O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


Zarifa Saidnosirova. “Oybegim mening” xotiralaridan


Download 151 Kb.
bet9/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

Zarifa Saidnosirova. “Oybegim mening” xotiralaridan


Saidnosirova Zarifa — kimyogar olima. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor. Kime fanlari nomzodi . Birinchi oʻzbek ayol rassomi. Taniqli maʼrifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda "Pestolotssi" maktabi , Navoiy nomidagi taʼlim-tarbiya texnikumi va ayni paytda Rozanov tasviriy sanʼat studiyasida oʻqigan. Soʻng Oʻrta Osiyo universiteti fizikamatematika fakultetining kimyo boʻlimini tugatib, oʻrta maktablar, xotin-qizlar bilim yurti va ishchilar fakultetida fizika, matematika va kimyo fanlaridan dars bergan. Qishloq xoʻjalik institutida oʻqituvchi, dotsent va kafedra mudiri, Toshkent tibbiyot institutida oʻqituvchi, Oʻquvpedagogika nashriyotida muharrir. Oʻrta maktablar va texnikumlar uchun "Kimyo" darsligi muallifi. Pedagogik faoliyatidan tashqari, volfram kompleks birikmalari va kimyo terminlarining ruschaoʻzbekcha lugʻati ustida ilmiy ish olib borgan. Zarifa Saidnosirova Oybek adabiy merosini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qoʻshgan. U adibning oʻzbek tilidagi 2 jildlik "Mukammal asarlar toʻplami"ni, rus tilidagi 5 jildlik "Asarlar"ini nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati . Tasviriy sanʼatga oid ishlari Oybek uy muzeyida saqlanadi.

Oybegim mening”


Men pianino chalishni sira bilmayman. Pianino chalishni o‘rganolmay, musiqa maktabini tashlab ketganman. So‘nggi yillarda esa hatto rasm studiyasiga qatnashni ham tark etganman. Ikki institutda ishlash, atamashunoslik bilan shug‘ullanish, darslik yozish, darsliklarni tarjima etish va onalik vazifasi... bular menga juda katta yuk bo‘lib, sutkaning 24 soati kamlik kilardi.


Ba’zan rassom do‘stlarimni, ayniqsa Urolni ko‘r­sam, ular meni juda koyir, xafa bular edilar. «Hamma kimyogar bo‘lishi mumkin. Lekin hamma ham rassom bo‘lolmaydi!»—der edi Urol.
«Sizday rassom bulishimga kuzim etmaydi, shuning' uchun tashladim»,—derdim men unga kulgn bilan.
Yuqoridagi xatlarda tilga olingan Sharifa o‘sha kezlarda hordik olgani ketgan, Oybek esa uni Maskavda kutib olgan va Yaltaga jo‘natib yuborgan edi.
Oybekdan kelgan xatlarni varaqlashda davom etaman:
«Zarifa!
Kecha sendan telegramma oldim... Kupdan beri xat olmaganim uchun ...Omonga biron nima bo‘lgandir, meni xafa qilmaslik uchun bildirishdan tortingan bulsa kerak, deb o‘ylagan edim. Kechagi telegramma menga umid bagishladi.
Nega bundam jim bulib ketding? Maktublarim no-mersiz uylaringga borib etmadimi? 16-da Zulfiya opa adresiga xat yozmishdim. Olgan bulsang kerak. Sattor-ning xotinidan x,am xat yozib yubordim, oldingmi? Shir-mani x,am uning narsalaridan k^shib yubordim.
Kitobing bosilayotibdirmi? Mening yozganlarim uchun gonorar oldingmi?..
Taxrir bitgan bulsa kerak. Seni kop qiynagandir...
Pianino 5000 sum! Musiqa tinglashdan voz kechishga To‘g‘ri keladi...
Har kun 6—7 soat o‘qiyman. Iqtisodiy ma’lumotimning yirtiqlarini yamayapman...
Omonning umumiy ahvoli qalay? Kasallik o‘sishiga ta’sir qilmaydimi?..
O‘g‘ling ko‘zimning oldidan sira ketmaydi... Sogindim. Seni ham.
Toshkentdan har kun aqcha kutaman, kelmaydi, tez yubor!
Sharifaga ikki marta xat yozdim. Uzi hech yozgani
19-da bir telegramma oldim. «Esli poluchili perevod perevedite»— mana uning telegrammasi. Nima demoqchi? «Pul yubor», demoqchimi? Qancha pul kerak? nimaga kerak?—bilmayman. Menimcha, Sharifaga pulning hojati yoq. Chunki, Maskavda hech nima olmadi. Demak, puli o‘z yonida. Bir xat yozib, bu masalani tushuntirsa, bo‘lmasmidi?.. «Hozir pul yo‘q, kelsa yuboraman»,— deb yozib yubordim.
Zarifa, menga pul juda kerak, keltirgan pulim bitdi, tez yubor.
Xayr.
Oybek. • 23/IX 32».
Zarifa Saidnosirova.



Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling