O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet1/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA'LIMI VAZIRLIGI


RESPUBLIKA TA'LIM MARKAZI


O‘ZBEK TILI fanidan takomillashtirilgan o‘quv dasturi asosida 5-9 sinf darsligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan qo‘shimcha materiallar


TOSHKENT-2019
Kirish
Xalq ta'limi vazirligi buyrug‘iga asosan o‘quv rejada O‘zbek tili (Davlat tili) fanining yuqori sinflarda soatlari haftasiga 3 soat, yiliga 102 soat hajmda 1 chorakda 27 soat, 2 chorakda 21 soat, 3 chorakda 30 soat, 4 chorakda 24 soat o‘qitilishi belgilandi. O‘quv dasturining adabiy o‘qish ruknida o‘zbek va jahon adabiyotining eng yirik namoyandalarining hayoti, ijodi va asarlarini alohida soatda o‘qitishga e’tibor qaratildi. Avval O‘zbek tili fanida o‘zbek va jahon adabiyotining yirik namoyandalari va ularning asarlari alohida soatda o‘rganilmas edi. Dars soatlarining ko‘payishi bunga imkoniyat yaratdi. O‘quvchilarning psixofiziologik xususiyatlari e’tiborga olingan holda sinflar kesimida adabiy figura va ularning sara asarlari tanlab olindi. Har bir nutqiy mavzuga adabiy o‘qish ruknida adabiy figuralar va asarlar qo‘shib o‘qitiladi. O‘qituvchilar berilayotgan adabiy materiallarga ijodiy yondashib, turli metodlardan foydalanishlari maqsadga muvofiq.
Quyida o‘zbek tili fanidan 5-9 sinf darsligiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan 1 chorak yuzasidan qo‘shimcha materiallar berildi.



  1. sinf

1 chorak



  1. topshiriq. Matnni o`qing. Mazmunini so`zlab bering. Savollar tuzing.



Zafar Diyor

O‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Zafar Diyordir. U 1912 yili Namangan viloyatining Chust tumanida dehqon oilasida tug‘ildi. Avval eski maktabda, so‘ng Narimonov nomli o‘zbek Erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni a’lo baholarga tugatib, o‘sha erda adabiyot muallimi bo‘lib xizmat qildi. 1941- yilda esa Toshkent Davlat pedagogika oliy bilimgohini tugatdi.

Uning «Qo‘shiqlar» nomli birinchi she’riy to‘plami nashr etiladi. Jurnalistika shoir faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Zafar Diyor mohir bolalar shoiri bo‘lishi bilan birga bolalarning
suyukli dramaturgi ham edi. Uning uch qismdan iborat «Baxtli yoshlik», «Uch og‘ayni» pyesalarida bolalar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik ardoqlanadi. U tarjimon va nosir ham edi.
Zafar Diyor 1946 yil 14 aprelda vafot etdi. Uning vafotidan keyin «Kichkina bog‘bon haqida doston» , «Chaman» , «Gunafsha» , «Asarlar» , kabi to‘plam va saylanmalari nashr etildi.




  1. Download 151 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling