O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Savol va topshiriqlar 
1. 
Asar yaratilgan tarixiy davr va unga yozuvchining 
munosabatini izohlab beradigan ko„rgazmali qurollar haqida 
ma‟lumot bering. 
2. 
Yozuvchi yashagan davrning ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy hayoti haqida tasavvurlaringizni so„zlab bering. 
3. 
Mumtoz adabiyot namunalari san‟atning vaysi 
turlari bilan uzviy bog„liq? 
4. 
Mumtoz adabiyot namunalarini o„rganishda lug„at 
ustida ishlashning o„rni qanday? 
 


114 
6- mavzu: Adabiy-nazariy ilmlarning o„zbek adabiyoti 
tarixi namunalarini o„rganishda tutgan o„rni va ahamiyati 
Reja: 
1. 
Adabiy-nazariy ma’lumotlar va ularning o‘zbek 
adabiyoti tarixi namunalarini o‘rganishdagi ahamiyati. 
2. 
Mumtoz she’riy matnlarni tahlil va talqin qilishda 
aruz ilmining tutgan o‘rni. 
3. 
She’riy matnlardagi badiiy nafosatni o‘quvchilarga 
anglatishda badiiy san’atlarning tutgan o‘rni. 
4. 
Mumtoz she’riyat namunalarini tahlil qilishda 
qofiya. Radif va vazn xususiyatlarining zarurati. 
5. 
Adabiy-nazariy tushunchalar misolida ijodkor 
mahoratini anglash va ijodkor uslubini baholash ko‘nikmasini 
shakllantirish. 
 
 
Adabiyotshunoslik tarixida nazariy ilmlarning asosini tashkil 
etadigan sohalar asosan aruz vazni nazariyasi, badiiy san‟atlar va 
qofiya ilmidan iborat. Ma‟lumki, aruz vazni ilmi maxsus 
adabiyotshunoslik fani sifatida maktab va madrasalarda muttasil 
o„rganilgan. 
Aruz ilmining 
murakkabligini 
uning 
qiyin 
o„zlashtirilishini inobatga olgan mudarrislar o„qitishning turli 
usullarini kashf etish barobarida amaliyotda qo„llab ham kelganlar. 
Aruz vazni arab she‟riyatiga VIII asr boshlarida tadbiq etilgan 
bo„lib, 
IX asr boshlarida fors tojik adabiyotida ham qo„llanila boshlagan. 
Sharq adabiyotining yirik namoyondalaridan Ro„dakiy, Firdavsiy, 
Daqiqiy keyinroq Umar Hayyom, Sa‟diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, 
Abdurahmon Jomiy kabi shoirlar ijodidan mustahkam o„rin egalladi. 
Aruz vazni asosida yaratilgan she‟riyat umumbashariy g„oyalarni 
jozibali, ta‟sirchan, o„qishimli qilib ifodalashda alohida ahamiyat 
kasb etdi. Shuning barobarida, ijodkorning vazn tanlash, o„z 
asarining musiqiy ohangdorligini ta‟minlash, xilma-xil she‟riy 


115 
o„lchovlar vositasida o„z qahramonlari qiyofasini jonli, hayotiy qilib 
tasvirlash mahoratini egallay boshladilar.
IX-X asrlarda turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan o„sha davr 
an‟analariga muvofiq o„z asarlarini dastlab arab tilida bitgan bo„lsa-
da, keyinchalik turkiy tilda aruz ilmi o„lchoviga aoslanib xilma-xil 
musiqiy va jozibador vaznlar zaminida g„oyaviy va badiiy jihatdan 
barkamol qasida va g„azallar ruboiy va qit‟alar yaratdilar. Bu haqda 
XI asrning mashhur adabiyotshunos olimi Abu Mansur As- Saolibiy 
o„zining “Yatimat ud-dahr” kitobida ko„plab turkiy ijodkorlarning 
aruz vazni asosida yaratgan asarlarini zikr etib o„tadi.
Haqiqatdan ham turkiy tilda ham aruzning yengil va o„ynoqi 
o„lchovlarida ko„plab lirik she‟rlar yozilganligi shubhasizdir. XIII-
XIV asrlarga kelib aruz o„lchovi Pahlavon Mahmud, Badriddin 
Chochiy kabi mutafakkir shoirlarning forsiy she‟riyatida ham 
Nosiriddin Rabg„uziy, Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroyi kabi 
shoirlarning turkiy asarlarida ham keng qo„llanildi va o„zbek 
adabiyotining asosiy she‟riy mezoni bo„lib qoldi. Bu ijodkorlar 
tomonidan ko„plab lirik she‟rlar “ Qisasi Rabg„uziy”, 
“Muhabbatnoma”, “Hisrav va Shirin”, “Guliston bit-turkiy” kabi 
o„lmas asarlar yaratildi.
Bu 
asarlarning 
yaratilishida 
ijodkorlar 
tomonidan 
foydalanilgan o„ttizdan ortiq vazn aruz o„lchovining adabiyotimizga 
chuqur kirib borganligini, shoirlarimiz ushbu murakkab o„lchov 
tizimining nazariyasini tobora puxta egallab, xilma-xil vaznlar 
asosida go„zal she‟riy badiiyalar yaratish mahoratini ham izchillik 
bilan o„rganib borganliklarini ko„rsatib turibdi. 
XV asr o„zbek aruzi rivojida alohida bosqich hisoblanadi. 
Chunki, bu davrning birinchi yarmida Atoiy, Sakkokiy, Durbek, 
Gadoiy, Lutfiy singari turkigo„y ijodkorlar o„z asarlarini aruzning 
eng jozibali bahrlarida yaratib, ko„plab vaznlarni she‟riyatimizga 
olib kirdilar. Buyuk shoir Alisher Navoiy o„zining lirik she‟rlari, 
dostonlarini yaratish jarayonida aruz o„lchovining barcha 


116 
imkniyatlarini sinovdan o„tkazib, yuzga yaqin vaznni qo„llab, bu 
sohada eng yaxshi muvaffaqiyatlarga erishdi. 
Alisher Navoiyning mazkur sohadagi an‟analarini davom 
ettirgan Zahiriddin Muhammad Bobur o„zbek aruzini yangi 
taraqqiyot bosqichiga ko„tardi.
Alisher Navoiy va Bobur izidan borgan o„zbek shoirlari xilma-
xil vaznlarni o„z she‟riyatlarida san‟atkorlik bilan qo„llab borib, 
o„zbek aruzini kamol toptirdilar, qator-qator yangi o„lchovlarni 
kashf etib, uni yanada takomillashtirdilar. Bu sohada Mashrab, 
Nodira, Munis va Ogahiy, Muqimiy va Furqat kabi sohibi 
qalamlarning xizmatlari katta bo„ldi. 
Ijod ahli bu murakkab vaznda ijod qilishni maqsad qilgan 
ekan, aruz haqidagi ilmiy-nazariy bilimlarni qay yo„sinda, qaysi 
bilim dargohida o„zlashtirganlar va o„z ijodlari davomida amalda 
qo„llash ko„nikmasini qanday shakllantirganlar degan savol 
ko„ndalang turadi. Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomoni esa 
yuqorida nomlari tilga olingan iste‟dodli ijodkorlarning aruz vazni 
asosida yaratgan bebaho asarlarini o„qish, tushunish uchun ham bu 
ilmdan xabardorlik talab qilingan. 
Nazarimizda, mumtoz she‟riyatni anglashga bo„lgan ehtiyoj 
tufayli maktab va madrasalarning o„quv dasturiga alohida fan 
sifatida kiritilishi tasodifiy hol emas. Bu fanning dasturga 
kiritilganligi bois, mumtoz adabiyotni o„rganish usullarining 
maydonga kelishiga sabab bo„lgan.
Aruz vazni ilmi deyarli barcha madrasalarda o„rganilganligini 
har bir davrga doir manbalar tasdiqlaydi. Jumladan, XI-XII asrlarda 
Samarqanddagi Ibrohim Tavg„achxon madrasasida mudarrislik 
qilgan qomusiy olim Ahmad Nasafiy madrasa talabalari uchun 
“Matla‟ an-Nujum ” va “Majma‟ al-ulum” nomli darslik to„plam 
asarida madrasalarda o„rganilgan yigirma uchta ilm sohasi haqida 
ma‟lumot berar ekan, aynan aruz vazniga oid ilmlarni “She‟riy 
san‟at ilmi” bobining ikkinchi fasliga kiritadi va “Aruz vazni 


117 
qoidalari bo„yicha qisqacha kitob” deb ataydi. Muallif arab 
she‟riyatining vazn tuzilishi qoidalari haqida batafsil ma‟lumotlar 
beradi. Shuning barobarida she‟rlarning vaznida qo„llangan o„n 
beshta bahri haqida to„xtalib, ularning har biriga daxldor she‟riy 
namunalarni keltiradi
24
.
Yuqorida tilga olingan manbada keltirilgan ma‟lumot juda 
muhim bo„lib, aruz vazniga oid ilm aynan Samarqand oliy ta‟lim 
tizimida chuqur o„rganilganligini tasdiqlaydi. 
Aslida «aruz» atamasi arab tilidan olingan bo„lib, aruzshunos 
Xalil ibn Ahmad yashagan manzilga yaqin joy nomini, ya‟ni vodiy 
nomini bildiradi. Alisher Navoiy o„zining «Mezon ul-avzon» 
asarida bu so„z ma‟nosini quyidagicha izohlaydi: «Xalil ibn Ahmad 
rahmatullohki, bu fanning voizidur, chun arab ermish va aning 
yaqinida bir vodiy ermishki, ani «Aruz» derlar emish va ul vodiyda 
a‟rob uylarin tikib, jilva berib, bahoga kiyururlar ermish. Va uyni 
arab «bayt» der. Chun baytlarni bu fan ila mezon qilib, mavzunini 
nomavzunidin ayururlar, go„yoki qiymat va bahosi ma‟lum bo„lur, 
bu munosabat bila «aruz» debturlar»
1

Alisher Navoiyning «aruz» atamasi arablar va ularning maishiy 
hayoti bilan bog„liqligini, aynan mazkur vodiyda arablar chodir 
uylarni tikib, unga zeb berib, bahosini aniqlab sotishi haqida 
ma‟lumot beradi. Shoir «jilva berib» birikmasini keltirish bilan 
she‟riyatni ham bezaydigan, unga jilva beradigan bu aruz vazni 
baxrlari va badiiy vositalar ekanligiga ishora qiladi. Hatto 
musulmon sharqi poeziyasining she‟r birligi bo„lgan “bayt” so„zi 
ham arabchada “uy” degan ma‟noni bildiradi. Alisher Navoiy bu 
vaznning o„ziga xos xususiyatlari haqida so„z yuritib, uyni tutib 
turuvchi ustunlar “rukn” deb ataladi, baytning asosini ham ruknlar 
tashkil qiladi deydi. Uyning bezaklari, ko„rinib turgan va ko„zdan 
24
Қаранг: Нажм ад-дин Ҳафс Умар Муҳаммад. Аҳмад Насафий “Матлаъ ан-Нужум ва 
мажмаъ ал-улум”. –Тошкент ислом университети нашриѐти. 2015, 28-бет. 
1
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 16-том. Мезон ул-авзон –Т.: 
Фан, 2000, 45-46-бетлар.


118 
yashirin jihozlari bo„lganidek, baytdan ham “maxfiy va maqtum 
xayolot va maoni topsa bo„lur”
2
. Bundan tashqari aruz vazni 
baxrlarida bitilgan she‟riy asarlarni ifodali o„qish masalasi ham shu 
vazn nazariyasi bilan bog„liqdir. She‟rda tanlangan vazn, shoirning 
undan foydalanishdagi mahorati ijodkorning badiiy salohiyatini 
namoyon etadi. Shu bois, mudarrislar aruz nazariyasi va o„qitish 
usullariga alohida e‟tibor berganlar. Har bir davrning aruzshunos 
olimlari talabalar uchun maxsus qo„llanmalar yaratganlar va uslubiy 
tavsiyalar berganlar. Adabiyotshunoslik tarixida ham aruz ilmiga 
oid nazariy qo„llanmalar yaratilgan. Birinchisi Shayx Ahmad bin 
Xudoydod Taroziyning «Fununi balog„a» (1436-37) asaridir. 
Keyinchalik Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon», Zahiriddin 
Muhammad Boburning «Muxtasar» asarlari aruz nazariyasini, 
xususan, o„zbek aruzi qonun-qoidalarini ancha keng yoritib berdi va 
ayrim o„rinlarda darslik vazifasini o„tadi. Talabaning aruz 
nazariyasini puxta egallashiga katta ahamiyat berilgan, zero, bu 
bilimlarni egallamay turib, she‟riy matning vaznini topish, uni 
to„g„ri o„qish, bundan tashqari she‟rning badiiy-ifoda vositalarini 
sharhlash mushkil. 
Aruz vaznini, uning baxrlarini ajratish, urg„uni to„g„ri qo„ya 
bilish she‟r o„qilganda katta ahamiyatga ega. Masalan, aynan bir 
so„z bir baytda ikki marta uchrasa, har biri vazn talabiga ko„ra 
alohida urg„u bilan talaffuz qilinishi lozim bo„lgan hollar ko„p 
uchraydi. Masalan: 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling