O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/43
Sana22.04.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1379788
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI

Na qattig„ kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo„lmoq, 
Mening ohim o„tig„a bul zaminu osmon o„rtar. 
SHoir bu baytda mubolag„a san‟atini mahorat bilan qo„llaydi. 
YA‟ni lirik qahramon ohu-fig„onlarining o„tidan eru-osmon 
o„rtanishini bo„rttirib tasvirlaydi. Bu hol badiiy qahramonning ichki 
iztiroblarini yaqqolroq namoyon etishda muhim vosita vazifasini 
bajargan. 
Mashrab yana bir necha o„rinda g„azalning tashqi radifi bilan 
birgalikda jahon o„rtar, xonumon o„rtar, so„ngaklarni nihon o„rtar, 
osmon o„rtar, ustixon o„rtar kabi birikmalarni ham keltiradi. SHoir 
«o„rtanmoq» so„zini insonga xos xususiyat sifatida qo„llasa-da, 
ammo ma‟noni kuchaytirish maqsadida, jonsiz narsalarga (jahon, 
xonumon, so„ngak, osmon, ustixon) inson xususiyatlarini ko„chirib 
tashxis san‟atini qo„llaydi. YA‟ni, narsalarni shaxslantiradi, odamga 
aylantiradi. G„azalning 6-baytida esa, tazod san‟atini qo„llaydi: 
zaminu osmon so„zi qarama-qarshi ma‟noni ifodalaydi. 
7. Aslida g„azal shoh bayt bilan boshlangan bo„lib, shoir ishq 
mavzusini ochib berishga intiladi. Qolgan baytlarda esa mazkur 
mavzuni yanada yorqinroq, teranroq yoritishga intiladi. 
8. G„azalda shoir shaxsiyati ya‟ni «men»i birinchi baytdayoq 
o„quvchi ko„zi oldida namoyon bo„ladi. 
CHunki, g„azaldagi oshiq, shoirning o„zidir. U o„z oshiqlig„ini 
bayon etish bilan g„azalni boshlaydi. Oshiqlikning sabablarini, 
oqibatlarini boshqalarga ham tushuntiradi. Bu hol ikkinchi baytda 
juda 
chiroyli 
ifodalangan. 
SHoirning 
shaxsiyati 
mazkur 
birikmalarda: (men) nechuk toqat qilay - (mening) g„amim, 
(mening) yuragimni, (meni) bexonumon, (men) «Nigora!» oting 
aytsam, (men) bayon aylay, (mening) tilim lol, ko„zim giryon, 


165 
(mening) ohim, (menda) qolmadi toqat, (men) bu dard ila xarob 
bo„ldim, (mening) unum chiqsa, (men) oh ursam, yaqqol namoyon 
bo„ladi. 
9. G„azalda ma‟shuqa timsoli quyidagi birikmalar orqali 
namoyon bo„ladi: (sening) - firoqingda, (sening) shavqingdin, (sen) 
ey jono, sening vasfing bayon aylay, (sen) dilbar, (sening 
visolingdin judo bo„lmoq), (sen) kelib holimni so„rmassan. G„azalda 
ma‟shuqa timsoli, shoirning ishqiy iztiroblarini yorqin namoyon 
etadi. Shu o„rinda Mashrab tarjima holida qayd qilingan Ofoq Xoja 
kanizagi bilan bo„lib o„tgan ishqiy mojarolarga ishoralarni 
yuqoridagi birikmalardan anglab olish mumkin. 
10. Ishtiqoq san‟ati («so„zdan so„zni ajratmoq») degan ma‟noni 
ifodalaydi. YA‟ni she‟r baytlarida o„zakdosh so„zlarni qo„llash 
Mashrabning «O„rtar» g„azalida ham uchraydi: 
Masalan, oshiq – ishq, g„am – alam, dard – firoq – judo kabi 
so„zlarni olishimiz mumkin.
11. Shoir taxallusi uning xarakter xususiyati, taqdiri, mayli, 
ruhiy holati, kayfiyati hisobga olingan holda tanlangan. 
Mashrab – arab tilidan olingan so„z bo„lib, tabiat, xarakter, odat, 
xulq, ravish, bahra, nasiba, g„oya, maslak, suv ichish, suv olish joyi, 
suv, sharob, sharob ichish joyi kabi ma‟nolarini anglatadi. Ayrim 
o„rinlarda shoirning tasavvufiy g„azallari mazmunidan kelib chiqib 
«ilohiy sharobga etishmoq» kabi ma‟noga ham nisbat berilgan. 
Bundan tashqari, u Rindiy, Uman, Mahdiy, Zinda kabi taxalluslari 
bilan she‟rlar yozgan. Shoir «Mashrab» taxallusini qo„llaganligini 
quyidagicha izohlaydi: «Har kishi manga rafiq bo„lsa, man anga 
rafoqat qilurman. Har qozonga tushsam qaynaydurman, aning uchun 
otim Mashrab qo„ydum». «Qissai Mashrab» (32-bet). 
G„azal matnidagi asosiy izohtalab so„zlar, adabiy-ilmiy 
ishtibohlar aniqlangandan so„ng g„azalning nasriy bayonini 
izohlashga kirishiladi.


166 
Mashrab g„azalining shoh baytida o„z oshiqlig„ining sabablarini 
ifodalashni maqsad qilgan. Uning ishq dardi nihoyatda iztirobli, 
azobli, uni tinglaganning jonu-jahoni o„rtanib ketadi. CHunki, uning 
ishqi shu qadar sir-asrorga to„laki, uning xonumonini, borlig„ini, 
vujudini o„rtaydi. Shoir ishqni olovga, otashga qiyoslaydi. Agar 
otash ishqning kichik bir zarrasi kishi qalbiga etsa, u o„zini qo„yarga 
joy topmay, har tomonga o„zini uradi, ya‟ni giryon bo„ladi. Besabr-
betoqat bo„lib, uning yurak bag„ri azobda qolib o„rtanadi. Bu og„ir 
dardga qanday toqat qilishga bardoshi etmayotganligini do„stlariga 
bayon qiladi. Shoir keyingi misrada g„amni alohida alamni alohida 
ta‟riflar ekan, fig„on chekmoq, faryod chekmoq eng azob ekanligini 
alohida ta‟kidlaydi. G„azalning keyingi bayti yanada iztirobli bo„lib, 
o„zining yolg„izligini, uy-joysiz qalandar ekanligini, bu ham 
etmaganday ayriliq azobi uni qiynayotganligini bayon etadi. SHoir 
ma‟shuqasining nomini «Nigoro» deya aytsa, shu so„zning otashi 
tilini o„rtaydi, nido chekadi. 
Keyingi baytda shoir o„z ma‟shuqasidan iltijo qilib, qaysi til 
bilan uning visoli vasfini (ta‟rifini) bayon qilishni so„raydi. CHunki, 
oshiqning bayon qiluvchi tili lol, ko„zi namli, vujudida sirli azob 
yashirin. Lirik qahramon uchun ma‟shuqasidan ayrilgan kun, og„ir 
kun sanaladi. U fig„on qilsa, oh ursa uning tutuniga eru-osmon 
larzaga keladi. Oshiqning dardi, g„ami shu darajada qatma-qatki, 
natijada sabr-toqati qolmaydi. SHu o„rinda lirik qahramon o„z 
ma‟shuqasidan gina qiladi, bu ishq dardi uni xarob qilayotganini
uning ahvolidan xabar olmaganligi tufayli o„rtanayotganligini iltijoli 
tarzda bayon etadi.
G„azalning so„nggi baytida shoir Ollohga murojaat qilib, uning 
qalbidagi dardni hech kimning boshiga solmasligini iltijo qiladi. 
Oshiq qiyomatda, qayta tiriladigan joyda oh ursa, jannat ham abadiy 
o„rtanadi deya g„azal tugallanadi. 
G„azalning nasriy bayonini yaratish jarayonida talabalar 
Mashrabning ruhiy manzaralarining eng yuksak cho„qqisi 


167 
ifodalanganligini angladilar. U tasavvuf g„oyalarini targ„ib qiluvchi 
etuk mutafakkir, mutasavvuf shoir bo„lishi bilan birga, oddiy 
insoniy kechinmalar kuychisi sifatida ham namoyon bo„ladi. U o„z 
ma‟shuqasi oldida iztiroblanish kabi kechinmalarni mahorat bilan 
samimiy ifodalay olgan g„azaldagi badiiy tasvir vositalari ham 
o„ziga xosdir. Unda kutilmagan xalqona ifodalar ko„zga tashlanadi. 
SHoir o„z badiiy mahorati bilan muxlisi oldida qalb sirlarini oshkor 
etadi va uning yaqin suhbatdoshiga aylanadi. 
Bir so„z bilan aytganda, Mashrabning «O„rtar» radifli 
g„azalining badiiy tahlili talabalarga shoir shaxsini, dunyoqarashini, 
falsafasini, she‟riyatining mohiyatini qisman bo„lsa-da ochib 
berishga asos bo„ldi. 
Baytma-bayt qilingan g„azal tahlilidan so„ng talabalar umumiy 
xulosalarini quyidagicha ifodaladilar. 
5) 
Boborahim Mashrabning «O„rtar» g„azali tasavvufiy 
yo„nalishida bo„lib, bunda Ollohga bo„lgan ishq kuylangan. 
6) 
Oshiq ishqi nainki jon, balki jahonni o„rtaydigan 
darajada kuchlidir. 
7) 
Agar Olloh ishqidan loaqal bir zarrasigina inson 
ko„ngliga tushsa, shu zarraning o„ziyoq ollohga etishmoq yo„lida 
uni besabr, betoqat qilib qo„yadi. 
8) 
Lirik qahramon ya‟ni shoirning o„rtanayotganligi sababi, 
uning yuragiga jo bo„lgan nihon-yashirin kuch-qudratdan ibratdir. 
Bu kuch va qudrat esa Olloh ishqidir. 
G„azal tahlili jarayonida g„azalning biror baytida ham 
tasavvufiy so„zlar uchramaganligi sababli shoir oshiqning 
ma‟shuqaga aytilgan dunyoviy muhabbati madh etilyapti, degan 
mulohazalarni ham bildirdilar. YOki oshiq yigitning ma‟shuqa qizga 
bo„lgan sevgisi haqidagi g„azal deya baholagan talabalar ham 
bo„ldi. Muhimi, g„azal matni asosida olib borilgan mashg„ulotda 
qizg„in muhokama va munozaralardan so„ng, talabalar Mashrabning 
yirik san‟atkor, iste‟dodli shoir ekanligini his qildilar. «O„rtar» 


168 
g„azali misolida shoir ma‟naviyatidan, maqsadidan, mahoratidan 
xabardor bo„ldilar. Aslida tasavvuf nazariyasi va tarixi masalasi, 
xususan, istiqlol davridan boshlab e‟tiborga olinmoqda. Lekin, bu 
ulkan ruhiy, falsafiy va adabiy jarayon Mashrab ijodi misolida to„liq 
aks ettirilgan deb bo„lmaydi. Umuman, badiiy ijodning murakkab 
sohasi bo„lmish tasavvuf masalasini talabalardan talab etish uchun 
maxsus manbalar nashr ettirish, lug„atlar tuzish, uslubiy 
qo„llanmalar yaratish lozim ekanligi ko„zga tashlandi. Tasavvuf 
ta‟limoti haqida berilgan ma‟lumotlar qisman bo„lsa-da g„azal tahlili 
jarayonida o„z natijasini berganligining guvohi bo„ldik. 
Talabalarning shoir merosiga bo„lgan munosabatini aniqlashtirdi, 
uning g„azallarini jiddiy o„rganish lozimligini angladilar. Lekin 
Mashrabning o„tli satrlarini bugungi kun talabalariga tushuntirish, 
uning ruhiy olamiga olib kirish juda qiyinchilik bilan amalga 
oshirildi.
Chunki, mumtoz adabiy merosimizni o„rganish uchun turli 
o„qitish usullariga ehtiyoj sezildi. Ayniqsa, matn tahlili ustida 
ishlash jarayonida, mashg„ulotning har bir bosqichida o„ziga xos 
o„qitish usulini qo„llash kerak bo„ldi.
Murakkab matndagi asarlarni o„rganishga mo„ljallab kashf 
qilingan o„qitish usullari madrasalarda keng qo„llanilgan. Bu 
o„qitish usullarini, xususan, tajribali mudarrislar tomonidan ixtiro 
qilingan bo„lib, ular talabalarning o„zlashtirishlarini engillashtirish, 
mashg„ulotda ko„zlangan maqsadga erishish nazarda tutilgan. 
Ana shu o„lmas, umri boqiy uslubiy tajribalar tiklansa, bugungi 
yoshlarimiz ham bobokalonlari singari ahloqiy fazilatlarga ega 
bo„ladilar. Ular komil inson bo„lib voyaga etishishlarida 
avlodlarimizning boy tajribalari muhim manba bo„lib xizmat 
qilishiga amin bo„lamiz. Takror?????????? 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling