O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti mahkamoy tursunova
Insho yozishga tayyorgarlik jarayoni jadvali
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
7e4be6c88e603deee29f43c805a0ed6d O„ZBEK ADABIYOTINI O„QITISH METODIKASI
Insho yozishga tayyorgarlik jarayoni jadvali
I. Dalillar to„plash. 1. Matnni o„qish. 2. Matndagi muhim jihatlarni 49 Мадаев О. Иншо қандай ѐзилади: Ўрта махсус ўқув юртларининг ўқитувчилари учун методик қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1991. –88 б. 182 ajratish. 3. Qo„shimcha ma‟lumot to„plash. II. Dalillarni tasniflash. 1. Munosabatni aniqlash. 2. Dalillarni tasniflash. 3. Umumlashmalar qilish. III. Materiallarni umumlashtirish. 1. Olingan natijalarni qiyoslash. 2. Dalillarni bir tartibda joylashtirish. 3. Xulosalarni umumlashtirish. O„quvchilarning yozma ishlarini tashkil etish bo„yicha metodist olimlarning qarashlari o„quvchilarning asta-sekin mantiqiy va obrazli tipdagi yangi, borgan sayin murakkablashadigan ish turlari bilan tanishishlarida; vaqti-vaqti bilan ularga avval uchragan insholar mashq uchun taklif etilishida; ammo ular oldingi ishlarga qaraganda bir muncha murakkabroq bo„lishida o„zaro mutanosib kelgan. Insho yozishga o„rgatish yo„lidagi asosiy ko„rsatkichlar qayta hikoya, tavsifning murakkab shakllari, asarning g„oyaviy mazmuni tahlili, muammolar tahlili va qiyoslanishi kabilardan iboratdir. 9-sinf adabiyot darslari uchun mo„ljallangan o„quv rejada Alisher Navoiy qalamiga mansub “Xamsa”ni o„rganish uchun 10 soat ajratilgan. Shuningdek, beshta doston o„tib bo„lingandan so„ng 2 soat “Farhod va Shirin obrazlariga tavsif” mavzusida nazorat inshosi o„tkazish rejalashtirilgan 50 . O„qituvchi dastlab o„quvchilarga “Xamsa” dostoni yuzasidan o„tilganlar bo„yicha qisqagina suhbat o„tkazib olsa, so„ng insho 50 Турдиев Б. Ёзма нутқни ўстириш юзасидан практикум. Педагогика институтларининг филология факультетлари студентлари учун ўқув қўлланма. –Т.: Ўқитувчи, 1980. –128 б. 183 mavzusini tanlashda ixtiyoriylik tamoyiliga asoslanib ish yuritsa, maqsadga muvofiq bo„ladi. Bunda Farhod yoki Shirin timsoli bilan cheklanib qolmasdan “Xamsa”dagi boshqa qahramonlar Majnun, Layli, Dilorom, Bahrom va boshqa shu kabi obrazlardan biriga tavsif yozish imkoniyati berilishi ham “Xamsa”ning keng qamrovli o„rganilishini ta‟minlaydi. Buning uchun o„quvchilarga ikki daqiqa ichida, tezkorlik bilan dostonda uchraydigan va esda saqlanib qolgan so„z va jumlalardan imkoni boricha ko„proq yozish topshiriladi. Vaqt tugagach, namuna sifatida bir ikki o„quvchining daftariga tushirgan so„zlari tahlil qilinib, ular “Xamsa”dagi qaysi doston va qaysi qahramonga tegishli ekanligi aniqlanadi. Ikki daqiqa ichida o„quvchilarning qog„ozga tushirgan so„zlari ko„proq qaysi qahramonga tegishli bo„lsa, o„quvchi o„sha qahramon haqida ko„proq fikr bildirish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi. Bu usul o„quvchilarning munosabat bildirish imkoniyatini kengaytirish bilan birga insho yozish samaradorligiga ham ijobiy ta‟sir qiladi. “Xamsa” dostonlaridagi qahramonlardan biri timsoli yuzasidan tashkil etiladigan insho uchun umumiy rejani doskaga yozib qo„yishlik ham maqsadga muvofiq sanalmaydi, rejani o„quvchilarning o„zlari tuzgani ma‟qul. Doskaga yozib qo„yilgan aynan bir mavzudagi tayyor reja o„quvchilarning fikr-munosabatini bir xillik tomon tortadi, bu esa, o„z-o„zidan, o„quvchilarning mushohada maydonini toraytiradi. Quyidagi savollar o„quvchilarning asar qahramoni tavsifi yuzasidan yozadigan insholari uchun muhim ochqich vazifasini bajarishi mimkin: 1. Doston qahramonining menga yoqqan jihatlari nimada? 2. Men yoqtirgan qahramon dostonda qanday tavsiflangan? 3. Qahramon tushib qolgan murakkab vaziyatga qanday baho berish mumkin? 4. Shu qahramon o„rnida men bo„lganimda qanday yo„l tutardim? 184 5. Asar qahramon haqida mening xulosam. Yuqoridagi savollar borasida qisman tushuncha va javobga ega bo„lgan o„quvchi nafaqat Farhod yoki Shirin obrazlariga, balki Layli, Dilorom, Majnun, Hotami Toyi, Shoh G„oziy obrazlariga ham qiynalmasdan o„z munosabatlarini to„la-to„kis bildira olish imkoniyatiga ega bo„ladi. O„qituvchi o„quvchilarni insho yozish muhitiga olib kirish, ularda fikriy mushohadani faollashtirish maqsadida qisqa suhbat o„tkazishi mumkin. Biroq suhbat bir xillik kasb etib qolmasligi kerak. Aks holda o„quvchilarning o„z mustaqil fikrlarini ifodalashlariga to„sqinlik qilishi mumkin. Suhbat natijasida hosil bo„lgan ko„rsatma va materiallar o„quvchiga yordam sifatida doskaga yozib qo„yilishi ham mumkin. Masalan, Farhod obraziga xos insoniy fazilatlarni aks ettiruvchi misralar o„z-o„zidan qahramon xarakterini ochish uchun ham xizmat qiladi 51 . Buni quyidagi jadval asosida ham ko„rsatib berish mumkin: Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling