O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi respublika ta'lim markazi


topshiriq. Berilgan she’rlarni “Zanjir” usulida ifodali o`qing. Mazmunini so`zlab bering. G`UNCHALAR


Download 151 Kb.
bet2/12
Sana03.12.2023
Hajmi151 Kb.
#1799607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
5 - 9 синф адабий материаллар 2

topshiriq. Berilgan she’rlarni “Zanjir” usulida ifodali o`qing. Mazmunini so`zlab bering.



G`UNCHALAR
Vatan agar bo‘lsa bir chaman,
Siz qo‘ynida xandon g‘unchalar.
Ey! Siz mening kichik do‘stlarim,
Vataningiz sevar shunchalar.
Kelgusiga boqsak umidvor,
Hayot yana ko‘rinur gulgun.
Yashnab turar doim navbvhor,
Etilgaymiz gul bo‘lib ul kun......


Sentabr tongi !
Sentabrning go`zal tongi,
Kiyim kiygan hamma yangi.
Keng o`lkamiz bo`ylab yangrar,
Hur yoshlikning sho`x ohangi.

Har yoq bayram tusin olgan,


Maktab undan husn olgan.
Sevgan ona – Vatanimiz,
Dilimizga sevinch solgan. …..


Lug`at
Hur yoshlik – schastlivoe detstvo.
Sho`x ohang – vesyolaya melodiya.
Bayram tusi – prazdnichniy vid.
Yangrar – zvuchit.

Mashq va topshiriqlarni bajarish.





  1. Mashq. She’rni ifodali o`qing. She’r matnidan kishilik olmoshini toping va daftaringizga yozing. Lug`at tuzing.



Yashna, Vatan!

Yashna, Vatan,


Jon Vatan,
Senga sharaf –shon Vatan,
Sensan
Bizning onamiz,
Hadya senga jon va tan!
Osmon, dengiz, ko`llaring,
Oltin yering ulug`dir.
Gulshan dalang, qirlaring
Gul – lolaga to`liqdir.
Erk istagan yuraklar,
Topdi sendan saodat.
Porloq erur tilaklar,
Berding sevinch va rohat.

O`quvchilar bilimini baholash, uyga vazifa berish.


Uyga vazifa: Yashna, Vatan! She’rini yod oling.


Ilyos Muslim
Bolalar uchun asarlar yaratishdek sermashaqqat va qutlug‘ ishga umrini bag‘ishlagan Ilyos Muslim 1909-yilning 2-avgustida Qirg‘izistonning Bishkek shaharida cho‘yan quyuvchi-hunarmand oilasida dunyoga keladi. Maktabda o‘zbekcha, qirg‘izcha va ruscha kitoblarni sevib o‘qiydi, atrofda bo‘layotgan o‘zgarishlarga sinchikovlik bilan qaraydi. Dastlabki maqola va she’rlari maktab devoriy hamda respublika gazetalarida bosilib turadi. 1927-yilning kuzida Ilyos Muslim Toshkentga kelib, o‘zbek erlar bilim yurtiga o‘qishga kiradi. Uning “Turnalar”, “Bizning maktab”, “Sening sovg‘ang”, “Tilla qo‘ng‘iz”, “Ishchan asalarilar”, “Oylar aytishuvi”, “Oyxon va Rayhoy”, “Ko‘rik”, “Birinchi sovg‘a” kabi kitoblari o‘zbek bolalar adabiyotining rivojlanishiga barakali hissa bo‘lib qo‘shildi. Bu to‘plamlar yosh kitobxonlarning aqliy, axloqiy va estetik tarbiyasida etakchi ro‘l o‘ynab kelayotir. Ilyos Muslimning qaysi asariga nazar tashlamang, unda kichkintoylar hayotiga doir muhim muammolar tasvirlanganini ko‘rish mumkin. Masalan, “Maktabim” asarida maktabdan aziz va mo‘tabar joy yo‘qligi, u “ona kabi mehribon” bir makon ekanligi ulug‘lanadi. Ilyos Muslim o‘z sherlarida vatanimizning go‘zalligi, bolalarning tinch va osuda hayotini kuylar ekan, ularning porloq kelajagiga nazar tashlaydi. Shu jihatdan “Do‘stlik” she’ri diqqatga sazovordir. Ilyos Muslim “Sening sovg‘ang” nomli she’rida o‘z hunari bilan onasini xursand qilgan chevar qizning lirik obrazini yaratadi. Chevar qizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri uning mehnatga mehr bilan, chin dildan berilishida ko‘rinadi. Bu she’rda turli she’riy vositalar yordamida ifodalanadi.

Download 151 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling