O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet7/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

Abdulla Qodiriy

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) – XX a. yangi oʻzbek adabiyotining ulkan namoyandasi, oʻzbek romanchiligining asoschisi; 20-yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi. Bogʻbon oilasidatugʻilgan. Otasi Qodirboboxon, beklar qoʻlida sarbozlikqilgan, rus bosqini paytida Toshkent mudofaasida qatnashgan. Otasi boshidan oʻtgan sarguzashtlar Abdulla Qodiriyning qator asarlari, xususan tarixiy romanlarining yuzaga kelishida muhim rol oʻynagan. Abdulla Qodiriy musulmon maktabidarus-tuzem maktabidaAbulqosim shayx madrasasida taʼlim oldi; Moskvadagi adabiyot kursida oʻqidi. Yoshligidanoq qadimgi Sharq madaniyati va adabiyoti ruhida tarbiya topgan; arabfors va rus tillarini oʻrgangan. Jahon adabiyotini ixlos bilan mutolaa qilgan.


Oilasi kambagʻallashganligi sababli bolalikdan mustaqil mehnat qila boshladi, turli kasblarni egalladi, mahalliy savdogarlarga kotiblik qildi.

Adib oʻz kasbi haqida toʻxtalib shunday degan edi: „Yozuvchilikda bir qonun bor: hammadan ilgari maʼno, undan soʻng shu maʼnoni ifoda qilish uchun soʻz qurish, soʻzgina emas, sanʼatkorona, yaʼni shundogʻ soʻzki, aytmoqchi boʻlgan fikringizning ifodasi uchungina maxsus yaratilgan boʻlib, yasama boʻlmasin. Mana shu shartni bajarib, bu jihatdan taʼmin etilgach, boshqa masalalarga oʻtishga haq olgan boʻlasan…“.


Abdulla Qodiriyning 44 yillik umri, 20 yillik ijtimoiy va ijodiy faoliyat davri keskin kurashlar, taʼqibu tahdidlar ichida oʻtdi. Rostgoʻy adib sho‘ro davri haqidagi badiiy asarlarida, publitsistikasida shoʻro Yozuvchining tarixiy romanlarining esa asosiy mavzusi – millat taqdiri, birligi, el-yurt qaygʻusi, mustaqilligi, shaxs erki, ijtimoiy adolat uchun kurash gʻoyalari bilan yoʻgʻrilganligi tufayli ham hukmron mafkuraga zid asarlar boʻlib chiqdi. Gʻofir Gʻulom, Abdulla Qahhor, Uygʻun kabi shogirdlarining "donos"lari ortidan Abdulla Qodiriy 1937-yil 31-dekabr kuni xibsga olindi. 9 oylik qamoqdagi soʻroq-tergov, qiynoq, xoʻrlikdan soʻng ChoʻlponFitrat kabi maslakdoshlari bilan birga qatl etildi. Qodiriy xibsga olingach, asarlari „zararli“ sanalib oʻtda yoqildi, kutubxonalardan yoʻqotildi, ularni oʻqish taʼqiqlandi.


CHIN DO`ST
Anvar har kim uchun sevimli va xushmuomalasi barcaga baravar edi. Ayniqsa xush ko`rgan kishilaridan birinchisi Ra`no va ikkinchisi maktabdagi saboqdosh sherigi Nasim edi. Nasim bilan Anvar juda yaqin do`st, bir- birini tushunuvchi sirdosh o`rtoq edilar. Nasim “Xonning mirzaboshisining o`g`liman”, deb havolanmasdi. Shuning uchun Anvar ham “Salim bo`yoqchining yetimi, Solih mahdumning asrandisiman” deb andisha qilmas edi.
Bu ikki bola bir joyda suhbatga kirishsalar, chetdagi bir kishi Anvarni yirtiq bo`z kiyimlar ichida va Nasimni shohi-adraslar bilan g`arq holda ko`rib, taajjublanar edi……..
Baxtga qarshi bu do`stlik uzoq davom etmadi. Bir kun oradan do`stlik ipini o`lim uzdi. Nasim o`n besh yoshlar chamasida chechak kasali bilan og`ridi.
U zamonasidagi chechakdan, ya’ni emlash ahamiyatiga tushunmaganlikning qurboni bo`ldi, Muhammad Rajabbek va oilasi uchun og`ir bir hasrat bo`ldi. Anvar marhumning ota-onasidan ham ko`proq ko`z yosh to`kdi. Uch kun maktab va mahdumni unitib,
Muhammad Rajabbek hovlisida turib qoldi.
Har oqshom Nasimning qabri ustida bir necha soatlab yig`lab o`tirdi.Anvarning samimiy chin do`stligi va o`rtog`iga sadoqati har kimni taajjubga qo`ydi.
Anvar birinchi martaba marhum do`stiga atab marsiya yozdi. Mulla Muhammad Rajab o`g`lining sodiq do`stiga shu kundan boshlab boshqacha qaray boshladi….. Anvarning yetim va g`aribligini bildirmaslik maqsadida,….. unga otalik qilishni niyat qiladi.

“Chin do`st” “Mehrobdan chayon” asaridan parcha.



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling