiyotshunoslik ilmini esa 
badiyat, she‟riyat, aruz, ilmi bade‟ kabi qismlarga bo„lib tasnif 
qilingan. Muhimi, o„rganilgan ilmlar dastlab sodda ko„rinishda 
boshlanib, keyinchalik murakkab usulda o„rganilgan. Ya‟ni, 
bosqichma-bosqich uzchillikka amal qilingan. 
Akademik I.Yu.Krachkovkiy “Ilmlar kaliti” kabi darslik-
qo„llanmalar haqida fikr yuritar ekan, ular “... bilimlarning barcha 
sohalarini o„z ichiga qamrab oluvchi izohli terminologik lug„at 
vazifasini ham o„tagan deya baho beradi”
37

Yuqorida tilga olingan manbalarning izohlashicha, badiiy 
san‟atlar birmuncha adabiyotshunoslikning murakkab sohalardan 
biri ekanligi ta‟kidlanadi. Shu bois, madrasa talabalariga badiiy 
san‟atlar haqidagi ilmni o„rgatishda, izchil me‟yorga amal qilganlar. 
Shuningdek, badiiy san‟atlarning har biri muayyan g„oyaviy-badiiy 
maqsadga xizmat qilganligi inobatga olingan. Shuningdek, 
she‟riyatda bu san‟atning qimmati, yangiligi, betakrorligi 
belgilangan. Sharq she‟riyati namunalarini tahlil qilar ekanlar, 
talabalarga matndagi mantiqiy izchilikka, san‟at, hayot mantiqiga 
mos kelishi, unga zid bormasligi, nafosat qoidasiga ham muvofiq 
kelishi o„qittirilgan. 
37
Крачковский И.Ю. Избранние сочинения. –Т. М.-Л. АМ СССР, 1957, 247 бет. 


134 
Badiiy, she‟riy san‟atlarni chuqur o„rganish bugungi 
o„quvchilarning, o„qituvchilarning ham oldiga turgan muhim 
ta‟limiy masalasidir. Chunki umumta‟lim maktablari, akademik 
litsey, ayniqsa, oliy o„quv yurti filologiya fakultetlari o„quv 
dasturlarida mumtoz adabiyot namunalarini o„rganish uchun alohida 
soatlar ajratilgan. Ularni aruz vazni, she‟riy san‟at ilmlarisiz 
o„rganib bo„lmaydi. Bu muammoni teran anglagan adabiyotshunos 
olimlardan prof. A. Hojiahmedov “Mumtoz badiiyat malohati”, 
(Toshkent: Sharq, 1999), “She‟riy san‟atlarni bilasizmi?” 
(Toshkent: Sharq, 1999), V.Rahmonov “She‟riy san‟atlar” (1962)
uslibiy qo„llanmalarni yaratdilar. 
Ayniqsa, aruz vazni bilan bog„liq, she‟riy sanatlarga oid 
atamalar asosan arab tilidan olingan bo„lib, ularning turkiy, forsiy 
tildagi mazmuniga oid qo„llanma lug„atlar deyarli yaratilmagan edi. 
Shu o„rinda, A.Hojiahmedovning “O„zbek aruzi lug„ati”
38
ni chop 
ettirib o„quvchilarga taqdim etilganligi savobli ishlardan biri bo„ldi. 
Gap badiiy san‟atlar yoki she‟riy san‟atlar haqida borar ekan, 
adabiyotshunos olimlarning aniqlashicha, ularning soni ikki yuzdan 
ortiq ekan. Tabiiyki ularning qaysidir sohasini chuqur bilgan 
mudarrislar imkoniyat darajasida talabalarga saboq bergan. Bu hol, 
ayniqsa, mumtoz adabiyot sohasini chuqur bilgan, tabiatan shoirsifat 
bo„lgan, yanada aniqrog„i adabiyotshunoslikka oid darslik, risolalar 
yaratgan olimlar to„plangan madrasalarda yuqorida tilga olingan 
ilmlar talab darajasida o„rganilgan.
Shu o„rinda, XVII asrda madrasai Shayboniyxonda mudarris 
sifatida faoliyat olib borgan taniqli shoir va adabiyotshunos olim 
Muhammad Bade‟ Maleho Samarqandiyni olishimiz mumkin. U 
mudarris bo„lish barobarida “Muzakkiru ul ashob” (Suhbatdoshlar 
zikri) nomli tazkirasini yaratgan. Bu asar o„sha vaqtda Samarqand 
adabiy-ilmiy muhiti haqida, she‟riyat nazariyasi, aruz ilmi haqida 
qimmatli ma‟lumotlar beradi. Shuningdek, ayrim iste‟dodli 
38
Қаранг: Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. – Т.: Шарқ, 1998. 


135 
shoirlarning she‟rlaridan namunalar keltiradi. Tabiiyki bu tazkira 
Samarqand 
madrasalarida 
adabiyotshunoslik 
ilmi 
chuqur 
o„rganilganligidan darak beradi. Yuqorida tilga olingan manbalar 
faqatgina she‟riy san‟atlargagina oid bo„lib qolmay, balki tilning 
go„zal latofati, ularning serjilo ko„rinishlarini namoyon etuvchi ilm 
turidir. Shuningdek, ilmi bade‟, ya‟ni she‟riy san‟atlar til orqali, 
she‟riyat nafosati orqali inson uchun zarur bo„lgan ma‟naviy 
tafakkurning boyishiga xizmat qiladi. O„z-o„zini anglashni 
o„rgatadi. Mumtoz she‟rlarni yaratgan iste‟dodli shoirlar so„z 
vositasida fikrga ta‟rif beradi, fikr yordamida esa insonning 
murakkab ruhiy dunyosini chuqur tadqiq etadi. Bu esa sirtdan 
qaraganda osondek tuyuladi. Aslida esa shoirlar inson ruhiy 
dunyosini bidiiy ifodalashning hayratlanarli usullarini kashf 
qilmog„i lozim. Kashf qilingan usullardan biri badiiy san‟atlardir. 
Badiiy san‟at turlarini qo„llagan shoir birgina til zahirasidan 
foydalanibgina qolmay, balki o„zga tillardan foydalanish orqali 
qiyosiy usullardan foydalanadi: 
Sarig„ qog„ozmudurkim so„zi hajrim ayladi tahrir, 
Va yohud shu‟la tushdi sahvaga ul so„z etib ta‟sir. 
Alisher Navoiy qalamiga mansub bir yo„la husni ta‟lil, iyhom, 
tajohuli orif san‟atidan mahorat bilan foydalangan. Ya‟ni: tajohuli 
orif- o„zini bilib bilmaslikka solish san‟atini “hajrim haqidagi 
so„zlar yozilgan qog„oz o„zi sarig„midi yo bu so„zlar ta‟sir qilgach, 
u sahifa (qog„oz)ga shu‟la tushib sarg„ayib ketdimi? Degan 
hayratomuz mazmunni ifoda qiladi. “So„z” har ikkala misrada ikki 
ma‟noda: so„z va o„t (cho„g„) ma‟nolarida qo„llanilganki, buni 
iyhom san‟ati namunasi deb bilamiz”
39

Ilmi qofiya ham badiiyatning asosiy qirralaridan biri sanaladi. 
Qofiya uchun tanlangan so„zlarning mazmuni bilan bir qatorda 
ularning ohangdorligi, jilosi, jozibadorligi she‟riy asarning 
o„quvchilar e‟tiborini tortishida katta ahamiyat kasb etgan. Shu 
39
Қаранг: Ҳожиаҳмедов A. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т.: Шарқ, 1999. 32-бет.


136 
sababli, har bir ijodkor, uni o„rganuvchi talaba ham qofiya ilmini 
diqqat-e‟tibor bilan o„rgangan, shu sohani chuqur biluvchi 
san‟atkorlardan ta‟lim olganlar. Qofiya san‟ati badiiy so„z vositasida 
fikrni ta‟sirchan aks ettirishning muhim vositasidir. Shoirning 
qofiya borasidagi hassosligi o„z muxlisining diqqatini she‟rda 
ifodalangan fikrlarga jalb etadi, qofiyadosh so„zlar majmuasi esa 
lirik qahramonning ichki tuyg„ularini, orzu-armonlarini aks ettirish 
uchun xizmat qiladi.
Ilmi qofiyani chuqur egallashni maqsad qilgan talaba 
qofiyaning tuzilishi va turlarini, she‟riy janrlarning qofiya 
xususiyatlarini, vazn va qofiya, radif va qofiya munosabatlari 
mazmuni va mohiyatini atroflicha bilishi zarur hisoblangan. 
Madrasalarda she‟riy san‟atlar, aruz ilmi va qofiya haqida 
nazariy ma‟lumot berishda ayrim murakkab matnlarni yod 
olinishining talab etilishi talaba sevib o„qiydigan matn mazmunini 
chuqur o„zlashtirish imkoniyatini berganligi shubhasizdir. 
Adabiyotshunos olim A.Hojiahmedov «Qofiyalar she‟riy asar 
musiqiyligi, jozibadorligini ta‟minlashning asosiy omillaridan 
sanaladi. Qofiyadosh so„zlar tarkibidagi har qaysi tovush, misra, 
bayt, bandga alohida jilo, ta‟sirchanlik bag„ishlaydi. Qofiyaning 
she‟riy asarda tutgan o„rni va ahamiyatini to„laroq, mufassalroq 
anglab etish uchun qofiya ilmi asoslari: qofiyaning tuzilishi va 
turlari, she‟riy janrlarning qofiya xususiyatlari, qofiya san‟atlari va 
xatolari, vazn va qofiya, radif va qofiya munosabatlari mazmuni va 
mohiyatini atroflicha bilish zarur»
1
, - deb yozadi. Tabiiyki, madrasa 
mudarrislari ham mazkur nazariy talabni she‟riyat bilan bog„liq 
mashg„ulotlarda inobatga olganlar va talabalarga nazariya va 
amaliyotni chambar-chas bog„lagan holda yetkazganlar. 
Qofiya ilmi bevosita badiiy san‟atlar bilan bog„liq bo„lib, 
she‟riyatdagi badiiy tasvir, ifodalilik va xushohanglilik, badiiy
san‟atlar vositalarida ifodalanadi. 
1
Ҳожиаҳмадов A. Шеър санъатларини биласизми? –Тошкент, 2001, 31-бет. 


137 
Talabadan u yoki bu baytdagi birgina san‟atni emas, balki ikki, 
uch va undan ortiq san‟atni aniqlash, ularni bir-biridan farqlash, 
birgina bayt, g„azalnigina emas, balki bir nechta she‟riy asar vaznini 
yoki qofiya xususiyatlarini aniqlash va tahlil qilishga oid 
topshiriqlarni bajarish talab qilingan. Bu topshiriqlar orqali talaba 
o„qigan g„azalida vazn va qofiyaning o„rni, o„ziga xosligi, ulardagi 
yutuq va kamchiliklarni tahlil qilishga o„rgangan. Ma‟lumki, she‟riy 
asarda qofiya va vaznning bekamu ko„stligidan tashqari, har bir 
baytning o„z nuqtasi, o„qiganni qoyil qoldiradigan san‟ati bo„lishi 
kerak, har bir badiiy-ifoda vositasi o„z o„rnida qo„llanishi kerak. 
Shunday asargina o„quvchilar qalbidan joy oladi. Bir so„z bilan 
aytganda, shoirlar ijodida qo„llangan badiiy san‟atlar, qofiya 
tahlilida talaba quyidagilarni ajrata olishi va baho berishi lozim 
bo„lgan: «ilmi sanoe‟» kitobxonning diqqat-e‟tiborini harfga, 
tovushga, so„zga, so„z ma‟nosiga, so„zning baytda joylashuviga, 
so„zlar takroriga, so„zning asl va ko„chma ma‟nosiga, jinsdoshlik 
(omonimlik) xususiyatlariga, birikmaga, birikmaning ma‟no 
jilosiga, misraga, misra mazmuniga, baytga, baytdagi so„zlar 
munosabatiga, badiiy san‟atlarga jalb etadi. Demak, talabadan har 
bir bayt ustida qunt bilan ishlash, undagi san‟at turlarini aniqlash va 
ularga baho berish talab qilingan.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling