O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Download 151 Kb.
bet6/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

(Hikoya)
Yayra Sa’dullaeva
Shunday qilib, “b” sinfda bir-biriga nom qo‘yish boshlanib ketdi. Nosir qo‘ng‘iroq chalinishiga besh daqiqa qolganda sinfga hovliqib kirdi-yu, paltosini yechdi. Uni qoqib yuborgandi, erib ketgan qor tomchilari eshikdan chopib kirgan Qunduzning yuz-ko‘ziga sachrab ketdi. Qunduz “vuy” dedi-yu, qo‘llari bilan yuzini berkitgancha joyiga borib o‘tirdi. Buni ko‘rgan qizlar birdan chuvillab ketishdi.

  • Paltongni koridorda qoqsang bo‘lmaydimi?

  • Hovliga olib chiqib qoq!

  • Hu, seni, Nosir-sir!

Voqeani kuzatib turgan Boqiga hammasidan ham “Nosir-sir” degan so‘z yoqib ketdi. U:

  • Kim aytdi? Kim aytdi? – deb shunaqangi miriqib kuldiki...

Boqi Nosir bilan bir ko‘chada tursayam, chiqisha olmasdi. Ko‘pincha futbol o‘ynashganda Boqi darvozabon, Nosir esa hujumchi bo‘lardi. Nosir mo‘ljallab tepgan koptok adashmay, to‘g‘ri Boqi himoya qilib turgan darvozaga kirardi-qo‘yardi. Boqiga bu rosa alam qilardi. Qanday bo‘lsa-da, u bilan hisobni baravarlashtirish uchun payt poylardi. O‘sha payt kelganga o‘xshadi. – Nosirvoy-sirvoy, non bilan maza qilib eymiz, - dedi kulgidan to‘xtamay.
Nosir ham jim turarmidi – unga tirjayib qaradi-yu, “Boqi-toqi” dedi, xolos. Shundan keyin... Mavjuda: “Nega bir-biringga nom qo‘yasanlar?” degan edi, Boqiga yoqmadi. Javob ber, degandek Salimni turtdi. Salim Mavjudaga qarab:

  • O‘g‘il bolalarning gapiga aralashma, Mavjuda –jiyda, - dedi qo‘lini shimining cho‘ntagiga tiqib, endi o‘g‘il bolalar xaxolab kulib yuborishdi.

Mavjudaning jahldan lablari pirpiradi.

  • Hali men jiyda bo‘ldimmi, Salim-soqqa, - dedi Salimning yoniga borib. Bu gal kulgiga qizlar ham qo‘shildi.

Qaysidir qiz qo‘shimcha qildi:

  • Salim-soqqa, boraqol toqqa.

Yana kulgi ko‘tarildi. Faqat o‘qituvchi kirib qolgandagina bolalar taqqa to‘xtab, joy-joylariga o‘tirishdi...
Mana oradan ozgina vaqt o‘tdi. Endi sinfda deyarli hammaning nomi bor. Faqat indamay yuradigan Ravshanoy va bir-ikkita qizninggina laqab qo‘yishga g‘ashlari keladi. Qani, ayting-chi, bolalar, ota-onalaringiz ne-ne orzu-umidlar bilan tanlab qo‘ygan ismingiz yaxshimi, yoki laqab?



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling