O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
mazmunni o‘quvchilarga yetkazishda sharqona o‘qitishning
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
mazmunni o‘quvchilarga yetkazishda sharqona o‘qitishning
muqobil usullaridan foydalanish. O„quvchilarni maktab dasturiga kiritilgan mumtoz adabiyot namunalarini haqqoniy baholashga o„rgatish, ularni tahlil va talqin qilishning yangi mezonlari, usullarini ishlab chiqish muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir. Zero, ko„p asrlik adabiy merosimiz tafakkur durdonalari bo„lib zamonlar osha boqiy yashab kelmoqda. Eng muhimi, bu boqiy adabiy merosimiz ibrat va saboqlar xazinasi sifatida ham nihoyatda qadrli manbalardir. Aslida esa, mumtoz adabiyotni o„rganish, to„g„rirog„i murakkab matndagi asarlarni to„g„ri va xolisona talqin qilish masalasining ildizlari olis tarixga borib taqaladi. Matnni chuqur o„rganishga bo„lgan qiziqishlar natijasida tafsir, sharh, ta‟vil, zufaro, urafo, talqin, ilmi xilofiya, ilmi bayon, ilmi g„ariba, ilmi ma‟ni, ilmi muzohirot, ilmi kalom kabi 139 adabiyotshunoslik va uslubshunoslikka oid tushunchalar maydonga kelgan. Bu tushunchalar asosan Sharq adabiyotining o„ziga xos jihatlarini, har bir ijodkorning mahorat sirlarini o„rganishga qaratilgan. Shuningdek, badiiy matnni o„qish, uni anglash va mushohada qilishdan iborat. “Malakali badiiy tahlil bo„lmagan joyda mo„jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo„qqa chiqadi. Chunki uning badiiy va hayotiy ma‟nosi payqalmay qolaveradi. Adabiyot o„qitishda badiiy tahlilga e‟tibor g„oyat sust bo„lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriy asarlarini o„qigani holda ularsiz yashab kelmoqda” 40 . Taniqli metodist olim Qozoqboy Yo„ldosh va Muhayyo Yo„ldoshning “Badiiy tahlil asoslari” kitobida keltirilgan mulohazalari adabiyot o„qitish usullariga doir bo„lib, fanni o„qitishning samaradorligini oshirish borasida qimmatlidir. Ma‟lumki, har bir ijodkor o„zi yaratgan asarida ko„zda tutgan maqsadini, niyatini, qarashlarini, o„y-xayoli, o„z intilishlarini asar ruhiga singdirishga harakat qiladi. Ana shu yozuvchiga tegishli sir- asrorlarni anglash juda murakkab jarayon bo„lib, buning uchun zukko, sinchkov kitobxon bo„lmog„i lozim. Qachonki, kitobxon matnni mohiyatini anglasagina, iljodkorning asarni yaratishdan maqsadini tushunsagina matnni tahlil qilishda qiynalmaydi. Badiiy matndan zavq olish, lazzatlanish tuyg„usini sezgan o„quvchi bora-bora Abdulhamid Cho„lpon ta‟biri bilan aytganda: “…adabiyotdan bir lazzat olub oxir umriga qadar adabiyot o„qub eshitmakni vazifayi milliyadan hisob qilur”ga erishadi. Ammo, bu masalani amalga oshirmoq uchun, kuchli targ„ibotchi o„qituvchining sa‟y-harakati muhim ahamiyatga egadir. Chunki, mumtoz adabiyot namunalari, xususan, she‟riyat shoir ruhiyati bilan bog„liq hodisadir. 40 Қозоқбой Йўлдош, Муҳайѐ Йўлдош. Бадиий таҳлил асослари. –Т.: “Камалак”, 2016, 20- 21 бетлар. 140 Bu ruhiyatni anglash va his qilish uchun yana ham aniqroq qilib aytganda, shoir yaratgan matnning tabiatiga kirib borishni talab qiladi. Shoir yaratgan matn muallif haqida, asar yaratilgan davr haqida, shoirni o„rab turgan muhit xususida ma‟lumot beruvchi asosiy manbadir. Masalan, Boborahim Mashrab she‟riyati o„zining badiiy yuksakligi, his-tuyg„ularni jo„shqin ifodalashi bilan alohida ajralib turadi. Uning mashhur “O„rtar” radifli g„azali shoir qalbini, iztiroblarini bayon qiluvchi g„azallardan biridir. G„azalni o„qigan har bir o„quvchi “Mashrabni o„rtagan ishqning” sababini bilishga intiladi. Chunki, shoirning ishqi, uning dardi nihoyatda iztirobli. U g„azalning birinchi baytidayoq o„z ishqiy dardini bayon etishdan boshlaydi va g„azalning keyingi baytlarida shoir shaxsiyatiga tegishli so„z va birikmalarni mahorat bilan qo„llaydi: (men) nechun toqat qilay,- “mening” g„amim, (mening) yuragimni, “meni” bexonumon, “men” Nigoro deb noming aytsam, “men” bayon aylay, “mening” tilim lol, ko„zim giryon, “mening” ohim, “menda” qolmadi toqat, “men” bu dard bilan xarob bo„ldim, “mening” unim chiqsa, “men” oh ursam kabi jumlalarda shoir shaxsiyati namoyon bo„ladi. Yuqorida keltirilgan shoir shaxsiyati bilan bog„liq ishoralar faqat shoir shaxsiyati bilan cheklanib qolmay, balki u yashagan davrning ham ma‟naviy-ruhiy holatini ko„rsatib bergan. Demak, shoir hayoti va ijodiga oid ma‟lumotlar u yaratgan badiiy matn ruhini, mohiyatini ochib berishda muhim manba hisoblanadi. Badiiy matn ruhini ochish esa kam so„z bilan katta, keng ma‟nolarni aks ettiruvchi so„zlarning ma‟nosini yuzaga chiqarish orqali erishiladi. Adabiyotshunos olim Abdug„afur Rasulov o„zining “Ilmi g„azribani qo„msab” nomli risolasida – ilmi g„aribani adabiyotshunoslikning bir qismi, alohida fan deb hisoblaydi. “G„arib (g„ariba)- ajoyib, taajublanarli, hayron qoladigan narsa. Ilmi g„ariba talqin fani bilan bevosita bog„liq. Ilmi g„ariba fanning teran nuqtalarini ich-ichidagi ma‟nolarini anglash san‟atidir. G„ariba ilmi mavjud fanlarni sinchiklab o„rganish orqali kashfiyot darajasida 141 xulosa chiqarishgacha etish, ajoyibot nuqtasi qadar ko„tarilishdir” 41 , - deya ta‟riflaydi. Olim bu ta‟rif orqali asosiy e‟tiborni ho„zirgi o„zbek tanqidchiligida tahlil va talqin masalalariga qaratadi va muammolarida qo„llanilishi nuqtai nazaridan e‟tirof etadi. Aslida esa bu ilm mumtoz adabiyotga badiiylik, latofat va ta‟sirchanlik kuchini beradigan, ayni paytda o„quvchini ham shunga o„rgatadigan, uni idrok etishga yo„naltiradigan alohida fandir. Ilmi g„aribani iste‟dodli ijodkor mahorat bilan qo„llaydi. Bu ilmdan unumli foydalangan ijodkor o„z ijodida xoh nazm bo„lsin, xoh nasr go„zallik, ma‟noning teranligini asosiy mezon qilib oladi. Bu esa o„z o„quvchisida go„zallik tuyg„usini tarbiyalasa, ma‟nodagi teranlik esa fikr doirasi kengligiga undaydi. O„zbek mumtoz adabiyotining iste‟dodli shoirlari ijodida har bir ishora, har bir ifoda zamirida katta ma‟no-mazmun yashiringan bo„ladi. “Shoir she‟rida tasvirlangan g„oya, tuyg„u, obraz, ruhiy manzaralarni o„z nomi bilan aytishga erishish ular bag„ridagi yashirin ma‟no va badiiy sirlarini tahlil tilida ifodalash haqiqatning bosh mezoni mana shudir” 42 , - deb yozadi adabiyotshunos olim Ibrohim Haqqul. Munaqqid e‟tirof etganidek, o„quvchi matndagi chuqur ma‟noni anglagani sayin go„zallik olamiga kirib borayotganligini his qiladi. Eng muhimi adabiyot tarixi din tarixi bilan, ma‟rifat, ma‟naviyat tarixi bilan uzviy bog„liqdir. Bu nazariyani qalb bilan ko„rish, anglash lozim. Buning uchun asarni evristik usul bilan, ya‟ni matnni boshdan oyoq qunt bilan o„qish, reproduktiv usul bilan asarni xotirada tiklash va asosiy mazmunini idrok qilish uchun kitobxondan muayyan tayyorgarlik talab qilinadi. Murakkab diniy, adabiy va ilmiy irfoniy asarlarni sharhlash sharqda qadimiy an‟anadir. Ilmi sharh usulining ilk namunalarini islom dinining muqaddas kitobi Qur‟oni karim oyatlarini, suralarini o„rganish yo„llarida ko„ramiz. Ma‟lumki, arab bo„lmagan (ajam) 41 Расулов А. Илми ғарибани қўмсаб. – Т.: Ўқитувчи, 1991, 14 б . 42 Ҳаққул И. Навоийга қайтиш. – Т.: Ўқитувчи, 2000, 35 б. 142 xalqlarning islom dinini qabul qilishi bilan bog„liq holda islomiy aqidalarni, qarashlarni singdirilishida muqaddas kitob va hadisi shariflarning uyg„un holda o„rganilishi katta ahamiyatga ega edi. Islom dinini qabul qilgan xalqlar uchun muqaddas yozma yodgorlikni o„qish va o„rganish oson hodisa emasligi ma‟lum edi. Dastlab bu vazifani mufassirlar amalga oshirganlar. Din ilmidan yaxshi xabardor ulamolar, mufassirlar juda kamchilikni tashkil etgan bo„lib, ular asosan payg„ambarlar avlodlaridan bo„lgan. Keyinchalik, islom dinining keng tarqalishi bilan bog„liq holda yirik olimu ulamolar ham Qur‟on tafsiri bilan shug„ullanganlar. Ular ilmi sharh, ilmi badi‟, ilmi fasohat, ilmi g„aribadan xabardor bo„lib, bunday kishilarni tafsirchi, mufassirlar, ta‟vilchilar, shorihlar deb ataganlar. Davr o„tishi bilan bu vazifa maktab va madrasa mudarrislarining zimmasiga ham yuklatilgan. Dastlabki savod maktablari machitlarda, xususiy xonadonlarda, daloyixonalarda, qorixonalarda ochila boshladi. Bolalar arab alifbosini o„zlashtirganlaridan so„ng, birinchi o„quv qo„llanma «Haftiyak»ni o„qiganlar va yod olganlar. «Haftiyak» fors-tojik tilidan olingan so„z bo„lib, «yettidan biri» degan ma‟noni anglatadi. Unda Qur‟ondan olingan ayrim kichik suralar (13-14ta) jamlangan bo„lib, bu qo„llanma bir-ikki yil o„qitilgan. «Haftiyak»dan so„ng «Qur‟on» o„qitilgan, madrasa va madrasai oliyalarning o„quv dasturiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Bu ilmlarni o„rganish uchun esa ilmi sharh va tafsir qilish, qiroat bilan o„qish, ilmi insho kabi o„qitish usullari ham uyg„unlikda qo„shib olib borilgan. Qur‟on tili o„ta murakkab bo„lib, har bir ibora zamirida chuqur diniy-tarixiy, filologik, falsafiy tushunchalar o„rin olgan. Shuning uchun uning mazmunini sharh va izohlarsiz anglab etish qiyin bo„lgan. Diniy ilmlarning ta‟lim dasturiga asosiy fan sifatida kiritilishidan maqsad islom dini, uning asosiy qonun-qoidalarini bu dinni keyinchalik qabul qilgan xalqlar vakillariga chuqurroq 143 singdirishdan iborat edi. Ammo, bu jarayon oson kechmagan, chunki «...diniy matn va jumladan, Qur‟on birinchi o„qishdayoq o„z sir-asrorlarini ochmaydi. Faqat qayta-qayta o„qish va har bir iboraning ma‟nosini chuqur o„rganish asosida diniy-falsafiy haqiqatlar jilolanishi muqarrar. Bu borada tafsirning ahamiyati katta bo„lib, uning o„zi ham islom adabiyotining yorqin sahifalaridan hisoblanadi» 1 . Bu o„rinda, butun musulmon dunyosida tan olingan mufassirlar Zamaxshariy, At-Termiziy, Al-Buxoriylarning xizmatlari beqiyosdir. O„zbek adabiyoti tarixida ham tasavvufiy ma‟noga yo„g„rilgan nodir asarlar yaratila boshladi. Turkiy xalqlar adabiyotlarida diniy va dunyoviy qarashlarning bir-biri bilan uzviy bog„liqligi Qur‟on oyatlari yordamida ifodalangan. Yusuf Xos Hojib o„zining «Qutadg„u bilig» asari bilan, Ahmad Yassaviy o„z hikmatlari bilan, Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» dostoni bilan islom aqidalarini turkiy tilda sharhlash orqali islom tariqatini targ„ib qildilar. Qur‟onni sharhlash usuli keyinchalik Sharq allomalaridan Ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy, Sa‟diy Sheroziy, Alisher Navoiy, Nasimiy, Fuzuliy, Mirzo Bedil, Mashrab va boshqa shoirlarning mumtoz merosida ham keng qo„llangan. Shu o„rinda ta‟kidlash lozimki, mazkur shoirlar xoh nasrda, xoh nazmda ijod qilishmasin, o„z asarlarini qur‟oniy mavzu va iboralar bilan boyitib borganlar. Shunday ekan, ularni diniy-islomiy jihatlarini sharhlashda muddarisdan katta ilm talab qilingan. Umumta‟lim maktablarining yuqori sinflari uchun yaratilgan Adabiyot darslik-majmuasiga adabiyot tarixiga oid ko„plab janr namunalari kiritilgan. Asosan, bu janrlarni undagi mutarodif (omonim), mutashobik (sinonim), ko„p ma‟noli, ko„chma ma‟noli so„zlar tahlilisiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Tanlangan matnlar aynan shu mantiqqa asoslangan. 1 Кароматов Ҳ. Қуръон ва ўзбек адабиѐти. – Т.: Фан, 1993, 16-бет. 144 Adabiyotshunos olim Matyoqub Qo„shjonov asar matnini tahlil qilishning muqobil usulidan foydalanganligini quyidagicha izohlaydi: “…matn ustida ishlashni o„zimga shart qilib qo„ydim. Shu maqsadda asarni o„qib “asar” yaratishga urindim. Aksariyat hollarda biror hikoyani 1,2 marta o„qiymanda, kitobni yopib o„sha asarni qayta yozaman. Keyin asli bilan solishtiraman va yo„l qo„ygan kamchiliklarimni anglab olaman. Kamchiliklarimni hisobga olib ikkinchi marta yozishga o„tiraman va yana solishtiraman. Ko„nglim to„lguncha bu jarayon davom etadi. Shu yo„sinda matnga nisbatan muhabbat tuyg„usi shakllandi menda” 43 . Olim matnga munaqqid sifatida diqqat qilgan bo„lsa-da, ammo uning matn ustida ishlash usuli umumta‟lim maktablarining o„quv dasturlariga kiritilgan adabiy matnlarni tahlil qilishda ham foydalanilganda ijobiy natijalar berganiga guvoh bo„ldik. Shu o„rinda 11-sinf Adabiyot darslik-majmuasiga kiritilgan Boborahim Mashrabning “Na g„urbatlar chektim charxi bebunyod dastingdan” misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi tahlilini ko„rib chiqamiz. Dastlab o„quvchilarga muxammasning ikkinchi besh misrasini murakkab so„zlarga izoh berilgan holda taqdim etiladi. Chamanning bulbuli bebol-u parman oshyonim yo„q. Misoli chug„zdek vayronalarda ham makonim yo„q. Azizimdan judodirman, boshimda soyabonim yo„q, Hama obod bo„ldi, bo„lmadim obod dastingdan, Ki man har qayga borsam dod etarman dastingdan. 1.Bebol-u par – qanotsiz, parvozsiz. 2.Chug„zdek – boyqush, boyo„g„li Ko„rinib turibdiki matn u darajada murakkab bo„lmasa-da, o„quvchi uni o„qiganda Mashrabning taqdiri bilan bog„liq bir kichik lavhani tasavvur qiladi. Shu bois, matnning ilk ta‟sir kuchi o„quvchilarning ruhiyatiga ta‟sir qilganligi ko„zga tashlanadi. Chunki, o„quvchilar shoir tasvirlagan o„tmishdagi xalq hayotining 43 Қўшжонов М. Армон. – Т.: Ўқитувчи, 2005, 45 б. 145 kechmishini tasavvur qilishganini, shoir esa o„sha turmushning bir vakili ekanligini qalban his qilishdi. Mashrabning bu satrlari fojeaviy voqealardan iborat bo„lib, qalbi pok, beg„ubor, nozik, ta‟sirchan bolalarda shoir taqdiriga achinish tuyg„usini paydo qiladi. O„quvchilar matnni qayta-qayta o„qir ekan, satrlardagi mazmunni anglagan sayin shoirning o„ziga xos uslubini, so„zlardagi ma‟nolarni o„xshatish (chamanning qanotsiz bulbuliga), (misoli boyqush, boyqushdek), ko„chma ma‟nodagi so„zlarni (boshimda soyabonim yo„q), (vayronalarda makonim yo„q) kabi tashbehlarni tahlil qilishga urindilar. Muxammasdagi sinonim so„zlarning (oshyon, makon, soyabon) mohiyatini anglab oldilar. Eng muhimi, muxammasdagi asosiy bosh g„oya – shoirga ozor bergan shaxsga nisbatan bo„lgan nafrat tuyg„usini fikrning siqiq, qisqa ta‟rifi hisoblanadi. Matnni tahlil qilish jarayonida sarlavhadagi sirli jumboq yechila boradi. Mashrabning “Dastingdan” radifli muxammasida shoir ichki tuyg„ulariga, orzu-o„ylariga to„siq bo„lgan “allaqanday kimsaning” dastidan ozor chekkanligi satrma-satr ochila boradi. Mashrab muxammasda o„z shaxsiyati, hasbi holi xulosani adabiy taxallusini keltirish bilan ollohga iltijo tarzida tugatadi: Ilohiy, sen etur himmat yo„lig„a xasta Mashrabni, Sharq she‟riyatiga xos an‟anaviy taxallus qo„llash usulini Mashrab ham mahorat bilan qo„llaydi. Mashg„ulot jarayonida, adabiy taxallusga doir nazariy ma‟lumot Mashrab ijodi misolida tahlil qilindi. Shoir muxammasi tahliliga doir ma‟lumotlar esa o„quvchilarga shoir ijodining o„zbek adabiyoti tarixida betakror, o„ziga xos tutgan o„rnini va ahamiyatini belgilab berdi. Nasriy asarlarni o„qish va o„rganishga bo„lgan qiziqish bugun paydo bo„lmagan. Asrlar davomida adabiyot ixlosmandlarini jalb etib kelgan. Qur‟on va hadislardan tashqari, tariqat pirlaridan tashqari, tariqat pirlari haqidagi maqomatlarni, unda ifodalangan naqlu rivoyatlar, hikoyatlarni jamoa bo„lib tinglaganlar va ulardan 146 ilhomlanganlar. Chunki maqomatlar muhim ta‟limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo„lib, xususan asrlar davomida yoshlarga o„rgatilgan. Maqomatshunoslik Sharqda keng tarqalgan bo„lib, ilk namunalaridan biri Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariy qalamiga mansub bo„lib, “Atvoq az-zahab” (Oltin shabadalar) deb nomlangan. Asar yuz maqoladan iborat bo„lib, unda pand-nasihatlar ibrotomuz hikmatlar, go„zal axloqiy o„gitlar jamlangan. Keyinchalik maqomatlarga bo„lgan qiziqish tufayli “Maqomati Hoja Ka‟b ul- Akbar”, “Maqomati Shayx Abdulqodir Giloniy”, “Maqomati Shayx Yusuf Hamadoniy”, “Maqomati Mir Kulol”, “Maqomati shohi Naqshbandiya” kabi asarlar yaratildi. Nasriy asarlarning mazmun-mohiyatining o„zgarishi bois, xalq orasida “Kalila va Dimna”, “Nasihatnoma”, “Ming bir kecha” kabi asarlar majmuasi ham maydonga keldi. Axloqiy-didaktik va ma‟naviy ruhdagi bu asarlar, mazmunan rang-barang, turli davrlar sinovidan o„tgan ibratli xazinalardir. 150 betda ham aynan takror???? Ma‟lumki, nasriy asarlarda voqealar tasviri, yozuvchining shaxsiyati bilan bog„liq hodisalar o„z aksini topadi. Nasriy asarlarda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni yozuvchi batafsil yoritib berishi bilan bir qatorda asarda ishtirok etgan qahramonlar ruhiyatini ham yoritisha muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli nasriy asarlar o„zining to„laqonli va haqqoniy tasvir usuli bilan boshqa janrlardan keskin farq qiladi. Nasriy asar bir butunlikni tashkil qilishi bilan, turli-tuman va jiddiy masalalarni o„z ichiga qamrab oladi. O„quvchilarga asar haqida umumlashtirib ma‟lumot berish jarayonida, ularni asar ruhiyatiga, ular uchun notanish bo„lgan tarixiy voqealar haqidagi ma‟lumotlarga o„z munosabatlarini ifodalash darajasiga olib chiqish talab qilinadi. 147 Shu o„rinda ilk nasriy asarlar namunasi hisoblangan “O„rxun- Enasoy obidalari” O„rta Osiyoda yashagan qadimgi qabila va elatlar, ularning ijtimoiy-madaniy hayoti haqida ma‟lumot beruvchi qadimiy manbalardan biridir. Bu manba xorazmiylar, so„g„diylar, massagetlar, shaklar, turkiy qabilalar haqida ma‟lumot berish bilan bir qatorda ularning xo„jalik hayoti, madaniyati va san‟ati haqidagi masalalarni ham qamrab olgan. Shu o„rinda o„qituvchi 10-sinf darsligiga kiritilgan bu murakkab manbani o„quvchilarga yetkazishda, eng avvalo adabiyot o„qitish metodikasining tarix fani bilan uzviy bog„liq ekanligini inobatga olmog„i lozim. Bu qadimiy yodgorlikning topilishi va nomlanishi bilan bog„liq tarixiy ma‟lumotlar, manbaning saqlanish tarzi bilan bog„liq ma‟lumotlar o„quvchilarni xabardor qilish uchun o„qituvchidan atroflicha bilim talab qilinadi. Ma‟lumki, qadimiy turkiy obida “toshbitiklar” deb ham yuritilgan. Buning sababi ko„pgina yodgorliklarning qabrtoshlariga o„yib yozilgan. Ularning eng yirigi “To„nyuquq” hamda “Kul Tegin” yodgorigidir. Bu asar matni murakkab bo„lib, unda o„quvchilar uchun tushinilishi qiyin bo„lgan so„z, so„z birikmalari anchagina. Yoki asar tuzilishi bir necha qismdan iborat bo„lib, ularning har biri ma‟lum fikr va ma‟nolarga ega. Ularni izohlash, har binr qismni sharhlash muhim ahamiyatga egadir. Mazkur qadimiy yodgorlikda ilk adabiy atamalar, adabiy janrlar haqida ma‟lumot beruvchi manba sifatida ham katta ahamiyatga egadir. Eng muhimi, bu mavzuga bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilarga yodgorlikning tarixiy, ma‟rifiy hamda adabiy ahamiyati haqida ma‟lumot berish darsning asosiy maqsadi hisoblanadi. Murakkab nasriy asarlarni o„rganish bilan bog„liq mavzular 11-sinf darsligida ham ko„zda tutilgan. Bu mavzu bevosita Mahmud Qashg„ariy va uning “Devoni lug„otit turk” asari bilan bog„liqdir. Bu asar uzining mazmun-mohiyati, tuzilishi bilan boshqa nasriy 148 asarlardan alohida ajralib turadi. Bu asar XI asrda yozilgan bo„lib, unda jamlangan badiiy-adabiy namunalar turkiy xalqlarning qadimiy ijod mahsulidir. Bu asarda tarixiy-adabiy janrlarga tegishli ma‟lumotlar, adabiyotshunoslik, tilshunoslikka doir atamalar uchraydi. “Devoni lug„otit turk” sodda va ravon to„rtliklar, qahramonlik haqidagi qo„shiqlar, munozara janriga oid to„rtliklar (Qish va Bahor)dan iborat bo„lib, xalq og„zaki ijodi namunalarini tashkil etgan she‟riy parchalar va maqollar uchraydi. Tabiiyki, “Devoni lug„otit turk”da keltirilgan she‟riy parchalar turli mavzularni qamrab oldgan, Tabiat manzaralari, ilm-fan, odob- axloq kabi mavzular shular jumlasidandir. Asarda, shuningdek, turklarning qadimiy qahramoni Alp Er To„nga haqidagi marsiya ham o„rin olgan. Bu qahramon tarixiy shaxs bo„lib, muallif u haqida bir necha to„rtliklarni kiritgan. Alp Er To„nga haqidagi marsiya shu janrning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir. Devonga kiritilgan qadimiy xalq maqollari ham turli mavzularga bag„ishlangan bo„lib, hozir ham milliy-ma‟rifiy va badiiy ahamiyatga egadir. O„qituvchi mazkur mavzularni o„quvchilarga yetkazar ekan, darslikda namuna sifatida kiritilgan qo„shiqlarning mazmunini, ularda tasvirlangan voqealar, tabiat manzarasi, tasviriy vositalar, vazn va qofiya xususiyatlari haqida ma‟lumot berishi muhim ahamiyatga egadir.11-sinf darsligiga kiritilgan yana nasriy asarlardan biri Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy” asaridir. Bu asar payg„ambarlar haqidagi qissalardan iborat bo„lib, ular o„z ildizlari bilan “Qur‟on” va “Hadis”larga borib taqaladi. Shu bois, bu asar xalq orasida keng tarqalgan. O„qituvchi bu asar haqida o„quvchilarga ma‟lumot berishi uchun, islom dini tarixi, Qur‟on va hadislardan xabardor bo„lishi talab qilinadi. Aslida, iste‟dodli yozuvchilar o„z asarlarida o„quvchini kitobga qiziqtiruvchi lavhalarni, voqealarni tasvirlashga harakat qiladi. Ayrim tarixiy asarlarni o„ranish jarayonida, o„qituvchidan maxsus 149 kirish mashg„uloti talab qiladi. Tarixiy-nasriy asarlar tahliliga kirishilganida, voqealar tasvirida, qahramonlarningishtirokida asar tabiatidan kelib chiqib, o„ziga xos usullar tanlanishi lozim. Tahlil va talqinning muvaffaqiyatli chiqishida, o„quvchilarning asar matnidan qay darajada muhim ta‟limiy ahamiyatga egadir. Ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asariga bag„ishlangan mashg„ulotda o„quvchilar asarni talab darajasida o„zlashtirishlari uchun bir muncha vaqt talab qilinadi. Asar voqealaridagi uzviylik, davomiylikning uzilmasligi o„quvchilar diqqat e‟tiborini muntazam ushlab turish uchun o„qituvchidan mustahkam bilim va katta tajriba talab qilinadi. Umumta‟lim maktablarining yuqori sinflari uchun adabiyot darsliklarida birmuncha murakkab bo„lgan Qadimgi turkiy adabiyot namunalaridan O„rxun-Enasoy obidalari, Mahmud Qoshg„ariyning “Devoni lug„otit turk”, Nosiriddin Rabg„uziyning “Qissasi Rabg„uziy”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Anbar Otinning “Risolayi falsafiyi siyoxon” kabi asarlardan namunalar kiritilgan. Yuqorida nomlari tilga olingan asarlarni o„quvchilarga yetkazish uchun har bir mavzu ma‟lum uslubiy yo„llarni, turli- tuman mashg„ulot turlarini talab qiladi. O„qituvchi mavzuni o„quvchilarga yetkazishda har bir mavzuning talabidan kelib chiqib asr bobi yoki qismi uchun alohida reja asosida mashg„ulotni tashkil qilishi lozim bo„ladi. Chunki, tuzilgan reja yozuvchining fikri, maqsadi, tili va uslubi, badiiy yo„nalishi va boshqa masalalar haqida tushuncha beradi. Masalan, “Boburnoma” asarida muallif voqealarni yillar oralig„ida tasvirlaydi, har bir yil voqealarida muhim ma‟lumotlar, tarixiy shaxslar, tabiat hodisalari ketma-ketlikda yozib borilgan. Eng muhimi voqealar sanaviy tartibda bayon etilgan. “Boburnoma”da muallifning Farg„ona viloyati hokimi bo„lib, Qobulda o„zini podshoh deb e‟lon qilgani va nihoyat Hindistonda o„z saltanatiga 150 asos solgani bilan bog„liq voqealar tizmasi o„z aksini topgan. Asarda XV asr oxiri XVI asr boshlaridagi tarixiy, madaniy, jarayonlar, urf-odat va an‟analar, san‟at va adabiyot, o„simlik va hayvonot dunyosi, shahar va qishloqlar, meva va gullarning boy manzarasi ham chizilgan. Darslikda asarning to„liq matni berilmagan bo„lsada, unda tasvirlangan ko„pgina shaharlar me‟moriy yodgorliklar, bog„lar, hayvonot va o„simliklar olamining nomlari hozirgi kunda o„zgargan yoki aynan saqlanib qolganligiga amin bo„lamiz. Tabiiyki, hozirgi o„quvchi ularning izohi bilan qiziqadi. Shu bois, o„qituvchi o„z o„quvchilarini asar boqealari olamiga olib kirishi bir muncha qiyinlashadi. O„qituvchi muallif tasvirlagan voqealar tafsiloti haqida gapirib, o„quvchini e‟tiborini jalb qila olmaydi, yozuvchi sayohat qilgan joylarda o„z o„quvchisini sayohat qildira olmaydi. Eng muhimi Zahiriddin Muhammad Boburning his-tuyg„ularini, sarguzashtlari, uning shaxsiyatini, iztirob-u, hayajonlarini o„quvchilarga yetkazish uchun, asar matni ma‟lum reja asosida chuqur ishlash muhim ahamiyatga egadir. Har bir mashg„ulot uchun reja tuzish, o„quvchilarni faollashtirish, matnni ovoz chiqarib o„qish, o„qituvchi bilan suhbat qurish, rejaga mos sarlavha tuzish mumkin. Keyinchalik o„quvchilar ishtrokida tuzilgan rejadan mashg„ulotlarda foydalanish mumkin. Nasriy asarlarni o„rganish mashg„ulotlarida matnni ovoz chiqarib o„quvchilarga o„qitish. Birinchidan, ifodali o„qish ko„nikmasini hosil qiladi, ikkinchidan, asar matnining uslubiga, yozuvchining o„ziga xos nutqiga moslashadi, uchinchidan, asar qahramonining holatini ifodalovchi ohangga e‟tibor beradi, to„rtinchidan, o„qilgan matn asosida qayta hikoya qilib berishda og„zaki nutqi shakllana boradi. 151 O„zbek adabiyoti tarixi namunalaridan darslik uchun tanlangan nasriy asarlarni o„rganishda quyidagicha uslubiy tavsiyalvrga e‟tibor berish maqsadga muvofiqdir: 1. Avvalombor, o„rganilayotgan nasriy asarlarning nomlanishi haqida ma‟lumot berish lozim. (“O„rxun-Enasoy” obidalari, “Devonu lug„atit-turk”, “Qissasi Rabg„uziy”, “Boburnoma”, “Risolayi falsafayi siyohon” va boshqa asarlar) 2.Nasriy matndagi tushunilishi qiyin bo„lgan iboralar, maqollar, imo-ishora bilan bog„liq so„zlarni sharhlab, izohlab berish. 3.Nasriy matnda tushunilishi qiyin bo„lgan so„zlarda muallif nazarda tutgan urg„u, talaffuziga e‟tibor berish va izohlash. 4.Ayrim nasriy asarlarda uchraydigan badiiy tasvir vositalari asosida berilgan lavhalardagi muallif mahoratiga ta‟rif berish. 5.Nasriy matnlarda tilga olingan Qur‟oni Karim suralaaridagi afsonalar, hikoyatlar, rivoyatlar, Payg„ambar hadislari, diniy- tasavvufiy ma‟lumotlar berish. 6.Nasriy asarlarda voqealar tasvirlangan tarixiy sanalar, tarixiy shaxslar nomlariga izoh berish. Bu ma‟lumotlar voqea-hodisalar qaysi davrda ro„y berganligiga oydinlik kiritish. 7.Nasriy asarlarda asar yaratilgan davrning etnografiyasiga sharh berish. (Nasriy asarlarda uchrovchi urf-odat, narsa buyum, kiyim- kechak nomlari, tarixiy shaxslar, ular mansub bo„lgan tabaqaga mansubligi izohlanadi) 8.Nasriy asarlarda uchraydigan joy nomlari yoki toponimikasi asar yaratilgan davr tilida nomlangan bo„lib, ulurning nomlarini izohlashda, hozirgi davrdagi nomlari bilan qiyoslash orqali ma‟lumot berish, o„quvchilarda o„sha davr tarixiy joy nomlari haqida tushuncha hosil qilish. 9.Nasriy asarlar yaratgan mualliflar, tabiiyki, faqat adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix kabi fanlardan xabardor bo„libgina qolmay balki, o„z davrining dunyoviy ilmlaridan xabardor bo„lganlar. Asarlarida boshqa fanlar bilan bog„liq 152 ishtibohlardan foydalanishga intilganlar. Bunday ma‟lumotlar deyarli barcha nasriy asarlarda uchraydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling